O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
30.06.2018

OZBEKISTON VA TURKMANISTON PREZIDENTLARINING TELEFON ORQALI MULOQOTI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 29 iyun kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini tugilgan kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sogliq, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar tiladi.

Bugungi kunda Turkmaniston erishayotgan ulkan muvaffaqiyatlar, uning xalqaro nufuzi izchil yuksalib borayotgani Gurbanguli Berdimuhamedov rahbarligida amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar va ozgarishlarning, ijobiy betaraflik siyosatining amaliy natijalari ekani alohida ta’kidlandi.

Turkmaniston Prezidentining Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni taminlash, transport yolaklari va energetik infratuzilmani rivojlantirish, suvdan oqilona foydalanish, sportni ommalashtirish va boshqa yonalishlardagi xalqaro tashabbuslariga yuksak baho berildi.

Oliy darajadagi muntazam muloqot va uchrashuvlar qardosh xalqlarimiz ortasidagi kop asrlik dostlik rishtalarini mustahkamlashga, shuningdek, mamlakatlarimiz ortasida yaxshi qoshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirishga xizmat qilayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

Turkmaniston Prezidentining joriy yil aprel oyida Ozbekistonga amalga oshirgan samarali davlat tashrifi hamda uning yakuni boyicha erishilgan muhim kelishuv va bitimlar kop qirrali Ozbekiston – Turkmaniston hamkorligiga yangi surat baxsh etib, uni amaliy mazmun bilan boyitgani takidlandi.

Muloqotda savdo, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, energetika sohalari, samarali transport va tranzit kommunikatsiyalarini rivojlantirish, shuningdek, madaniy-gumanitar yonalish boyicha hamkorlik istiqbollari korib chiqildi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Turkmaniston Prezidenti samimiy tabrik va tilaklar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, Ozbekiston Prezidentini joriy yil avgust oyida Ashxobodda bolib otadigan Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasi tasischi davlatlari rahbarlarining sammitida ishtirok etishga taklif qildi.

Muloqot songgida davlat rahbarlari mamlakatlarimiz va qardosh xalqlarimiz farovonligi yolida Ozbekiston Respublikasi va Turkmaniston ortasidagi strategik sheriklik va ozaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash yolida qatiy ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.



OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: