Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
13.09.2018

IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA BELGILANGAN VAZIFALAR NATIJADORLIGI TAHLIL QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 sentabr kuni davlat byudjetiga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni to‘liq bajarish, 9 oy va yil yakuni bo‘yicha belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish, paxta-to‘qimachilik sohasida klasterlarni joriy etishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Bugungi yig‘ilishimizda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifa va maqsadli parametrlarni bajarish holatini muhokama qilib, yana qo‘shimcha rezervlarni ishga solish choralarini ko‘rishimiz, yil yakunigacha 3,5 oy vaqt bo‘lsa-da, kelgusi yil rejalarini hozirdanoq belgilab olishimiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Chunki iqtisodiy o‘sish — bu birinchi navbatda yangi korxonalarni qurish va kengaytirish, yo‘l-transport, ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, inflyatsiya va narxlarni jilovlash hamda odamlarni ish bilan ta’minlash deganidir.

Biz bu borada oxirgi 2 yil mobaynida juda ulkan islohotlarni, ko‘plab yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirdik va davom ettirmoqdamiz. Ushbu ustuvor vazifalarni va fuqarolarimiz hayotini yanada yaxshilash yuzasidan zimmamizga olgan majburiyatlarni muvaffaqiyatli bajarishimiz uchun respublika va mahalliy byudjetlarga qo‘shimcha daromadni ko‘paytirishimiz zarur.

Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirish uchun qabul qilingan investitsiya dasturlarini izchil amalga oshirishimiz kerak.

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va barqaror rivojlantirish uchun yetarli valyuta tushumini ta’minlash, buning uchun mahsulotlarimiz raqobatbardoshligini oshirib, ularning eksportini ko‘paytirishimiz darkor. Qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy bozor munosabatlarini keng joriy etish maqsadida paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berishimiz kerak, dedi davlatimiz rahbari.

Yig‘ilishda shu borada amalga oshirilgan ishlar natijalari tahlil qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Prezidentimizning joriy yil boshida bergan topshirig‘iga muvofiq, byudjetga qo‘shimcha daromad tushirish bo‘yicha rezervlar izlab topilib, ularni safarbar qilish choralari ko‘rilgan edi. Buning natijasida 8 oyda davlat byudjetiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 foiz ko‘p daromad tushirildi. Jumladan, mahalliy byudjetlarga tushumlarning o‘sishi 22 foizni tashkil etdi.

Shavkat Mirziyoyev qo‘shimcha daromadlarni yanada oshirish imkoniyatlari mavjudligini ta’kidlab, mutasaddilarga bu borada aniq manbalar va chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Mahalliy hokimliklar ixtiyorida qolayotgan qo‘shimcha daromadlarni samarali va maqsadli sarflash masalasiga ham e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda joriy yilning 9 oyi va yil yakuni bo‘yicha belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish, narx-navo o‘sishining oldini olish, investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksportni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Davlatimiz rahbari maqsadli va prognoz parametrlariga erishishda muammo mavjud bo‘lgan soha va tarmoqlarda ishlarni jadallashtirish, belgilangan ko‘rsatkichlarni ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Joriy yilda ishga tushirilishi mo‘ljallangan ob’ektlarni foydalanishga topshirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati tahlil qilindi.

Har bir investitsiya loyihasini ko‘rib chiqib, qoloqlik mavjud bo‘lganlarini jadallashtirish, bunga to‘siq bo‘layotgan muammolarni hal qilish, ishlab chiqarishni tezroq boshlash muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, 2019 yilgi investitsiya dasturi loyihasini shakllantirishni yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 11 sentabrda qabul qilingan «Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, endi joylarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni yechish, ularni jadallashtirish bo‘yicha ishlar mutlaqo yangi yondashuv asosida tashkil etiladi. Har bir hududga ishchi guruhlar borib, joriy yil oxirigacha loyiha taklifidan tortib, to uni amalga oshirishgacha bo‘lgan jarayonda mahalliy hokimliklar va tashabbuskorlarga ko‘maklashadi.

Yig‘ilishda ushbu hududiy ishchi guruhlarning faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Eksport masalasi muhokama qilinar ekan, 9 oy yakuni bilan eksport hajmi 2017 yilning mos davriga nisbatan 19 foiz oshishi kutilayotgani qayd etildi. Prezident har bir eksportchi korxona va eksport qilinadigan mahsulot turi bo‘yicha ko‘mak berish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirishni ta’minlash lozimligini ta’kidladi.

Takroriy ekinlardan kutilayotgan 607 ming tonna eksportbop mahsulotlar, shuningdek, sentabr-oktabr oylarida issiqxonalarda yetishtiriladigan sabzavotni eksport qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Davlatimiz rahbari bozorlarda narxlar oshishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini ta’kidlab, 501 ming tonnadan ziyod qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira qilish va ularni qish-bahor oylarida xalq ehtiyojiga mutanosib ravishda ichki bozorga chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Yig‘ilishda paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yilda 20 ta tumanda 164 ming gektar maydonda klaster usulida paxta yetishtirish yo‘lga qo‘yilib, bu tajriba dastlabki natijalarini bera boshladi.

Ilgari markazlashgan mablag‘lar hisobiga bajarilgan melioratsiya va irrigatsiya ishlari, qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib olish kabi tadbirlarni endilikda klasterlar o‘z mablag‘lari hisobidan bajarayapti. Tomchilatib va plastik quvurlar orqali sug‘orishda ham klasterlar ilg‘or.

Eng muhimi, klasterlardagi paxta hosildorligi boshqa fermer xo‘jaliklariga nisbatan 5-10 sentner yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zini oqlayotgan bu tizimni yanada kengaytirish maqsadida kelib tushgan takliflar ko‘rib chiqilib, ishlab chiqarish quvvatlari va moliyaviy imkoniyati mavjud bo‘lgan 44 ta tashabbuskor tanlab olindi. 2019 yilda 61 ta klaster tomonidan jami paxta maydonlarining 51 foizida paxta yetishtirish rejalashtirilmoqda.

Kelgusida paxta yetishtiruvchi 133 ta tumandan 70 tasi to‘liq klaster tizimiga o‘tadi. Yangi tashkil etilayotgan klasterlar tomonidan 41 ta korxona tashkil etilib, 23 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi.

Yangi quvvatlarni tashkil etish va klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish natijasida, 2019 yilda ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 78 foizi o‘zimizda qayta ishlanadi. Bu 2017 yilga nisbatan 2 marotaba ko‘p degani. 2020 yilga borib, paxta tolasini to‘liq qayta ishlashga o‘tiladi. Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish ulushi 40 foizdan kamida 60 foizga yetkaziladi.

Shuning uchun klasterlar faoliyatiga har tomonlama yordam berishimiz zarur. Paxtachilikda qishloq xo‘jaligining kelajagi, uning iqtisodiy samaradorligi klasterlar bilan bog‘liq. Klasterlar agrar sohani jadal rivojlantirishning lokomotivi bo‘lishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Joriy yilda paxta-to‘qimachilik klasterlariga berilgan barcha imtiyozlarni keyingi yillarda tashkil etiladigan klasterlarga ham tatbiq etish, klasterlar faoliyatini yanada kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

2019-2023 yillarda qishloq xo‘jaligida tomchilatib sug‘orish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish dasturini ishlab chiqish, sohaga xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlarini jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.



DB query error.
Please try later.