O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
30.06.2018

OZBEKISTON YOSHLARIGA BAYRAM TABRIGI

Qadrli yoshlar, aziz o‘gil-qizlarim!

Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni mamlakatimizda birinchi marta nishonlanayotgan qutlug ayyom — Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Mana shunday quvonchli kunda, avvalo, yurtimizda keyingi paytda yoshlar bilan ishlash boyicha mutlaqo yangi tizim yaratilgani, ogil-qizlarimizning ijtimoiy faolligi, Vatan va xalq taqdiriga daxldorlik hissi kuchayib borayotganini, zamonaviy, demokratik Ozbekiston davlatini barpo etishda navqiron avlodimizning munosib ishtirok etayotganini barchamiz minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.

Kelajagimiz egalari bolgan yoshlarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini taminlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini royobga chiqarish biz olib borayotgan davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yonalishi bolib, bu yolda ulkan ishlarni amalga oshirayotganimiz sizlarga yaxshi malum, albatta.

Otgan bir yilning ozida yoshlar hayotiga bevosita taalluqli bolgan 20 dan ziyod qonun, farmon va qarorlar qabul qilingani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlab turibdi.

Ayniqsa, sizlarning tashabbusingiz bilan bundan bir yil muqaddam Ozbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgani yoshlarimiz, butun el-yurtimiz hayotidagi muhim voqea boldi.

Albatta, bir yil tarix uchun juda qisqa fursat. Shunga qaramasdan, Ozbekiston yoshlar ittifoqi otgan qisqa davrda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yolida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qiladigan muhim ijtimoiy tuzilmaga aylandi.

Shu asosda yosh avlodimizning grajdanlik pozitsiyasi va faolligini kuchaytirish, uni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar etib tarbiyalash boyicha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Eng muhimi, yoshlar bilan doimiy muloqot olib borish, ularning bandligini taminlash, hayotda oz ornini topishi, jamiyatning munosib azolariga aylanishi, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash vazifasi barchamizning kundalik faoliyatimiz mezoniga aylanib bormoqda.

Buning amaliy tasdigini koplab misollarda korish mumkin. Xususan, yoshlar uchun yangi ish orinlari yaratish, yosh tadbirkorlarga, ayniqsa, qizlarimizga hunarmandlik bilan shugullanishlari uchun kreditlar ajratish, ularni kasbga tayyorlash va malakasini oshirish, fermerlikni qollab-quvvatlash, farzandlarimizning talim-tarbiyasi, ularni soglomlashtirish va bosh vaqtini mazmunli tashkil etish boyicha muhim qadamlar qoyilmoqda.

Faqat bir yil davomida Ozbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan 4 ming 300 ga yaqin yigit-qizlarimizga banklar tomonidan 216 milliard som imtiyozli kreditlar berilgani, 184 ming 300 dan ziyod farzandlarimiz ish bilan taminlangani etiborga loyiq.

Mamlakatimizda markaziy va mahalliy hokimlik idoralari, deputatlar korpusi, sud-huquq sohasi rahbarlarining yoshlar bilan ochiq muloqotlar olib borishi ijobiy ananaga aylanib bormoqda. Bunday muloqot va uchrashuvlarda yoshlarni qiynayotgan kopgina muammolar joyida hal etilmoqda, ularga amaliy yordam, malakali maslahat va yollanmalar berilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, uni innovatsion asosda rivojlantirish, oz oldimizga qoygan kop qirrali va murakkab vazifalarni amalga oshirish maqsadida biz zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, har qanday vaziyatda ham masuliyatni oz zimmasiga olishga qodir bolgan, gayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, vatanparvar yosh kadrlarga davlat va jamiyat boshqaruvida muhim vazifalarni ishonib topshirmoqdamiz.

Bu borada yosh, istiqbolli kadrlar uchun tajriba va mahorat maktabini otayotgan Ozbekiston yoshlar ittifoqi saflarida toblangan, zamonaviy bilim va konikmaga, yetakchilik salohiyatiga ega bolgan koplab yoshlar vazirlik va idoralar, yirik kompaniya va banklar, xojalik birlashmalariga masul lavozimlarga tayinlanayotgani hayotimizga yangicha ruh va mazmun bagishlamoqda.

Bugungi kunda Harakatlar strategiyasi doirasida «Yoshlar kelajak bunyodkori», Obod qishloq, Obod mahalla, Aqlli shahar kabi keng qamrovli dasturlarni amalga oshirishda aynan ana shunday tashabbuskor, har bir masalaga yangicha yondashadigan ogil-qizlarimiz faol ishtirok etayotgani, hech shubhasiz, barchamizni xursand qiladi.

Ishonaman, bunday ulkan bunyodkorlik jarayonlari yoshlarimiz ilgari surayotgan loyiha va tashabbuslarni yuzaga chiqarishda, ularning el-yurtimizga fidoyi rahbar va mutaxassis, haqiqiy shaxs va grajdan bolib shakllanishida beqiyos orin tutadi.

Jonajon Vatanimizning yangi qiyofasini yaratishda oz mehnati, tashabbuskorligi va manaviy fazilatlari bilan boshqalarga ornak va namuna bolayotgan azmu shijoatli yoshlarimiz uchun Mard oglon davlat mukofoti hamda Kelajak bunyodkori medalini tasis etganimiz va bugun sizlarning orangizda shu mukofotlarning ilk sovrindorlari borligi barchamizga mamnuniyat bagishlaydi.

Otgan bir yil mobaynida ogil-qizlarimizdan 266 nafari respublika, 80 nafari xalqaro fan olimpiadalari goliblari bolgani, sportchilarimizdan 12 nafari jahon, 93 nafari Osiyo chempionatlarida, 150 nafardan ziyodi xalqaro musobaqalarda yuksak shohsupalarga kotarilganini ana shunday ezgu ishlarimizning dastlabki natijalari sifatida qabul qilamiz.

Yoshlarimizning milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida, har tomonlama soglom va barkamol bolib voyaga yetishi uchun talim-tarbiya sohasida ulkan ozgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, maktabgacha talim muassasalarining zamonaviy tizimi yaratilmoqda, umumtalim maktablarida 11 yillik talim joriy etilmoqda. Oliy talim tizimida yangi, zamonaviy bilim maskanlari, jumladan, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, soha faoliyati tubdan takomillashtirilmoqda.

Yurtimizda Temurbeklar harbiy litseylari, Muhammad Xorazmiy va Mirzo Ulugbek maktablari, atoqli adiblarimiz nomidagi ijod maktablari tashkil etilgani unib-osib kelayotgan farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizga munosib avlod etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Biz bu boradagi ishlarni kelgusida ham albatta izchil davom ettiramiz. Xususan, iqtidorli yoshlarimizni dunyoning eng yetakchi universitetlari, ilmiy markazlarida davlat homiyligida oqitish, malakasini oshirish boyicha samarali tizim yaratish oldimizda turgan muhim vazifadir.

Yoshlarni, yosh oilalarni ijtimoiy himoya qilish masalasi ham biz uchun eng muhim va ustuvor yonalishga aylanib bormoqda. Bu borada mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni qollab-quvvatlash, ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Yoshlar uylarini barpo etish dasturi hayotga izchil joriy etilayotganini takidlash lozim.

Qadrli ogil-qizlarim!

Bugungi bayram kunida barchamizning umid va ishonchimiz bolgan siz, aziz yoshlarning erishgan yutuqlaringiz bilan birga yangi vazifalar, yechimini kutib turgan kamchilik va muammolar hamda ularni bartaraf etish yollari haqida soz yuritishimiz tabiiydir.

Bu haqda gapirganda, Ozbekiston yoshlar ittifoqining navqiron yigit-qizlarni ish bilan taminlash, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, farzandlarimiz ortasida jinoyatchilikning oldini olish borasidagi faoliyatini yanada kuchaytirish zarurligini takidlash lozim.

Afsuski, yoshlarimiz hayotidagi katta-kichik har bir muammoga jiddiy qarab, aniq amaliy yechim topish, yoshlar bilan bevosita ishlash, doimiy muloqot qilish orniga dabdabali tadbirlar otkazish, kampaniyabozlikka berilishdek yaroqsiz ish usulidan hali ham butunlay qutulganimiz yoq.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, biz barchamiz endigina bir yillik shakllanish yolini bosib otgan Ozbekiston yoshlar ittifoqi tezroq ulgayishi, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy tizimida, yoshlarimiz hayotida ozining mustahkam va munosib ornini topishini istaymiz va buning uchun zarur amaliy yordam berishga tayyormiz.

Balki bugungi quvonchli ayyomda bunday noxush holatlarni eslash joiz emasdir. Lekin biz oz faoliyatimizni tanqidiy baholab, muammolarimizni ozimiz bartaraf etmasak, hech kim chetdan kelib ularni biz uchun hal qilib bermaydi.

Yoshlarimizning hayotiy muammolariga yanada koproq etibor qaratish, ularga mos bolgan zamonaviy ish orinlarini kopaytirish, ezgu intilish va tashabbuslari, innovatsion goyalarini qollab-quvvatlash, yosh avlodimizning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash bundan buyon ham barcha darajadagi davlat idoralarining eng asosiy, hal qiluvchi vazifasi bolib qoladi.

Yoshlar ortasida tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun Yoshlar tadbirkorligi hududlari, Toshkent shahrida Yoshlar innovatsion texnoparkini tashkil etish, shuningdek, Fanlar akademiyasiga qarashli ilmiy laboratoriyalar va markazlar negizida yosh olimlarning ilmiy tadqiqotlarini yolga qoyish kabi ishlarni sizlarning faol ishtirokingiz bilan yaqin kelajakda amalga oshiramiz.

Kuni kecha qabul qilingan Yoshlar kelajagimiz Davlat dasturi doirasida Ozbekiston yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etilgan maxsus jamgarma mamlakatimiz iqtisodiyotida zamonaviy texnologiyalarni qollash, yoshlarni bu jarayonga keng jalb etishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Muhtaram yurtdoshlar!

Bugungi kunda Ozbekistonda olib borilayotgan yoshlarga doir davlat siyosati va uning amaliy natijalari jahon hamjamiyatida katta qiziqish uygotmoqda. Mamlakatimiz tomonidan bu borada ilgari surilayotgan tashabbuslar, jumladan, BMTning Yoshlar huquqlari togrisidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish, Shanxay hamkorlik tashkilotiga azo davlatlar rahbarlarining Yoshlarga murojaati va uni amalga oshirish boyicha Harakatlar dasturini qabul qilish va amalga oshirish borasidagi takliflarimiz xalqaro miqyosda qollab-quvvatlanmoqda.

Hammamiz korib, kuzatib turibmiz bugungi shiddat bilan ozgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi ufq va imkoniyatlar ochish bilan birga, ularni ilgari korilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor etmoqda.

Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, ommaviy madaniyat kabi tahdidlar qancha-qancha oilalar, mamlakatlar boshiga ogir kulfatlar olib kelmoqda, garazli kuchlar hali ongu tafakkuri tola shakllanib ulgurmagan bolalarni oz ota-onasi, Vataniga qarshi qoyib, ularning hayotiga zomin bolmoqda.

Shuning uchun biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-koy bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirib, buyuk marifatparvar bobomiz Abdurauf Fitrat aytganidek, bu dunyo haqiqatan ham kurash maydoniga, soglom tan, otkir aql va yaxshi axloq esa bu kurashning quroliga aylanib borayotganini chuqur anglab, shu borada jaholatga qarshi marifat asosida ish olib borishimiz zarur.

Xalqimizga xos bagrikenglik, kechirimlilik va olijanoblik fazilatlaridan kelib chiqib, bilib-bilmay jinoyatga qol urgan, togri yoldan adashgan, oz qilmishidan chin dildan pushaymon bolgan yoshlarni kechirish va tinch hayotga qaytarishga yurtimizda katta etibor qaratilmoqda.

Ana shunday amaliy ishlarimiz tufayli yuzlab yoshlar Ozbekiston fuqarolari ota-onasi, oilasi bagriga qaytgani jamiyatimizda soglom ijtimoiy muhitni, insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlash yolida muhim qadam bolayotganini alohida takidlash lozim.

Hurmatli dostlar!

Biz barchamiz, qayerda bolmaylik, yagona Ozbekiston farzandlari ekanimizni anglab, shu buyuk tuyguni ezozlab yashasak, albatta kam bolmaymiz.

Shuning uchun biz chet ellarda turli sohalarda jiddiy yutuqlarga erishgan vatandoshlarimiz tashabbusi bilan Buyuk kelajak xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti tuzilganini qollab-quvvatlaymiz. Xorijiy davlatlarda oqib, mehnat qilayotgan barcha yurtdoshlarimiz, birinchi navbatda yoshlarimizning bilimi va imkoniyatlarini Vatanimiz ravnaqi yolida birlashtirish biz oz oldimizga qoygan maqsadlarga tola javob beradi.

Ayni vaqtda Ozbekiston yoshlarining zamon bilan hamnafas bolib, dunyoning olis va yaqin mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan samarali muloqot, dostlik va hamkorlik munosabatlari ornatishi goyat muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaymiz.

Shu kunlarda yurtimizda bolib otayotgan Markaziy Osiyo yoshlari forumi ana shunday keng miqyosdagi muloqot yolida dastlabki jiddiy qadamdir.

Aziz yoshlar, qadrli farzandlarim!

Mana shu quvonchli kunda sizlarni, kopmillatli Ozbekiston xalqini ishontirib aytmoqchiman: biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech ogishmasdan, qatiyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni ustuvor vazifa sifatida bugun davr talab qilayotgan yuksak darajaga kotaramiz. Sizlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallab, hayotda oz mustahkam orningizni topishingiz, baxtli bolishingiz uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.

Siz, jondan aziz ogil-qizlarimizdan faqat bitta iltimosimiz, bitta tilagimiz bor: ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz, xalqimizning sizlardan kutayotgan orzu-umidlarini amaliy ishlar bilan royobga chiqarish yolida hormang, charchamang!

Oqish-organish, doimiy izlanish, ilm-fanga, taraqqiyot choqqilarini egallashga intilib yashash doimo hamrohingiz bolsin!

Men sizlarning har biringizga el-yurtimiz faxrlanadigan, jonajon Ozbekistonimizning munosib farzandi, haqiqiy inson bolish baxti nasib etishini tilayman.

Sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga yangi yutuqlar, baxt va omad tilayman.

Hamisha sog-omon boling, aziz farzandlarim!



Shavkat MIRZIYOYEV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: