O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
26.06.2018

OZBEKISTON PREZIDENTI TASHABBUSI JAHON HAMJAMIYATI TOMONIDAN BIR OVOZDAN QOLLAB-QUVVATLANDI

Ma’lumki, 2017 yilning sentabr oyida Nyu-Yorkda bo‘lib otgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi chogida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qator dolzarb masalalar, shu jumladan, tashkilot doirasida Bosh Assambleyaning Markaziy Osiyo boyicha maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusi ilgari surilgan.

Mazkur taklif ijrosi asnosida otgan yilning noyabrida Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yolidagi hamkorlik» mavzuida xalqaro konferensiya otkazildi. Tadbir yakuni boyicha Ozbekiston Prezidentining tashabbusi xorijiy davlatlar yuqori martabali delegatsiyalari, shu jumladan, Markaziy Osiyo va Afgoniston, MDH, Yevropa, Osiyo mamlakatlari va AQSh tashqi ishlar mahkamalari rahbarlari, shuningdek, BMT, YeI, YeXHT, ShHT, YeTTB kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari tomonidan toliq qollab-quvvatlandi.

Shunday qilib, BMT doirasida maxsus rezolyutsiya loyihasi kop oylar davomida muhokama etilganidan song, 2018 yilning 22 iyun kuni Ozbekiston Prezidentining mazkur tashabbusi hayotga tadbiq etildi. Xususan, Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleya yalpi majlisi chogida Markaziy Osiyo hududida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni taminlash boyicha xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Quvonarlisi shundaki, rezolyutsiya nafaqat BMTga azo davlatlar tomonidan bir ovoz bilan qollab-quvvatlandi, balki Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo, Afrika va boshqa qitalardan qariyb 55 mamlakat bilan hammualliflikda qabul qilindi. Uning jahon hamjamiyati tomonidan etirof etilishi esa Yurtboshimiz tashabbusining dolzarbligidan dalolat beradi. Bizga qoshni davlatlar bilan bir qatorda Germaniya, Italiya, Kanada, Norvegiya, Shveytsariya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Turkiya, Singapur, Qatar, BAA va Hindiston shular jumlasidandir.

Rezolyutsiyaga Ozbekistonning dolzarb tashabbuslari kiritilgan. Xususan, unda Samarqanddagi konferensiya chogida qabul qilingan muhim yechimlar va ularning asosiy natijalari tilga olingan hamda mintaqa mamlakatlarining ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekani tasdiqlangan. Hujjatda, shuningdek, Ozbekiston Prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari doimiy maslahatlashuv yigilishlarini otkazish boyicha tashabbusi jahon hamjamiyati tomonidan toliq qollab-quvvatlanishi qayd etilgan.

BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining Afgonistonda tinchlik jarayonlarini mustahkamlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda uning mintaqaviy siyosiy va iqtisodiy masalalardagi ishtirokini taminlash boyicha say-harakatlariga alohida etibor qaratilgan. Bu borada Tinchlik jarayoni: xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzuida Afgoniston boyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi (2018 yil mart) afgonistonliklar boshqaruvi ostida amalga oshirilayotgan tinchlik va sulh jarayonlarini qollab-quvvatlash boyicha xalqaro hamjamiyat harakatlarining davomi sifatida muhim ahamiyat kasb etishi takidlangan.

Mutaxassislarning fikricha, Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning dovyurak va faol siyosati sharofati bilan mintaqa mamlakatlari ortasidagi ozaro munosabatlarda fundamental siljish yuz berdi. Bu esa Markaziy Osiyoda mustahkam siyosiy ishonch va ozaro hamkorlikni aks ettiruvchi mutlaqo yangi siyosiy muhit paydo bolishiga olib keldi.

Umuman olganda, BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasining bir ovoz bilan qabul qilinishi Markaziy Osiyoda tinchlik va barqaror rivojlanishni taminlash maqsadidagi Ozbekistonning savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun yaqin qoshnilik va ozaro manfaatli sheriklik tamoyillari asosida mamlakatning mintaqaviy hamkorlik boyicha olib borayotgan hozirgi faoliyati xalqaro hamjamiyat tomonidan toliq qollab-quvvatlanishidan dalolat beradi.

Dunyo AA

Nyu-York.



DB query error.
Please try later.