O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 1 2 3 4
18.01.2018

INVESTITSIYA DASTURLARINI SHAKLLANTIRISH VA MOLIYALASHTIRISHNING YANGI TARTIBI MUHOKAMA QILINDI

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018 yil 17 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirish boyicha joriy etilgan yangi tartib asosida ishlarni tashkil etish masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishi bolib otdi.

Yigilishda Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning orinbosarlari, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi raisi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, yirik infratuzilma obyektlari va korxonalar barpo etish jarayoniga chet el investitsiyalari izchil jalb qilinmoqda.

Davlatimiz rahbari yuqori iqtisodiy osishga erishish va kuchli ijtimoiy himoyani ta’minlashda investitsiyalarning muhimligini qayd etar ekan, shu paytgacha bu boradagi ishlar pala-partish bajarib kelinganini tanqid ostiga oldi.

Ilgari ushbu soha rahbarlari yuqori raqamlar ortidan quvib, investitsiyalarni jalb etish va ozlashtirish boyicha korsatkichlarni oshirib korsatishni kasb qilib olgan edi. Buning oqibatida hokimliklar va tarmoq rahbarlari ushbu «yuk»ni bajarish uchun moliyalashtirish manbasi kafolatlanmagan va tashabbuskori aniq bolmagan, hududlar va tarmoqlar rivojlanishiga mos kelmaydigan samarasiz loyihalarni Investitsiya dasturlariga kiritishga majbur bolar edi.

Masalan, 2012-2017 yillar davomida Ozbekenergo aksiyadorlik jamiyati tomonidan umumiy qiymati 3,3 milliard AQSh dollari bolgan 14 ta loyiha investitsiya dasturlariga kiritilgan. Keyinchalik ularning barchasi maqsadga muvofiq emas deb topilgan va hukumat qarorlari bilan toxtatilgan. Eng achinarlisi, mazkur loyihalar hujjatlarini tayyorlashga 185 million AQSh dollari sarflangan.

Investitsiya dasturlarini shakllantirish va loyihalarni ekspertizadan otkazish borasida ham qator muammolar bor. Bu jarayon 15 yil avval qabul qilingan qarorlarda belgilangan mezon va tartiblar asosida amalga oshirib kelingan. Jumladan, loyihaning texnik iqtisodiy asoslari, biznes rejasi va tender hujjatlari ishlab chiqilgandan song vakolatli organlar bilan takror va takror kelishilishi oqibatida uning ekspertizasi belgilangan 15 kun orniga 6 oygacha chozilish holatlariga kop marotaba yol qoyilgan. Bu investitsiya loyihasining qimmatlashishi va rentabelligi pasayishiga olib kelgan.

Malumki, investitsiya dasturlariga iqtisodiy asoslangan, loyiha-smeta hujjatlari tayyor bolgan loyihalar kiritilishi zarur. Lekin ilgari bunday hujjatlar loyiha investitsiya dasturiga kiritilgandan song tayyorlab kelingan. Oqibatda loyihaning dastlabki narxi va tasdiqlangan qiymati ortasida bazi hollarda hatto 80 foizgacha tafovut yuzaga kelgan. Bu byudjet mablaglari sarfi asossiz ravishda oshib ketishiga sabab bolgan.

Loyihalar puxta hisob-kitob qilinmagani, ularni amalga oshirishga investorlarning oz mablaglari jalb etilmagani oqibatida koplab korxonalar bankrot bolgan. Ularni soglomlashtirish vazifasi zimmasiga yuklangan tijorat banklari ham katta zararlar korgan. Shu bois joriy yildan boshlab bankrot korxonalarni banklar balansiga berish amaliyotiga chek qoyildi.

Yuzaki otkazilgan iqtisodiy tahlil oqibatida loyihalar foydalanishga qabul qilinganidan keyin ham ozini oqlamagan – xomashyo yoqligi, energiya va gaz bilan taminlanmagani, iqtisodiy jihatdan samarasiz bolgani sababli mahsulot ishlab chiqarish ozlashtirilmay qolgan.

Yana bir kamchilik: oz vaqtida bajarilmagani yoki ijrosi chala bolgani uchun ayrim loyihalar yildan yilga, dasturdan dasturga otib kelgan. Masalan, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazini laboratoriya bilan jihozlash loyihasi dastlab 2015 yilda, keyinchalik 2016 va 2017 yillarda investitsiya dasturlariga takroran kiritilgan.

Prezidentimizning 2017 yil 18 dekabrdagi Ozbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish togrisidagi qarori yuqoridagi kabi tahlillar natijasida qabul qilindi. Qarorga muvofiq, mamlakatimizda tarmoq va hududiy loyihalarni amalga oshirish boyicha mutlaqo yangi tizim yolga qoyilmoqda.

Davlatimiz rahbari bu boradagi ishlarni uch bosqichda amalga oshirish zarurligini takidladi.

Birinchi bosqichda Rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash kerak. Ushbu Konsepsiya tarmoq, hududiy va maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yonalishlarini amalga oshirish boyicha strategik vazifalarni oz ichiga olgan hujjat boladi.

Ikkinchi bosqichda Rivojlanish konsepsiyasi asosida maqsadi va moliyalashtirish manbalari aniq bolgan 3 yillik, yani 2019-2021 yillarga moljallangan loyihalar portfeli shakllantiriladi. Ushbu loyihalar Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari bilan kelishilib, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida ekspertizadan otkaziladi. Har bir loyihani amalga oshirish boyicha batafsil kalendar rejasi ishlab chiqiladi.

Uchinchi bosqichda tasdiqlangan 3 yillik loyihalar portfeli asosida Rivojlanish davlat dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash talab etiladi.

Bundan buyon Rivojlanish davlat dasturlariga faqat dastlabki texnik-iqtisodiy asoslari va loyiha-smeta hujjatlari mavjud bolgan loyihalar kiritiladi, deya alohida takidladi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimizning joriy yil 8 yanvardagi Ozbekiston Respublikasining davlat xaridlarini amalga oshirish, davlat dasturi doirasidagi hujjatlarni shakllantirish va amalga oshirish boyicha kompleks ekspertizaning samarali tizimini tashkil qilish togrisidagi qarori sohaga oid yana bir muhim hujjat boldi. Unga muvofiq, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzurida Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi tashkil etildi. Endilikda loyiha, tender hujjatlari va import shartnomalari ushbu markazda ekspertizadan otkaziladi.

Yangi tartib boyicha ishlar davom etayotgani bois 2018 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish loyihalari, istisno tariqasida, Prezident tomonidan tasdiqlanadigan Investitsiya loyihalari royxati asosida amalga oshiriladi.

Davlatimiz rahbari tajriba tariqasida Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida loyihalarni energiyatejamkor, zamonaviy qurilish va yengil konstruksiyali materiallardan foydalangan holda amalga oshirish orqali ularning qiymatini 20-30 foizga arzonlashtirish amaliyotini joriy etishni taklif qildi.

Iqtisod qilingan mablaglar tolaligicha mazkur loyiha joylashadigan shahar yoki tuman ixtiyorida qoladi hamda ushbu hududning ijtimoiy va kommunal soha masalalarini hal etishga yonaltiriladi, dedi Prezidentimiz.

Yigilishda investitsiya loyihalarini iqtisodiy, moliyaviy va texnologik asoslangan holda ishlab chiqishda loyiha institutlarining orniga alohida etibor qaratildi.

Amaldagi loyiha ishlarini bajarish qoidalari otgan asrning 60-70-yillarida ishlab chiqilgan bolib, zamonaviy talablarga mutlaqo javob bermaydi. Shu paytgacha xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda birorta ham yangi loyiha instituti yaratilmagan. Hududlarda bugungi talablarga javob beradigan loyihalashtirish tashkilotlari yoq.

Hozirda loyihalashtirish institutlarining asosiy maqsadi loyiha qiymatini baland qilib korsatib, undan tegishli yuqori foizli foyda olish bolib qolgan. Bugun bularning barchasiga barham beradigan vaqt keldi, dedi Shavkat Mirziyoyev. OzInjiniring loyihalashtirish tashkiloti iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini loyihalashtirgani kabi, qolgan xojalik birlashmalarida ham huddi shunday mutasaddi yuqori malakali mutaxassislarga ega bolgan ixtisoslashgan loyiha institutlari bolishi kerak.

Malumki, loyihani amalga oshirish guruhlariga tolanadigan oylik xarajatlari loyihaning umumiy qiymatidan olinadi. Yani ushbu guruhlar muayyan loyihani qanchalik kech ishga tushirsa, shuncha kop manfaat koradi. Bu esa, oz navbatida, loyiha narxining suniy ravishda oshishiga olib keladi.

Yigilishda loyihalashtirish ishlarini takomillashtirish, yangi loyiha institutlarini tashkil etish, qurilish-loyiha hujjatlarini tayyorlash va ekspertiza qilishning mutlaqo yangicha mexanizmini ishlab chiqish boyicha topshiriqlar berildi.

Ilgari qarz, kredit va grant mablaglarini jalb qilish va ulardan foydalanish borasidagi ishlar Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boyicha idoralararo kengash tomonidan tashkil etilardi. Bu vakolatli davlat organlarining masuliyati va tashabbuskorligini pasaytirib, ortiqcha byurokratik tartib-taomillar va xarajatlarga olib kelardi.

Prezidentimizning 2017 yil 20 dekabrdagi Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorida davlat boshqaruvi organlarining yetakchi xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlik qilish boyicha vakolatlari aniq belgilab qoyildi. Barcha darajadagi hokimliklar ushbu davlat organlari bilan birgalikda ish olib boradi.

Bundan keyin Investitsiya dasturi kabi Rivojlanish davlat dasturiga ham puxta ishlanmagan, moliyaviy manbasi va egasi aniq bolmagan, faqatgina bitimlarda qolib ketadigan loyihalarni kiritish amaliyoti takrorlansa, tegishli rahbarlar qonun oldida javob beradi.

Yigilishda byudjet va investitsiya mablaglaridan oqilona foydalanish, moliyalashtirish bazasini kengaytirish, soliq imtiyozlari tizimini takomillashtirish va boshqa masalalar muhokama qilindi. Mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: