O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
19.06.2018

OZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI BAYONOTI

Toshkent shahrida 2018 yil 27 mart kuni bo‘lib otgan Afgoniston boyicha xalqaro konferensiya davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Ozbekiston Respublikasi ushbu mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga komaklashishga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda.

Ozbekiston otgan davr mobaynida Afgoniston hukumati, AQSh, XXR, Rossiya, Xalqaro muloqot guruhiga azo mamlakatlar, Yevroosiyo mintaqasi, Janubiy Osiyo, Orta va Yaqin Sharq davlatlari vakillari bilan bu borada qator maslahatlashuv uchrashuvlari va muzokaralar otkazdi.

Takidlash joizki, Afgoniston boyicha forum doirasida bir ovozdan qabul qilingan, mintaqaviy va global miqyosda tinchlikka erishish, terrorizmga va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, shuningdek, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yolga qoyishga qaratilgan birgalikdagi say-harakatlarni nazarda tutuvchi Toshkent deklaratsiyasi ushbu yonalishdagi ishlarni amalga oshirish uchun muhim siyosiy asos bolib xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, Toshkent konferensiyasi ishtirokchilarining umumiy pozitsiyasini royobga chiqarish maqsadida Ozbekiston tegishli aloqalar ornatib, Tolibon harakatining yuqori martabali vakillari bilan amaliy uchrashuvlar otkazdi. Uchrashuvlarda Afgonistonda uzoq muddatli tinchlik-barqarorlik ornatish va mamlakatni iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan muloqot va ozaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Shundan kelib chiqib, Ozbekiston Afgoniston hukumati va Tolibon harakatining Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan ozaro ot ochishni toxtatish tartibini joriy etganini olqishlaydi. Ozbekiston ushbu yarashuv Afgoniston Prezidenti Ashraf Ganining ot ochishni toxtatish tartibini uzaytirish togrisidagi qaroriga amal qilgan holda muddatsiz tus olishiga umid qiladi.

Qaror topayotgan vaziyatni hisobga olgan holda, shuningdek, Ozbekiston Respublikasining tashabbusiga asoslanib, Tashqi ishlar vazirligi tinchlik jarayonining barcha bosqichlarida Ozbekiston hududida Afgoniston hukumati va Tolibon harakati ortasida togridan-togri muzokaralar tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratishga har tomonlama tayyor ekanini tasdiqlaydi.

Toshkent shahri,

2018 yil 18 iyun


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: