O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 1 2 3 4
01.02.2018

JAMIYATIMIZDA QONUN USTUVORLIGI VA FUQAROLAR HUQUQLARINI TAMINLASH ENG MUHIM VAZIFA

2018 yil 31 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining kengaytirilgan yigilishi bolib otdi.

Unda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Yigilishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va ozgarishlar jarayonida prokuratura organlari tomonidan qilinayotgan ishlar va ular oldida turgan vazifalar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari prokuratura organlari oldida turgan ustuvor vazifalar togrisida toxtalib otdi.

Prokuratura organlari xodimlari islohotlarni samarali amalga oshirishda ozlarining bor salohiyati, bilim va tajribasini safarbar etishi zarurligi ta’kidlandi. Qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlarning amaliy ijrosini sozsiz taminlash prokuraturaning eng muhim va dolzarb vazifasiga aylanmogi lozim.

Yigilish ishtirokchilarining etibori farovon hayotimiz asosi bolgan tadbirkorlikni har tomonlama qollab-quvvatlash, xorijiy investorlarning mamlakatimizda erkin faoliyat yuritishi uchun sharoitlar yaratish prokuratura organlari tomonidan kafolatlanishi zarurligiga qaratildi.

Prokurorlarning sektorlar rahbari sifatidagi faoliyatida eng muhim vazifalaridan biri odamlar hayotida ijobiy ozgarishlarga erishish maqsadida hududlarni rivojlantirishga komaklashishdir.

Davlat boshqaruvini xalqimiz manfaatlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish prokuratura organlarining jamiyatda qonun ustuvorligini taminlashdagi rolini kuchaytirishni taqozo etmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yigilishni yakunlar ekan, prokuratura xodimlari yuqori kasbiy malaka va yuksak insoniy fazilatlari bilan davlat organlari xizmatchilariga ornak bolishi, hamisha adolat va qonuniylik himoyasida turishi lozimligini alohida takidladi.

Yigilishda tashkiliy masala korib chiqildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq Prezidentning Davlat maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Otabek Murodov Ozbekiston Respublikasi Bosh prokurori etib tayinlandi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: