O'zb  
 
23.01.2018

OZBEKISTON VA BELARUS ORTASIDA DIPLOMATIK MUNOSABATLAR ORNATILGANINING 25 YILLIGIGA

O‘zbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi ortasida diplomatik munosabatlar ornatilganiga 2018 yil 21 yanvar kuni 25 yil tolishi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari bir-birlarini qutladilar.

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning maktubida bunday deyiladi: «Belarus Respublikasi va Ozbekiston Respublikasi ortasida diplomatik munosabatlar ornatilganiga 25 yil tolishi munosabati bilan tabriklarimni qabul qilgaysiz».

Belarus rahbari Belarus — Ozbekiston hamkorligi koplab muhim yonalishlarda izchil rivojlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etgan.

Aleksandr Lukashenko ozaro anglashuv, ishonch va hurmatga asoslangan davlatlararo amaliy muloqot bundan keyin ham mamlakatlarimizni barqaror rivojlantirish hamda belarus va ozbek xalqlarining farovonligi yolida mustahkamlanib boraveradi, deb ishonch bildirgan.

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oz maktubida mustahkam dostlik rishtalari, ozaro hurmat va qollab-quvvatlash, umumiy manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan Ozbekiston Belarus hamkorligining bugungi darajasini mamlakatimiz yuksak qadrlashini ta’kidlagan.

Birgalikdagi say-harakatlarimiz va kop qirrali hamkorligimizni kengaytirishga bolgan ozaro intilish tufayli biz qisqa fursatda aniq natijalarga erishdik, deyiladi maktubda.

Ozbekiston va Belarus ortasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga kotarish, uni aniq amaliy mazmun bilan boyitish uchun oldimizda hamkorligimizning mavjud salohiyatini toliq ishga solishdek muhim vazifa turibdi, deb qayd etgan davlatimiz rahbari. Shu manoda, Sizning Ozbekistonga tashrifingizni intizorlik bilan kutyapman. Bu bizga ozaro munosabatlarimizning barcha jihatlarini har tomonlama muhokama qilish, shuningdek, yaqin yillarga moljallangan hamkorligimizning istiqbolli yonalish va loyihalarini belgilab olish imkonini berishi shubhasiz.

OzA



DB query error.
Please try later.