O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 1 2 3 4
23.01.2018

ISTIQBOLLI LOYIHALAR XALQIMIZ FAROVONLIGIGA XIZMAT QILMOQDA

Avval xabar qilinganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishish maqsadida 19-20 yanvar kunlari Surxondaryo viloyatida bo‘ldi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qomondoni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Janubi-garbiy maxsus okrugiga qarashli harbiy qismda boldi. Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yigilishida berilgan vazifalar qanday bajarilayotgani bilan tanishdi. Harbiylar bilan muloqot qildi.

Mamlakatimizda yangi tahrirdagi Mudofaa doktrinasi qabul qilindi. Undan kozlangan asosiy maqsad milliy armiyamiz jangovar qudratini oshirish, xalqimizning tinch va osuda hayotini yanada mustahkamlashdir, dedi davlatimiz rahbari. Doktrinada Ozbekiston tashqi siyosatining ochiqlik tamoyili, yaqin qoshnilar bilan dostona va amaliy munosabatlarni rivojlantirish, davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qoyildi.

Mamlakatimiz geostrategik joylashuvining oziga xosligi, shuningdek, mintaqada yuzaga kelayotgan harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda, Qurolli Kuchlar birlashmalarining vazifa va tuzilmalari qayta korib chiqildi. Mudofaa sanoati boyicha davlat qomitasi tuzildi. Harbiy kadrlar tayyorlash sohasida olib borilayotgan tizimli ozgarishlar asosida Qurolli Kuchlar akademiyasining faoliyati tubdan qayta tashkil etildi. Mudofaa vazirligi qoshinlarini qurol-aslaha, harbiy texnika va aloqa vositalarining zamonaviy turlari bilan ta’minlash ishlari yangi bosqichga kotarildi.

Harbiylarimiz jismonan baquvvat, manan yuksak, zamonaviy bilimlarni puxta ozlashtirgan shaxslar bolishi kerak, dedi Prezidentimiz. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk ajdodlarimizga munosib xizmat qilishlaringiz lozim, toki yoshlarimiz vatanparvarlik va ona yurtga sadoqat tuygularida sizdan ornak olsin.

Uchrashuvda harbiylarning xizmat va yashash sharoitini yaxshilash, farzandlari oliy oquv yurtlarida oqishida imtiyozlar joriy etish, ularni uy-joy bilan taminlash ishlarini yanada jadallashtirish zarurligi qayd etildi. Buning uchun joylarda tashkil etilgan harbiy-mamuriy sektorlar faoliyatini takomillashtirish lozimligi aytildi. Harbiylar va ularning oilalari uchun barcha sharoit yaratib beriladi.

Mamlakatimizda sanat saroylari, teatrlar faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi sahna asarlari yaratish, aholining bosh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida etibor qaratilmoqda.

Termiz shahridagi 700 orinli zamonaviy Sanat saroyi hamda 3 ming oringa moljallangan amfiteatrda «Fayz-Binokor-Oltiariq» xususiy korxonasi quruvchilari tomonidan 82 milliard somlikdan ortiq qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. Fransiya, Angliya, Ispaniya, Rossiya va Xitoydan keltirilgan zamonaviy ovoz yozish hamda sozlash, yoritish tizimi jihozlari, monitorlar ornatildi. Sanatkor va tomoshabinlar uchun barcha qulaylik yaratildi.

Hududi 32,5 gektar bolgan maskanning atrofi obodonlashtirilib, kokalamzorlashtirildi. Musiqali favvora, avtomobillar turadigan joy qurildi, zamonaviy yoritgichlar hamda orindiqlar ornatilib, turli daraxt va gul kochatlari otqazildi.

Davlatimiz rahbari mazkur madaniyat maskaniga taniqli sanatkorlarni taklif qilib, hamkorlikda mahorat darslari otkazish, ustoz-shogird ananasini yanada rivojlantirish, Hakim Termiziy va Alpomish haqida spektakllar sahnalashtirish lozimligini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev Amudaryo bolalar soglomlashtirish oromgohida yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi.

Davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyatiga avvalgi tashrifi chogida Termiz shahrida Amudaryo bolalar soglomlashtirish oromgohi barpo etish loyihasi bilan tanishib, hududda infratuzilma obyektlarini kopaytirish boyicha topshiriqlar bergan edi.

Shunga muvofiq, Surxondaryo daryosi boyida 200 orinli dam olish maskani qurilib, otgan yil yoz mavsumida foydalanishga topshirildi. Oromgohda umumtalim maktablarining iqtidorli oquvchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, imkoniyati cheklangan bolalar dam oldirilib, soglomlashtiriladi.

Maskan 6,2 gektar maydonni egallagan. Tortta yotoqxona, amfiteatr, oshxona, suzish havzasi, sport maydonlari, boshqa bino va inshootlar bunyod etilib, zarur inventarlar bilan jihozlangan. Bolalarning mazmunli va maroqli dam olishi, bosh vaqtida turli togaraklarda qatnashib, bilim va salohiyatini mustahkamlashi uchun har tomonlama qulay sharoit yaratilgan.

Oromgohga kiraverishdagi ota-onalar farzandlari bilan uchrashadigan binoda ikkita fitobar, axborot-resurs markazi, manaviyat va marifat xonasi, mashgulot zallari mavjud. Ingliz tili, tasviriy sanat, mohir qollar, komputer savodxonligi kabi on beshga yaqin togarakda malakali murabbiylar mashgulot olib boradi. Tibbiyot bolimida bolalar uchun fizioterapevtik muolajalar, fitodavolash xizmatlari, jismoniy tarbiya mashqlari otkazish tashkil etiladi.

Davlatimiz rahbari muassasada bolalarning maroqli dam olishi, salomatligini mustahkamlashi, ovqatlanishi va yashashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Joriy yil mart oyidan oromgoh yil davomida uzluksiz faoliyat yurita boshlaydi. Unga mamlakatimizning barcha hududlaridan fan olimpiadalari, xalqaro tanlov va sport musobaqalari goliblari bolgan 5-11-sinf oquvchilari, yozgi tatilda esa ming nafar ogil-qiz qabul qilinadi.

Bugungi kunda oromgoh Ozbekiston yoshlar ittifoqi tasarrufiga otkazilib, uni xalqaro yoshlar oromgohiga aylantirish rejalashtirilmoqda. Yaqin vaqtlar ichida bu yerga qoshni mamlakatlar va uzoq xorijdan bolalar kelishi kutilmoqda. Bu borada Ozbekiston yoshlar ittifoqi va BMTning YuNISEF tashkiloti ortasida hamkorlik yolga qoyildi.

Oromgoh huzurida umumtalim maktabi barpo etilgan. Maktab negizida 125 orinli 22-bolalar musiqa, sanat va baxshichilik maktabi ham faoliyat yuritadi. Oquvchilar bu yerda baxshichilik va ozbek xalq cholgularidan saboq oladi. Dars mashgulotlarini oqituvchilar bilan birga Ozbekiston xalq baxshilari ham olib boradi.

Prezidentimiz maktabni kozdan kechirdi, Ozbekiston xalq baxshilari Shoberdi Boltayev va Abdunazar Poyonov bilan muloqot qildi.

Dostonchilik va baxshichilik – milliy gururimiz. Uning zamiridagi ezgu qadriyatlarni xalqimizga yetkazish lozim. Baxshichilik maktabi xalq ogzaki ijodining noyob durdonalarini asrashga, uni rivojlantirishga, baxshilarning obrosini kotarishga xizmat qilishi kerak. Joriy yil Navroz bayrami arafasida yurtimiz baxshilarining birinchi respublika seminarini tashkil etamiz, uni har yili muayyan bir viloyatda otkazishni yolga qoyamiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari Mustaqillik baxshilari kitobini chiqarish, Surxondaryo viloyatidagi bolalar musiqa va sanat maktablarida ham ushbu sanat turini oqitish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Shu yerda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti ham otkazildi.

Prezidentimiz 2017 yil 4-5 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga tashrifi chogida ushbu mamlakat investitsiya kompaniyalari bilan Boysun tumanidagi Ozbekiston mustaqilligining 25 yilligi gaz konini ozlashtirish, uning negizida gazni qayta ishlash zavodi va gaz-kimyo majmuasi qurish boyicha mahsulot taqsimotiga oid bitim imzolangan edi. Loyiha 2023 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Natijada bu yerda yiliga 4 milliard kubometr gaz qayta ishlanib, polimer mahsulotlari ishlab chiqarish yolga qoyiladi.

Ozbekgidroenergo aksiyadorlik jamiyati buyurtmasi asosida otgan yil oxirida Topolang daryosida togon qurib bitkazilgan edi. Ayni paytda bu yerda kommunikatsiya ishlari amalga oshirilmoqda. Togonning balandligi 180 metr, yigiladigan suv hajmi 500 million kubometrni tashkil etadi.

Togon ishga tushirilishi bilan Topolang daryosining yuqori qismida qurilgan GESda qoshimcha 145 megavattli gidroturbinalar ornatilib, GESning umumiy quvvati 175 megavattga yetkaziladi. Bundan tashqari, Topolang daryosi ozanida Zarchob kaskad GESlari qurilish ishlari olib borilmoqda. Uning quvvati 75,6 megavatt soatni tashkil etadi.

Uchqizil suv ombori boyidagi Termiz marvaridi sanatoriysi hududida 200 orinli dam olish va kongilochar maskan bunyod etilmoqda. Majmua maydoni 7,2 gektar. Bu yerda mehmonxona, suzish havzalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, 3D kinoteatr, oyin qurilmalari, musiqali favvoralar va boshqa obyektlar qurilishi moljallangan. Suv ombori qirgogida chomilish hududi, qayiqlar bekati tashkil etilmoqda. Maskan 2018 yil 1 iyunda foydalanishga topshiriladi.

Davlatimiz rahbarining topshirigiga muvofiq, Termizda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi filiallari tashkil etilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev mazkur filiallarni oquv binolari va oqituvchi kadrlar bilan taminlash masalalariga toxtalar ekan, talabalarni qabul qilishda adolat mezonlariga qatiy amal qilish kerakligini takidladi. Talabalarni darsdan tashqari amaliyotga kengroq jalb etish, ular bilimini bevosita qollay olish konikmasiga ega bolishi zarurligi qayd etildi.

Surxondaryo viloyatida kadrlarga bolgan ehtiyojni organib chiqdik. Viloyat yoshlarini shu yerning ozida oqitish lozim. Talim sifatini oshirish uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning Termiz filiali ortasida darslarni onlayn rejimda oqitishni yolga qoyish kerak. Talimning bunday noananaviy usulida ham oqituvchilar salohiyatidan unumli foydalaniladi, ham fandagi ilgor tajribani hududlarga yetkazishga erishiladi, dedi Prezidentimiz.

Mamlakatimizda kasalliklar profilaktikasini zamon talablari asosida amalga oshirish, ularni samarali davolashga alohida etibor qaratilmoqda, joylarda yangi-yangi shifoxonalar ochilmoqda. Sohadagi ozgarishlarni izchil amalga oshirish, zamonaviy kadrlarga bolgan talabni oz vaqtida hal qilish maqsadida filiallarni joriy yil 1 fevraldan ishga tushirish boyicha tegishli korsatmalar berildi.

Prezidentimizning Surxondaryoga tashrifi doirasida viloyat iqtisodiyotini yanada yuksaltirish, aholi turmush farovonligini oshirishga oid qator istiqbolli loyihalar belgilab berildi. Davlatimiz rahbari viloyat faollari bilan uchrashib, ularning oy-fikrlari bilan qiziqdi, hayotiy takliflarini eshitdi, mavjud muammolarni qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Ziyodulla JONIBEKOV,

Umar ASROROV,

Matnazar ELMURODOV,

OzA maxsus muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: