O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
08.02.2018

OZBEKISTON VA TURKIYA PREZIDENTLARINING TELEFON ORQALI MULOQOTI TOGRISIDA

2018 yil 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogon bilan telefon orqali muloqoti bolib otdi.

Muloqotda ikki davlat rahbarlari 2017 yil oktabr oyida Turkiya Respublikasiga amalga oshirilgan oliy darajadagi samarali tashrif kop qirrali va ozaro manfaatli Ozbekiston – Turkiya hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqqanini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Ushbu tarixiy tashrif yakunlari boyicha erishilgan aniq kelishuv va imzolangan bitimlarning bajarilishi, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, bank-moliya, transport, turizm va boshqa muhim sohalardagi yirik qoshma loyihalarni tayyorlash hamda amalga oshirish masalalari atroflicha korib chiqildi.

Mazkur kelishuvlarni hayotga toliq va oz muddatida tatbiq etish, muhim loyihalarni jadallashtirish maqsadida ikki davlat hukumatlari ortasida muntazam ravishda muloqotlar olib borilishi va uchrashuvlar otkazilishi yuzasidan kelishib olindi.

Rejep Tayyip Erdogon Ozbekistonda Turkiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etish boyicha qaror qabul qilinganini yuksak baholab, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Ozbekiston Prezidenti mazkur qaror oliy darajadagi uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarning amaliy natijasi ekanini alohida qayd etdi. Bunday qaror qabul qilinishi savdo-iqtisodiy, investitsiya va turizm sohalarida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi va, eng asosiysi, qardosh xalqlar ortasidagi dostlik rishtalarini yanada mustahkamlab, Turkiya fuqarolarining Ozbekistonga kelishlari uchun keng yol ochib berishini ta’kidladi.

Muloqotda xalqaro va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari Turkiya Respublikasi delegatsiyasini mintaqada tinchlik, osoyishtalik va barqaror taraqqiyotni taminlash maqsadida joriy yil mart oyida Toshkent shahrida otkazilishi rejalashtirilayotgan Afgonistonda tinchlikka erishish boyicha xalqaro konferensiyaga taklif etdi.

Oz navbatida, Rejep Tayyip Erdogon ushbu tashabbusni yuksak baholab, uni amalga oshirishni toliq qollab-quvvatlashi hamda mazkur tadbirda Turkiyadan yuqori darajadagi vakillar ishtirok etishini bildirdi.

Muloqot songgida davlat rahbarlari Ozbekiston va Turkiya ortasidagi azaliy dostlik va qardoshlik aloqalari hamda ananaviy yaqin hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanlarini yana bir bor tasdiqladilar.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogonga mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelishni taklif etdi.

OzA



DB query error.
Please try later.