O'zb  
 
25.01.2018

OZBEKISTON VA JANUBIY KOREYA PREZIDENTLARINING TELEFON ORQALI MULOQOTI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining xabar qilishicha, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Prezident Mun Chje Inni tugilgan kuni bilan samimiy qutlab, uning Ozbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi ortasidagi dostlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, ozaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qoshayotgan ulkan hissasini alohida qayd etdi.

2017 yilning noyabr oyida Seul shahrida bolib otgan tarixiy ahamiyatga ega oliy darajadagi samarali uchrashuv va muzokaralar kop qirrali ozaro aloqalarni rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratgani hamda ikki tomonlama munosabatlarga aniq amaliy mazmun baxsh etgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

Prezident Mun Chje In Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga tabrik va ezgu tilaklar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Ozbekiston Prezidenti timsolida Ozbekiston — Janubiy Koreya hamkorligini har tomonlama mustahkamlash borasida haqiqiy dost, maslakdosh va hamfikrga ega bolganini alohida ta’kidladi.

Koreya Respublikasi rahbari, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning zamonaviy Ozbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasini yuksak baholadi. Ozbekiston va Janubiy Koreyada amalga oshirilayotgan islohotlar va ozgarishlarning yangi bosqichi muhim vazifalari va ustuvor maqsadlariga kora mushtarak ekani qayd etildi.

Muloqotda ikki mamlakat rahbarlari Ozbekiston Janubiy Koreya hamkorligini yanada kengaytirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildi, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar boyicha fikr almashdi.

Janubiy Koreyaning ilgor tajribasi, ilm-fan yutuqlari va texnologiyalarini Ozbekistonda sanoat va infratuzilmani modernizatsiya qilish, ijtimoiy sektorni rivojlantirishga faol jalb qilishga alohida etibor qaratildi.

Koreya Respublikasi Prezidenti kop millatli Ozbekiston xalqini shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida bolib otayotgan futbol boyicha Osiyo chempionatida yoshlar terma jamoamiz korsatayotgan ajoyib oyin va jamoamiz musobaqa finaliga chiqqani bilan samimiy qutladi.

Oz navbatida, Ozbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi rahbariyati va xalqiga Pxyonchxanda tashkil etiladigan va jahon sporti tarixiga kiradigan, haqiqiy dostlik va ozaro anglashuv bayramiga aylanadigan qishki Olimpiya oyinlari muvaffaqiyatli otishini chin dildan tiladi.

Muloqot songida davlat rahbarlari mamlakatlarimiz va xalqlarimiz ortasidagi kop asrlik dostlik rishtalari va ananaviy yaqin hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqladilar.

OzA



DB query error.
Please try later.