O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
28.06.2018

MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARIGA

Qadrli do‘stlar!

Avvalambor, siz, azizlarni, soha rivojiga munosib hissa qoshgan muhtaram faxriylarimizni 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etish, barchangizga chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildirish menga katta mamnuniyat bagishlaydi.

Jamiyatimizda demokratik qadriyatlarni qaror toptirish, fuqarolarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, dunyoda va mamlakatimizda sodir bolayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor va haqqoniy malumotlar yetkazish borasida siz, matbuot ahlining fidokorona mehnat qilayotganingizni xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.

Sizlar kabi ming-minglab olijanob kasb egalarining say-harakatlari, istedod va mahorati bilan mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xalqimiz hayotiga, uning quvonch va tashvishlariga tobora yaqin bolib, Ozbekistonning yangi, demokratik qiyofasini shakllantirishda goyat muhim rol oynamoqda.

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining soni qariyb 4 barobar kopayib, 1500 taga yetgani ushbu tarmoqda osish, ozgarish jarayonlari izchil davom etayotganidan dalolat beradi.

Eng muhimi, soha rivojida ana shunday miqdor ozgarishlari bilan birga sifat ozgarishlari ham yuz bermoqda. Buning tasdigini milliy media maydonimizda fuqarolik jamiyatining muhim sharti bolgan nodavlat ommaviy axborot vositalari tarmogi kengayib, samarali faoliyat korsatayotgani, internet jurnalistikasi jadal rivojlanib borayotgani misolida yaqqol korish mumkin.

Keyingi paytda ommaviy axborot vositalari xodimlarining demokratik jarayonlar, fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi orni va nufuzini, mahalliy gazetalar, tele-radiokanallarning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, eng asosiysi, matbuotda fikrlar, qarashlar xilma-xilligini taminlash boyicha jiddiy ishlar amalga oshirilgani sizlarga yaxshi malum, albatta.

Gazetalarimiz, tele-radiokanallarimizda oshkoralik, tahlil va xolis tanqid ruhi kuchaygani, bevosita xorijiy mamlakatlardan tayyorlanayotgan materiallar soni ortib borayotganini biz har tomonlama qollab-quvvatlaymiz.

Bugun biz dunyodagi uzoq-yaqin davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlab, yurtimizdagi demokratik ozgarishlarni yanada chuqurlashtirishga intilar ekanmiz, boshqa sohalar qatori ommaviy axborot vositalari faoliyati boyicha ham hali kop ish qilishimiz kerakligini yaxshi tushunamiz. Ommaviy axborot vositalari sozda emas, amalda «tortinchi hokimiyat» darajasiga kotarilishi zarur. Bu zamon talabi, islohotlarimiz talabi.

Birinchi navbatda media tarmoqlari faoliyati samarasini oshirish, ularni xalq bilan muloqotning ishonchli vositasiga aylantirish, zamonaviy axborot xizmatlari bozorini, soglom raqobat muhitini shakllantirish singari dolzarb masalalar doimiy etiborimiz markazida bolishi kerak.

Shu maqsadda parlamentimiz tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga axborot sohasini yanada demokratlashtirish va rivojlantirishga qaratilgan ozgartish va qoshimchalar kiritish boyicha faol ish olib borilayotgani ayniqsa etiborlidir.

Bu borada Ozbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, qalam haqi miqdorini oshirish, ijodiy jamoalar bilan yirik kompaniyalar va xojalik birlashmalari, banklar ortasida dostlar klublarini tashkil etishga qaratilgan amaliy ishlarimizni takidlash lozim.

Ommaviy axborot vositalari uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yaqinda katta umidlar bilan Ozbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etganimizdan xabaringiz bor.

Ushbu oliy talim maskani sohada erishilgan yutuqlarni har tomonlama organish, jurnalistika fani, uning ilmiy-nazariy asoslarini, zamonaviy mediatexnologiyalarni chuqur ozlashtirish, xalqaro standartlar darajasidagi yuqori malakali kadrlar tayyorlash imkonini beradi.

Hech shubhasiz, ommaviy axborot vositalari sohasida amalga oshirilayotgan ana shunday ishlarning barchasi Ozbekiston jurnalistikasining jahon axborot maydonida munosib orin egallashi uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Hozirgi vaqtda hayotimizda amalga oshirilayotgan modernizatsiya va yangilanish jarayonlarining tub mohiyatini xalqimizga yetkazish, odamlarni yangi marralar sari safarbar etish, oldimizga qoygan vazifalarni sifatli amalga oshirishda sizlarning tasirchan sozingiz, faol grajdanlik pozitsiyangiz suv bilan havodek zarur.

Haqiqatan ham, har qanday murakkab sharoitda ham adolat tamoyiliga, ozining hayotiy va ijodiy prinsiplariga sodiq qolish, odamlarni qiynayotgan kamchilik va muammolarni dadillik bilan kotarib chiqish, ularni bartaraf etish uchun jamoatchilik fikrini shakllantirishga, avvalo, sizlar kabi manaviy jasorat egalarigina qodir boladi.

Biz jamiyatimizda oshkoralik, adolat va qonun ustuvorligini taminlashda, huquqiy demokratik davlat asoslarini mustahkamlashda sizlarga, sizlarning bilim va istedodingizga tayanamiz.

Ayniqsa, hayot va kasb tajribangizni yoshlarga orgatish, ularni zamonaviy fikrlaydigan, Vatan va xalq manfaatini muqaddas deb biladigan, soglom va barkamol insonlar etib tarbiyalashda kopchilikka ornak va namuna bolasizlar, deb ishonaman.

Oz-ozidan ravshanki, mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xodimlarining ish va turmush sharoitlarini yaxshilash, ularning mashaqqatli va masuliyatli mehnatini munosib baholash va ragbatlantirish, soha rivojiga etibor va gamxorlik korsatish bundan buyon ham biz uchun ustuvor vazifa bolib qoladi.

Aziz va muhtaram dostlar!

Sizlarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, ezgu faoliyatingizda yutuq va omadlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Shavkat MIRZIYOYEV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: