O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
28.06.2018

AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH, TURMUSH SHAROITI VA HAYOT SIFATINI YAXSHILASH BOSH MAQSADIMIZ

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 27 iyun kuni «Obod qishloq» va Obod mahalla dasturlarini amalga oshirish, aholi yashash joylarini obod maskanga aylantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yigilishi otkazildi.

Yigilishda Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning orinbosarlari, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2018 yil 29 martdagi Obod qishloq dasturi togrisidagi farmoniga muvofiq, joriy yilda 159 ta tumandagi 386 ta qishloqda qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu qishloqlarda 142 mingta yakka tartibdagi uy-joy va 1000 dan ziyod kop qavatli uyni ta’mirlash, 2,5 ming kilometr elektr, 495 kilometr gaz, 2 ming kilometr ichimlik suvi tarmoqlarini tortish va qayta tiklash, 17 ming dona kanalizatsiya qudugi va 3 ming kilometr yollarni tamirlash, 2 ming 400 ta bozor va boshqa infratuzilma obektlarini qurish belgilangan.

Bundan tashqari, 388 maktab, 313 bogcha, 168 tibbiyot muassasasi, 38 mahalla binosi va 55 boshqa ijtimoiy soha obektini qurish va tamirlash rejalashtirilgan.

Bugungi kunga qadar 51 ming 660 yakka tartibdagi uy-joy, 518 kop qavatli uy, 610 kilometr elektr tarmogi, 66 kilometr gaz quvuri, 398 ta transformator punkti tamirlangan.

Yigilishda bu boradagi dastlabki natijalar atroflicha tahlil qilindi. Dasturda belgilangan ishlarni tashkil qilish va amalga oshirishda sustkashlikka yol qoyilayotgani qayd etildi.

Takidlanganidek, dasturga qoshimcha kiritilgan 64 qishloqning 44 tasi boyicha, xususan, Andijonda — 22, Navoiyda 6, Toshkent viloyatida 13, Xorazmda 3 ta qishloqning bosh rejasi ishlab chiqilmagan.

Prezidentimiz dasturni amalga oshirish uchun zarur bolgan mablaglarni shakllantirish borasidagi ishlar sustkashlik bilan olib borilayotganini tanqid qildi. Qator hududlarda uy-joylarni tamirlash ishlari hanuz talab darajasida tashkil etilmagan. Misol uchun, 54 qishloqdagi jami 14 mingta uy-joyni tamirlash ishlari boshlanmagan. Qishloq joylardagi kop qavatli uylarni tamirlash ishlari talab darajasida emas.

Yigilishda dastur doirasida aholining ichimlik suvi taminotini yaxshilash borasidagi ishlarni takomillashtirish zarurligi takidlanib, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Fargona viloyatlarida suv tarmoqlarini qurish ishlarini jadallashtirish boyicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Otkazilgan tahlillar qishloqlarda sizot suvlar sathini pasaytirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganini korsatmoqda. Sizot suvlar sathini pasaytirish uchun 2,2 ming kilometr melioratsiya tarmoqlarini tamirlash va tiklash talab etiladi. Biroq, bugungi kunda atigi 220 kilometr kollektor-drenaj tizimida ishlar bajarilgan.

Davlatimiz rahbari ikki hafta muddatda qishloqlarda irrigatsiya va kollektor-drenaj tarmoqlari boyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni yakunlab, ishlarni boshlash boyicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

Yigilishda 73 qishloqda 455 kilometr elektr tarmoqlarini hamda 40 aholi punktida 76 kilometr gaz taminotini tamirlash ishlari haligacha boshlanmagani alohida korsatib otildi. Ozbekenergo AJ rahbariyatiga bu qoloqlikni tezda bartaraf etish, mahalliy hokimliklar bilan birga ikki hafta muddatda ushbu qishloqlarda elektr energiyasi tarmoqlarini tamirlash ishlarini boshlash vazifasi topshirildi.

Shuningdek, chekka hududlarga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berish boyicha kunlik grafik ishlab chiqib ijrosini taminlash, dasturga kiritilgan qishloqlar va ularga tutash hududlarda avtomobil yollarini tamirlashni kuzga qadar yakunlash zarurligi takidlandi.

Yigilishda yana bir muhim masalaga etibor qaratildi. Dasturga kiritilgan qishloqlarda ijtimoiy soha obektlarini qurish va tamirlash ishlari orqada qolmoqda. Jumladan, 318 maktab boyicha loyiha-smeta ishlari yakunlanmagan. 109 oilaviy poliklinikani tamirlash boyicha tarmoq jadvallari ishlab chiqish va tasdiqlashni jadallashtirish zarur. Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida tibbiyot muassasalarini tamirlash ishlari kechiktirilmoqda. Maktabgacha talim muassasalarini rekonstruksiya qilish va tamirlash ishlari faqat Buxoro, Jizzax, Navoiy va Toshkent viloyatlarida oz muddatida bajarilmoqda.

Qishloq joylarda zamonaviy savdo nuqtalari hamda maishiy xizmat korsatish majmualari barpo etish qishloq aholisi turmush sharoiti yaxshilanishida muhim samara beradi. Bundan 2 oy oldin otkazilgan yigilishda qishloqlarda 368 savdo kompleksi qurish boyicha topshiriq berilgan edi. Ayni kunda ularning 52 tasini qurish boshlangan, 36 tasiga yer ajratilgan, 66 tasi rekonstruksiya qilinmoqda.

Yigilishda 214 supermarket tipidagi savdo komplekslarini qurish, qishloqlarda maishiy xizmat korsatish majmualari va hammomlarni namunaviy loyihalar asosida barpo etish uchun bosh turgan bino-inshootlarni tadbirkorlarga berish choralarini korish zarurligi qayd etildi.

Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha viloyatlarida qurilish-obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Yigilishda hududlarga qurilish materiallarini uzluksiz va yetarli miqdorda yetkazib berish, qishloqlarda shunday mahsulotlar dokonlari ochish zarurligi takidlandi. Bu belgilangan tadbirlarning sifatli va muddatida bajarilishini taminlab, qurilish ishlari narxi oshib ketishining oldini oladi.

Malumki, Prezidentimiz shu yil 1 iyun kuni Chilonzor tumanidagi Xirmontepa va Tirsakobod mahallalarida bolganida Obod mahalla dasturi loyihasini shakllantirish boyicha topshiriq bergan edi.

Bugungi kunda tajriba sifatida Toshkent shahrining 11 tumani va yurtimizdagi 30 shaharda 1 tadan mahalla hududida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Yigilishda davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi mahallalarni organish borasida boshlangan ishlar xususida toxtalar ekan, poytaxtimizdagi ahvol viloyatlardagi eng chekka qishloqlardan ham achinarli ekanini afsus bilan qayd etdi.

Xalqimiz bir oydan buyon Toshkent shahridagi mahallalar ahvoli togrisidagi telekorsatuvlarni korib borayapti. Nafaqat Chilonzorda, balki shaharning deyarli barcha tumanida Manasdagi sharoitdan battar joylar borligini hokimlar va mutasaddi idoralar rahbarlari bilmaydi. Sababi, rahbarlar bunday joylarga umuman bormagan, dedi Prezidentimiz. Qachongacha hokimliklar va mutasaddi idoralar rahbarlari yuqoridan topshiriq kelishini kutib otiradi, qachon ular muammo va kamchiliklarni oz tashabbusi bilan bartaraf etishni boshlaydi? Afsuski, shu vaqtgacha bu savolga hech kimdan javob olmadim.

Ana shu kabi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Obod qishloq dasturi tajribasidan kelib chiqib, Obod mahalla dasturi qabul qilindi.

Ushbu dasturga muvofiq, joriy yilda har bir shaharda kamida 2 tadan va 2022 yilgacha har yili kamida 3 tadan mahalla qiyofasi tubdan yangilanadi. Ichimlik suvi, elektr va tabiiy gaz, kanalizatsiya tarmoqlarida qurilish-tamirlash, sizot suvlari sathini pasaytirish ishlari olib boriladi. Shuningdek, 5 ming 607 kilometr ichki yollar, 369 ijtimoiy soha obektini tamirlash, 969 bozor infratuzilmasi obekti va servis shoxobchalari barpo etish moljallangan. Buning uchun mahalliy hokimliklar huzurida Obod mahalla jamgarmalari tuziladi.

Dasturni amalga oshirish uchun 2018-2019 yillarda jami 3 trillion 130 milliard som mablag ajratiladi. Bir soz bilan aytganda, mazkur dastur mahallalarni obod qilishda muhim qadam boladi.

Obod qishloq va Obod mahalla dasturlarini amalga oshirish islohotlarimiz ichida eng muhim orinlardan birini egallaydi, dedi Prezidentimiz. Chunki biz xalqimiz oldida ularning muammolarini hal etish, turmush sharoiti va hayoti sifatini yaxshilashga burchlimiz.

Yigilishda dasturga muvofiq qishloq va mahallalarni obod qilish ishlarini tizimli tashkil etish boyicha korsatmalar berildi.

Obod qishloq va Obod mahalla dasturlarining sozsiz ijrosini taminlash yuzasidan qatiy nazorat mexanizmini yanada kuchaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida har bir tuman va shahar boyicha alohida yol xaritasini hamda uy-joylar, ijtimoiy va maishiy xizmat korsatish obektlari qurilishini tashkil etish yuzasidan tarmoq jadvalini tasdiqlash zarurligi takidlandi.

Har haftaning chorshanbasi Obod qishloq va Obod mahalla kuni deb belgilandi. Shu kuni respublika viloyat tuman darajasidagi barcha tashkilotlar bilan ushbu dasturlar ijrosini tanqidiy muhokama qilib, muammolarni bartaraf etish choralarini korish boyicha topshiriqlar berildi.

Joylardagi haqiqiy ahvolni biz xalqimizdan yashirmaymiz va borini qanday bolsa, shunday korsatib boramiz. Albatta, bu kopchilikka yoqmayapti, kop rahbarlar buni hazm qila olmayapti. Lekin, biz bu boradagi barcha holatni va boshlagan ishlarimizni xalqimiz bilan bamaslahat va jamoatchilik nazorati ostida amalga oshiramiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Videoselektor yigilishida Obod qishloq va Obod mahalla dasturlari ijrosini oz vaqtida, sifatli taminlash, mavjud muammolarni bartaraf etish boyicha mutasaddi rahbarlar zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: