O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
30.08.2018

SAMIMIY QUTLOVLAR

Mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, Ozbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq va farovonlik tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident, aziz qardoshim!

Ozbekistonning Milliy kuni munosabati bilan Siz Janobi Oliylarini va butun ozbek xalqini shaxsan oz nomimdan va xalqim nomidan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Qardoshimiz va dostimiz deb bilganimiz Ozbekistonning Siz, aziz qardoshimning oqilona va uzoqni kozlab yuritayotgan siyosati tufayli erishayotgan yutuqlarini butun dunyo kabi biz ham yuqori baholagan holda kuzatyapmiz. Ozbekistonning yanada gullab-yashnashi yolida gayrat va fidokorlik bilan qilayotgan sa’y-harakatlaringizni bundan buyon ham qollab-quvvatlashda davom etamiz.

Mamlakatlarimiz ortasidagi mustahkam hamkorlik va strategik sheriklik birgalikdagi say-harakatimiz bilan xalqlarimiz manfaati yolida yanada kuchayishiga ishonchim komil. Sizning oqilona rahnamoligingizda dost va qardosh Ozbekiston qolga kiritayotgan ulkan yutuqlarga shohid bolayotganimdan baxtiyorman.

Fursatdan foydalanib, Ozbekiston bilan munosabatlarimiz kelgusida yanada rivojlanishiga ishonchimni tasdiqlagan holda, Siz Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, qardosh ozbek xalqiga omonlik va farovonlik tilab qolaman.

Rejep Tayyip ERDOGON,

Turkiya Respublikasi Prezidenti

* * *

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Qadrli Shavkat Miromonovich!

Tojikiston xalqi nomidan va shaxsan oz nomimdan Sizni va Siz orqali butun qardosh Ozbekiston xalqini Ozbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etish va eng ezgu tilaklarimni bildirish menga katta mamnuniyat bagishlaydi.

Siz uzoqni kozlab yuritayotgan siyosat hamda mamlakat hayotining iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalaridagi muhim yangilanishlar bugun oz samaralarini berib, Ozbekistonning jahon hamjamiyatidagi obrosini muttasil yuksaltirmoqda.

Ushbu muvaffaqiyatlar yaqin qoshni sifatida Ozbekiston bilan koplab dostlik rishtalari orqali boglangan Tojikistonni ham quvontirmoqda.

Xalqlarimizni madaniy-manaviy yaqinlik, ozaro manfaatlarni hurmat qilish, tinch va totuv yashashga intilish, kop asrlik dostlik va yaxshi qoshnichilikka asoslangan bebaho tajriba boglab turadi.

Ozbekiston bilan munosabatlar Tojikiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yonalishi bolib kelgan va shunday bolib qoladi.

Biz Tojikiston bilan Ozbekiston ortasidagi kop qirrali sheriklikning ezgu va konstruktiv muhitidan, shuningdek, hamkorligimiz xalqlarimiz va butun mintaqaning tub manfaatlari yolida izchil rivojlanib borayotganidan goyat mamnunmiz.

Biz, hurmatli Shavkat Miromonovich, Sizning bu yoldagi shaxsiy hissangizni yuksak qadrlaymiz.

Yaqinda gozal mamlakatingizga davlat tashrifi davomida Siz bilan bolib otgan samarali uchrashuvlarimizni, tarixiy hujjat Strategik sheriklik togrisidagi shartnoma imzolaganimizni alohida mamnuniyat bilan yodga olaman.

Ishonchim komil, ushbu tashrif doirasida imzolangan hujjatlar, shuningdek, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida qator keng miqyosli qoshma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan kelishuvlarning royobga chiqishi mamlakatlarimizning uzoq muddatli istiqbolga moljallangan samarali hamkorligiga yangi va kuchli surat bagishlaydi.

Fursatdan foydalanib, bundan buyon ham Siz bilan birgalikda mamlakatlarimiz ortasidagi azaliy dostlik ananalari va ozaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichda rivojlantirishga barcha kuchlarni yonaltirishga tayyor ekanimni bildiraman.

Birgalikdagi say-harakatlarimiz tufayli mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlar bundan buyon ham Tojikiston va Ozbekiston xalqlari farovonligi yolida yanada mustahkamlanib borishiga ishonaman.

Ushbu qutlug bayram kunlarida Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam soglik, mamlakat ravnaqi yolidagi rejalaringiz va intilishlaringiz royobida katta zafarlar, qardosh Ozbekiston xalqiga esa tinchlik, baxt-saodat va farovonlik tilashga ijozat bergaysiz.

Hurmat bilan,

Emomali RAHMON,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti

* * *

Shuningdek, quyidagilar oz tabriklarini yollagan:

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yoqub

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari Oliy bosh Qomondoni orinbosari shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining orinbosari, ichki ishlar vaziri shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon

Falastin Davlati Prezidenti, Falastin Ozodlik tashkiloti Ijroiya qomitasi raisi Mahmud Abbos

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.



DB query error.
Please try later.