O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
25.08.2018

OROL MUAMMOSINI BARTARAF ETISH BOYICHA MINTAQAVIY HAMKORLIK YANGI BOSQICHGA KOTARILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 24 avgust kuni Turkmanboshi shahrida bolib, Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasi ta’sischi davlatlar rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi.

Prezidentimiz dastlab «Avaza» sayyohlik zonasida Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashdi.

Bugungi kunda Ozbekiston — Turkmaniston munosabatlari yuksak surat bilan rivojlanmoqda. Bunda, avvalo, ikki davlat rahbarlarining samimiy dostligi, ozaro ishonchi va bir-birini qollab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Oliy darajadagi uchrashuvlarning muntazamlik kasb etgani davlatlararo munosabatlar yuksak darajada ekanidan dalolatdir. Jumladan, Turkmaniston rahbarining joriy yil aprel oyida Ozbekistonga davlat tashrifi mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlikka yangi surat bagishladi.

Ozbekiston va Turkmaniston rahbarlarining bu galgi uchrashuvi ozaro manfaatli, samarali va faol muloqotlarning mantiqiy davomi boldi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasiga raisligi davridagi tashabbuslarini yuqori baholab, mamlakatlarimizning bu boradagi loyiha va say-harakatlari bir-birini toldirishini qayd etdi.

Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbarini Turkmanistonga tashrifi bilan qutlab, Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasining tasischi mamlakatlari rahbarlari sammiti ham ikki tomonlama, ham kop tomonlama hamkorlikni muhokama qilish uchun qulay imkoniyat ekanini takidladi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Avval erishilgan kelishuvlar ijrosiga etibor qaratildi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasi tasischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisi Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi. Unda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirgiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon ishtirok etdi.

Majlisda jamgarma faoliyatini takomillashtirish, mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash, suv resurslarini muvofiqlashtirgan holda boshqarish, bu borada Markaziy Osiyo mamlakatlarining hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasi 1993 yili Ozbekiston, Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari tashabbusi bilan Orol dengizi havzasida ekologik inqiroz oqibatlariga barham berish va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash maqsadida tuzilgan. Tasischi davlatlar unga uch yil muddatga raislik qiladi. Raislik qiluvchi mamlakat rahbari Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasi Prezidenti etib saylanadi. 2017 yildan jamgarmaga Turkmaniston raislik qilmoqda.

Takidlash joizki, mazkur sammit jamgarmaning 2009 yilgi majlisidan song qariyb on yildan keyin otkazilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Orol inqirozi zamonamizning eng yirik ekologik halokatidir. Dengiz tubidan kotarilayotgan chang yiliga 80 million tonnaga yaqin tuz va zararli kimyoviy moddalarni Sharqiy Yevropadan Himolay toglarigacha bolgan ulkan hududga yoyayotgani muammoning global tus olganidan dalolat beradi.

Shu nuqtai nazardan ushbu sammit yetakchi moliya muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el donorlik kompaniyalari, shuningdek, biznes hamjamiyati etiborini Orolboyidagi ekologik vaziyatga jalb etishda muhim ahamiyatga ega.

Otgan davrda jamgarma doirasida mintaqadagi murakkab suv-energetika masalalarini hal etish, suv resurslarini birgalikda boshqarish, foydalanish va muhofaza qilishda hamkorlik boyicha qator hujjatlar imzolandi.

Xususan, Ozbekiston Orolboyi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, aholining turmush darajasini yaxshilash boyicha keng miqyosli loyihalarni amalga oshirdi. 350 ming gektar maydonga saksovul va shorga chidamli osimliklar ekilib, butazorlar barpo etildi.

Orol dengizi inqirozi oqibatlarini yumshatish va Orolboyi hududini rivojlantirish boyicha 2013-2017 yillarga moljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida 500 dan ortiq loyiha amalga oshirildi. Ularning yarmidan kopi milliy loyihalardir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2018-2021 yillarda Orolboyi hududini rivojlantirish boyicha Davlat dasturi bu yerda ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash, ekologik falokat oqibatlarini yumshatish boyicha investitsiya loyihalarini oz vaqtida va samarali amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Ozbekiston Orol halokatiga xalqaro hamjamiyat etiborini ham qaratib kelmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida dunyo hamjamiyatini ushbu ekologik inqiroz oqibatlarini bartaraf etish va undan jabr chekayotgan aholiga amaliy yordam korsatish boyicha xalqaro miqyosdagi say-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi.

Ozbekiston BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boyicha mintaqaviy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo suv resurslaridan foydalanish togrisidagi konvensiyani qollab-quvvatladi. Fojianing butun sayyoraga daxldorligi inobatga olinib, Ozbekiston tashabbusi bilan BMT shafeligida Orol dengizi va Orolboyi hududi boyicha maxsus Trast jamgarmasi tuzildi.

Joriy yil 7-8 iyun kunlari Toshkentda Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish boyicha hamkorlikdagi harakatlar: yangicha yondashuvlar, innovatsion yechimlar va investitsiyalar mavzuida xalqaro konferensiya, uning doirasida Markaziy Osiyo ekologik forumi bolib otdi.

Turkmanboshidagi uchrashuvda Orol inqirozi oqibatlarini yumshatish, hududdagi ekologik holatni yaxshilash boyicha Markaziy Osiyo mamlakatlarining hamkorligini faollashtirish, Orolboyi hududi uchun ekologik toza texnologiyalar ishlab chiqish va joriy etishga xorijiy investitsiyalarni birgalikda jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Kengaytirilgan tarkibdagi majlisda Ozbekiston, Turkmaniston, Qozogiston, Qirgiziston va Tojikiston delegatsiyalari azolari, xalqaro tashkilotlar va moliya muassasalari vakillari, ekologiya va suv masalalari boyicha mutaxassislar qatnashdi.

Majlisda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq sozladi.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston raisligida tuzilma faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish boyicha ulkan ishlar qilinayotganini takidladi.

Qariyb on yillik tanaffusdan song otayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasi tasischi davlatlari rahbarlarining bugungi tarixiy majlisi tashkilot faoliyatida yangi sahifa ochadi, Markaziy Osiyoda mintaqaviy sheriklikka katta surat bagishlaydi. Biz bu boradagi ozaro hamkorlikka tayyor ekanimizni yana bir bor tasdiqlaymiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasi faoliyatini takomillashtirish, hududga innovatsion yechimlar joriy etish va xorijiy investitsiyalar jalb qilish, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va boshqa masalalar boyicha muhim takliflarni ilgari surdi.

Majlisda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taminlash suv resurslaridan birgalikda foydalanish masalasiga bevosita bogliq ekani, bu boradagi oqilona qarorlar va yaqin hamkorlik mintaqa mamlakatlari farovonligiga xizmat qilishi takidlandi. Bu masalani hal qilishda mintaqadagi barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga olish zarurligi, shunday yondashuvdan boshqa yechim yoqligi alohida qayd etildi.

Majlis yakuni boyicha davlat rahbarlarining Qoshma bayonoti qabul qilindi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda ushbu sammit oz ahamiyatiga kora nafaqat jamgarma faoliyatida, balki Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologiya va suvdan foydalanish borasidagi hamkorligini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlagani, ilgari surilgan taklif va tashabbuslar mintaqa xalqlari farovonligini oshirish, kop qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi takidlandi.



Matnazar ELMURODOV,

OzA maxsus muxbiri.

Toshkent Turkmanboshi Toshkent.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: