Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
01.09.2018

SAMIMIY QUTLOVLAR

Mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelishi davom etmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Turkmaniston xalqi va hukumati nomidan hamda shaxsan o‘z nomimdan Sizga va Siz orqali qardosh o‘zbek xalqiga O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy tabrik va eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Yaqinda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvimizni katta mamnuniyat bilan eslayman.

O‘shanda ochiqlik va ishonch muhitida o‘tgan muzokaralarda Turkmaniston — O‘zbekiston do‘stligi va hamkorligini yanada rivojlantirishga birdek intilishimiz yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.

Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlari xalqlarimiz farovonligi yo‘lida bundan buyon ham mustahkamlanib borishiga qat’iy ishonaman.

Ushbu qulay fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va ravnaq tilab qolaman.

Chuqur hurmat bilan,

Gurbanguli BERDIMUHAMEDOV,

Turkmaniston Prezidenti

***

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Qozog‘iston xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan Sizni va O‘zbekiston xalqini O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklayman.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston davlatchilikni mustahkamlash, xalq farovonligini oshirish va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish yo‘lida yuksak natijalarga erishdi. Shu munosabat bilan Sizning oqilona va samarali rahnamoligingizda mamlakat izchil taraqqiyotni yanada davom ettirishi va ko‘zlagan ezgu maqsadlariga erishishini tilayman.

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ma’naviy qadriyatlar mushtarakligi, ko‘p asrlik do‘stlik va mustahkam hamkorlikka asoslangan munosabatlar xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yildan-yilga rivojlanib bormoqda.

Ishonchim komil, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarga alohida sur’at bag‘ishlayotgan birgalikdagi faoliyatimiz davlatlarimiz ravnaqining kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik va tuganmas g‘ayrat-shijoat, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilayman.

Hurmat bilan,

Nursulton NAZARBOYeV,

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti

 

***

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Mamlakatingizning asosiy bayrami — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni munosabati bilan eng samimiy tilaklarimni qabul qilgaysiz.

O‘zbekiston haqli ravishda muvaffaqiyatli rivojlanayotgan ko‘p millatli demokratik huquqiy davlat hisoblanadi, xalqaro maydonda katta obro‘-e’tiborga ega. Mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi dolzarb masalalarni hal etishga muhim hissa qo‘shmoqda.

Qardosh mamlakatlarimiz 2017 yilda erishgan siyosiy hamkorlik darajasi barcha sohalardagi o‘zaro aloqalarni faol rivojlantirishga xizmat qilib, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikning yuksak namunasi bo‘ldi.

Savdo-iqtisodiy sheriklik ikki tomonlama hamkorlikning alohida e’tibor talab qiladigan muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Mamlakatlarimiz chegaraoldi hududlari o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani hamda fuqarolarimiz davlatlarimiz g‘amxo‘rligining amaliy natijalarini o‘z hayotida sezayotgani quvonarlidir.

Fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tilayman.

Hurmat bilan,

Sooronbay JEENBEKOV,

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti

 

***

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Belarus xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan Sizni Mustaqillik kuni bilan muborakbod etaman.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning yuksak natijalari, mamlakatingizning Markaziy Osiyo va jahon maydonida nufuzi ortib borayotgani Belarusda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Davlatlarimiz o‘rtasida o‘zaro ishonch ruhidagi konstruktiv munosabatlarni mustahkamlashga mushtarak intilish ikki tomonlama muloqotimizni samarali va manfaatli hamkorlikning yangi yutuqlari bilan boyitishga xizmat qilishiga ishonchim komil.

Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik, tuganmas g‘ayrat-shijoat, o‘ylagan barcha orzularingiz va niyatlaringiz ro‘yobini, do‘st O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilayman.

Hurmat bilan,

Aleksandr LUKAShENKO,

Belarus Respublikasi Prezidenti

 

***

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Prezident janoblari!

O‘z nomimdan va yurtdoshlarim nomidan Sizga va xalqingizga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklarimni yo‘llashga ijozat bergaysiz.

O‘tgan ikki yilda O‘zbekiston katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Ishontirib aytamanki, Germaniya Sizning rahbarligingizda boshlangan islohotlar va modernizatsiya jarayonini, jumladan, Siz amalga oshirayotgan qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha siyosatni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

Yaqin oylarga rejalashtirilgan oliy darajadagi tashriflar turli sohalarni qamrab olgan ikki tomonlama munosabatlarimizni yanada mustahkamlash uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi.

Sizga baxt-saodat, O‘zbekiston xalqiga esa hurriyat, xavfsizlik va farovonlik bilan yo‘g‘rilgan porloq kelajak tilayman.

Frank-Valter SHTAYNMAYYER,

Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti

 

***

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Hindiston hukumati va xalqi nomidan hamda shaxsan o‘z nomimdan Sizni, Janobi Oliylari, O‘zbekiston hukumati va xalqini Mustaqillik kuni bilan muborakbod etaman va eng ezgu tilaklarimni yo‘llayman.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tarixiy, madaniy va ma’rifiy aloqalar savdo va investitsiyalar, fan va texnologiyalar, turizm va madaniyat kabi sohalardagi ko‘p qirrali hamkorligimizda o‘z aksini topmoqda. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz xalqlarimiz farovonligi yo‘lida ushbu hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan.

Janobi Oliylari, Sizning joriy yilda Hindistonga tashrifingizga katta umid bog‘laganmiz. Ushbu tashrif mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashiga ishonamiz.

Sizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, do‘st O‘zbekiston xalqiga esa muttasil taraqqiyot va ravnaq tilayman.

Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak hurmatimni qabul qilgaysiz.

 

Ram Nath KOVIND,

Hindiston Respublikasi Prezidenti

 

***

 

Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy

Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Matamela Siril Ramafosa

Avstriya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Van der Bellen

Belgiyaliklar Qiroli Filipp

Isroil Davlati Prezidenti Reuven Rivlin

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla Ikkinchi

O‘mon Sultoni Qobus bin Said

Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Chan Day Kuang

Myanma Ittifoqi Respublikasi Prezidenti Vin Min

Tailand Qiroli Maxa Vachiralongkorn

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan

MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi — Ijrochi kotibi Sergey Lebedev

Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirill

Rim-katolik cherkovi rahbari Papa Fransisk



DB query error.
Please try later.