O'zb  
 
26.06.2018

BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi qabul qilinishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar

Joriy yil 22 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash» rezolyutsiyasi qabul qilindi. Loyihasi Ozbekiston tomonidan Markaziy Osiyodagi qoshni mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ushbu hujjatni BMTga azo barcha davlatlar bir ovozdan qollab-quvvatladi.

Rezolyutsiyaning qabul qilinishi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil sentabr oyida Nyu-Yorkda bolib otgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan tashabbusning amaliy ijrosi hisoblanadi. Ozbekiston rahbari oz chiqishida 2017 yil noyabr oyida Samarqandda Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Markaziy Osiyo boyicha yuqori darajadagi xalqaro anjuman otkazilishini malum qilib, uning yakunlari boyicha Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni taminlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi say-harakatlarini qollab-quvvatlashga doir maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etdi.

Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Osiyo va Afrikaning 55 mamlakati ushbu rezolyutsiya hammualliflari boldi. Ular orasida Avstraliya, Avstriya, Afgoniston, Belarus, Germaniya, Italiya, Hindiston, Indoneziya, Kanada, Nigeriya, Norvegiya, BAA, Koreya Respublikasi, Singapur, Turkiya, Shveytsariya, Ekvador va boshqa mamlakatlar bor. Hujjatni ishlab chiqish boyicha maslahatlashuvlarda Markaziy Osiyoning barcha yetakchi hamkor davlatlari, jumladan, Rossiya, XXR, AQSh va YeI mamlakatlari faol va konstruktiv tarzda ishtirok etdi.

Rezolyutsiyada Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqada tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taminlash, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagimuhim roli etirof etiladi. Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik va taraqqiyot sohalaridagi mintaqaviy va xalqaro tashabbuslari alohida qayd etiladi.

Hujjatda Bosh Assambleya mintaqa mamlakatlari tomonidan Markaziy Osiyoda barqarorlik va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan say-harakatlar va tashabbuslarni qollab-quvvatlashi bayon etiladi. Ozbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvlarini muntazam tashkil qilish boyicha tashabbuslari mintaqa doirasida qollab-quvvatlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan holda, rezolyutsiya bunday maslahatlashuvlar platformasidan mintaqaning dolzarb muammolarini birgalikda hal etish yolida samarali foydalanishga davat etadi.Hujjatda 2018 yil 15 mart kuni Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ilk sammiti otkazilgani etirof etiladi.

Rezolyutsiyada Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash, suv va energiya manbalaridan unumli va kompleks foydalanish, Orol dengizi qurishi bilan bogliq ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy asoratlarni yumshatish, mintaqada zamonaviy transport va tranzit tizimini tashkil etish, marifat, fan, texnologiyalar, innovatsiyalar, turizm, madaniyat, sanat va sport sohalaridagi aloqalarni chuqurlashtirish yonalishlarida ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etiladi.

Markaziy Osiyo davlatlarining Afgonistonda tinchlik ornatish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga komaklashishga qaratilgan birgalikdagi say-harakatlariga alohida etibor qaratiladi. Ushbu mamlakatda tinchlik va murosaga erishish maqsadida joriy yil mart oyida Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzuidagi Afgoniston boyicha Toshkent konferensiyasining ahamiyati qayd etiladi.

Rezolyutsiya xalqaro hamjamiyat, xususan, BMT tizimidagi ixtisoslashgan muassasalar, jamgarma va dasturlarni mintaqa mamlakatlari tomonidan kozda tutilayotgan Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik, integratsiya va barqaror taraqqiyotning ustuvor yonalishlarini qollab-quvvatlashga davat etadi.

Ushbu rezolyutsiyaning BMTda bir ovozdan maqullanishi va qabul qilinishi Ozbekistonning Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida yuritayotgan ochiq, oqilona va konstruktiv tashqi siyosati tufayli Markaziy Osiyoda shakllangan mutlaqo yangi, ozaro ishonch va yaxshi qoshnichilik muhiti xalqaro miqyosda keng etirof etilayotganidan dalolat beradi. Xalqlarini ming yillik birodarlik va yaxshi qoshnichilik rishtalari, mushtarak tarix, din, madaniyat va ananalar boglab turgan Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taminlash Ozbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yonalishi hisoblanadi.

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan rezolyutsiya Markaziy Osiyoni hamkorlikda umumiy muammolarni hal qilish, mintaqa taraqqiyoti va uning kop millionli aholisi farovonligini taminlashga qodir yaxlit jipslashgan mintaqa sifatida shakllanishida muhim bosqich bolib xizmat qilishi shubhasiz.

Toshkent, 2018 yil 23 iyun



DB query error.
Please try later.