O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
26.12.2017

SAYLOV OCHIQLIK, SHAFFOFLIK VA MUQOBILLIK TAMOYILLARI ASOSIDA OTDI

Joriy yil 24 dekabr kuni Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov bo‘lib otdi.

2017 yil 29 avgustda qabul qilingan «Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov togrisida»gi qonun poytaxtimiz tumanlarida xalq deputatlari Kengashlarini tuzish uchun tashkiliy-huquqiy imkoniyatlar yaratdi. Saylov amaldagi saylov togrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ochiqlik, shaffoflik va muqobillik tamoyillari asosida otdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulugbek tumanidagi 162-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari taklifi bilan Toshkent shahrida xalq deputatlari tuman Kengashlari ta’sis etildi. Shu vaqtgacha poytaxt tumanlarining fuqarolari bunday imkoniyatga ega emas edi. Bu borada adolat tiklanib, Konstitutsiyamizga tegishli ozgartirishlar kiritildi. Endilikda Toshkent shahri aholisi ham ozlari saylagan vakillari orqali tumanlarni boshqarishda ishtirok etadi.

Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov kuniga poytaxtimizda katta tayyorgarlik korildi. Mamlakatimiz saylov qonunchiligiga kora, ovoz berish jarayonida qatnashayotgan barcha siyosiy partiyalar va ozini ozi boshqarish organlari Toshkent shahrining 11 tumanida tashkil etilgan 330 saylov okrugiga bittadan nomzod korsatdi.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 avgustdagi qaroriga muvofiq Toshkent shahrida bolib otayotgan xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov jarayonida Saylovchilarning yagona elektron royxati axborot tizimi huquqiy eksperiment sifatida amaliyotga tatbiq etildi.

Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlari sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha Yagona matbuot markazida saylovning dastlabki natijalari elon qilindi.

Toshkent shahar saylov komissiyasi raisi H.Karimov malum qilishicha, Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlari deputatligiga 1 ming 650 nafar nomzod korsatildi. Siyosiy jarayonda poytaxtimizda istiqomat qiluvchi 1 million 267 mingdan ortiq saylovchi qatnashdi. Bu saylovchilar sonining 81,2 foizini tashkil etdi.

Dastlabki natijalarga kora, 279 saylov okrugida deputatlar saylandi. 51 saylov okrugida esa takroriy ovoz berish otkaziladi. Takroriy ovoz berish amaldagi qonunchilikka muvofiq 2 hafta ichida otkaziladi.

Saylov qonunchiligining buzilishiga oid ayrim holatlar togrisidagi malumotlar saylov komissiyalariga kelib tushmoqda. Ayni paytda ushbu holatlar saylov komissiyalari tomonidan organib chiqilmoqda. Natijalar boyicha tegishli choralar korilishi malum qilindi.

Saylov natijalariga kora, Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 114, Ozbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan 45, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasidan 41, Ozbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasidan 33, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlaridan 46 deputat saylandi. Ularning 65 nafari xotin-qizlar, 17 nafari esa 30 yoshgacha bolgan yigit-qizlardir. Deputatlar orasida 78 iqtisodchi, 55 pedagog, 45 muhandis, 38 shifokor, 22 huquqshunos va 41 nafar boshqa kasb egalari bor.

Ulugbek ASROROV,

OzA muxbiri


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: