O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
28.06.2018

YUKSAK ISHONCH VA RAGBAT MASULIYATGA UNDAYDI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligini oshirish, jamiyatda demokratik prinsiplarni mustahkamlashda ommaviy axborot vositalarining o‘rni katta. Soha xodimlari mamlakatimizda kechayotgan yangilanish jarayonlarini chuqur tahlil asosida yoritish, aholiga haqqoniy va xolis axborotlarni yetkazish borasida samarali mehnat qilmoqda.

Ozbek Milliy akademik drama teatrida 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bolib otdi.

Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining vakillari, faxriy jurnalistlar, noshirlar, matbaachilar, oliy oquv yurtlarining professor-oqituvchilari qatnashdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigini Prezidentning Davlat maslahatchisi X.Sultonov oqib eshittirdi.

Bu yil tariximizda birinchi marta ushbu sana munosabati bilan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan soha rivojiga munosib hissa qoshib kelayotgan bir guruh xodimlar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandilar. Bu bayramga ozgacha shukuh va kotarinki ruh bagishladi. Tadbirda Vatanimizning yuksak mukofotlari tantanali topshirildi.

Tadbirda sozga chiqqanlar davlatimiz rahbari tomonidan songgi yillarda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish va matbuotning tasirchanligini oshirishga katta etibor berilayotganini alohida takidladi. Soha xodimlarining mehnati munosib taqdirlanayotgani uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirildi.

Qayd etilganidek, mamlakatimizda fuqarolarning soz erkinligiga doir huquqlarini, axborot xavfsizligini taminlash, soha xodimlari manfaatlarini himoyalash borasida barcha huquqiy asoslar yaratilgan.

Prezidentimizning 2017 yil 3 avgustda ijodkor ziyolilar vakillari bilan otkazgan uchrashuvda ilgari surgan goya va takliflari mamlakatimiz ijodiy tashkilotlari faoliyatida yangi davrni boshlab berdi. Xususan, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining "Ozbekiston ijodkorlarini qollab-quvvatlash "Ilhom" jamoat fondini tashkil etish togrisida", "Ozbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida", "Madaniyat va sanat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini ragbatlantirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisida"gi qarorlari sohani yanada rivojlantirish va xodimlar mehnatini munosib baholash hamda ularning turmush sharoitlarini yaxshilashda muhim huquqiy asos bolib xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda 1500 dan ortiq ommaviy axborot vositasi faoliyat olib bormoqda. Ulardan 700 ga yaqini gazeta, 309 tasi jurnal, 65 tasi televideniye, 35 ta radio, 4 ta axborot agentligi, 15 tasi axborotnoma-byulleten, 395 tasi veb-saytdan iborat. Mavjud teleradiokanallarning 66 foizini, bosma nashrlarning 50 foizdan ziyodini nodavlat axborot vositalari tashkil etadi. Mustaqillikdan avval respublikamizda 395 ta ommaviy axborot vositasi bolib, ularning deyarli barchasi davlatga qarashli edi.

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda nodavlat ommaviy axborot vositalari muhim rol oynamoqda. Zero, taraqqiyotning muhim omillaridan bolgan fikrlar rang-barangligining shakllanishida ommaviy axborot vositalari salmoqli orin egallamoqda.

Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar zamon talabiga mos kadrlar tayyorlash masalasini yuzaga chiqarmoqda. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 24 may kuni "Ozbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish togrisida"gi qarori bu boradagi tarixiy hujjat boldi.

Mazkur qarorda ommaviy axborot vositalarining barcha turlari uchun kadrlar, jumladan, bir necha xorijiy tillarni biladigan xalqaro jurnalistlar, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan etib belgilangan. Dunyoda shiddat bilan kechayotgan globallashuv jarayonida axborotning hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgani, milliy jurnalistikamizning taraqqiyoti, bugungi holati va istiqboli bilan bogliq masalalarni chuqur organgan holda mamlakatimiz axborot siyosatini takomillashtirish, bu borada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini yanada oshirish muhim yonalishlardan sanaladi.

Soha xodimlari mehnatini ragbatlantirish, yangi-yangi ijodiy parvozlar sari chorlash, kasb malakasi va mahoratini yuksaltirish borasidagi ishlar kolami tobora kengaymoqda. Bunday say-harakatlar jurnalistikamiz rivojiga xizmat qilayotgan turli korik-tanlovlar, ijodiy bellashuvlar, grant loyihalar, ijtimoiy dasturlarda ham ozining yaqqol ifodasini topmoqda.

Shu kuni Ozbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan ananaviy tarzda otkazib kelinayotgan "Yilning eng faol jurnalisti" respublika korik-tanlovi goliblari va sovrindorlariga ham mukofotlar topshirildi.

Bayram tadbiri ishtirokchilari uchun Ozbek Milliy akademik drama teatri sanatkorlari ijrosida mashhur adib Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asari asosida tayyorlangan spektakl namoyish etildi.

Shu kuni Toshkentning Gafur Gulom nomidagi madaniyat va istirohat bogida bayram sayllari davom etdi.

N.USMONOVA,

OzA muxbiri


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: