O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
26.12.2017

EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH ENG MUHIM VA DOLZARB VAZIFA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017 yil 25 dekabr kuni mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishi bolib otdi.

Unda Prezidentning Davlat maslahatchilari, Bosh vazir va uning orinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar, xojalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, videokonferensiya aloqasi orqali Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar rahbariyati, mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari, eksportchi korxonalar va fermer xojaliklari rahbarlari qatnashdi.

Yigilishda 2017 yil yakuni boyicha prognoz korsatkichlari toliq bajarilishini ta’minlash, milliy mahsulotlar eksporti geografiyasini kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport sohasidagi faoliyatini qollab-quvvatlash hamda qishloq xojaligi va sanoat mahsulotlarini tashqi bozorlarga yonaltirish boyicha korilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari iqtisodiyotning barqaror va yuqori osish suratlarini saqlab qolishning eng muhim omillaridan biri bu mamlakat eksport salohiyatini yuksaltirish va milliy mahsulotlarning tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish ekanini takidladi.

Mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalda samara bermaydigan rejalar haqida balandparvoz gaplar bilan soz yuritishdek nomaqul ish uslubi tanqid qilindi.

Muayyan natijaga erishishni maqsad qilgan holda ish yuritishni tashkil qilish boyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilda iqtisodiy osish 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga kopaydi. 2018 yilda eksportning umumiy moliyaviy qiymati 12,1 milliard AQSh dollariga teng bolishi kutilmoqda.

Yigilishda keyingi bir yilda tadbirkorlarning eksport sohasidagi faoliyatini qollab-quvvatlash maqsadida mahsulotlarni oldindan tolov asosida eksport qilish, valyuta tushumlarini majburiy sotish, hozirgi kun talabiga javob bermaydigan, ortiqcha ruxsatnomalarni bekor qilish hamda eksport faoliyatida soliq imtiyozlarini qollashni kengaytirishga doir qator farmon va qarorlar qabul qilingani takidlandi.

Shu bilan birga, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining parlamentga Murojaatnomasida belgilanganidek, 2018 yilda eksport sohasida amalga oshirilishi lozim bolgan ustuvor vazifalarga yana bir bor toxtalib otildi. Yani Markaziy Osiyo mamlakatlari va yirik sheriklarimiz — Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, AQSh, Turkiya va boshqa mamlakatlarga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarni bajarish boyicha qabul qilingan «yol xaritalari» oz vaqtida va sifatli bajarilishini taminlash zarur. Tadbirkorlik subyektlarini bojxona korigidan otkazishda xavf-xatardan ogoh etish tizimini joriy qilish, bojxona organlari tomonidan beriladigan ortiqcha va zamon talabiga javob bermaydigan litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qilish lozim. Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini yiliga 10 milliard dollarga yetkazish boyicha strategiya ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Yigilishda Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar, xojalik birlashmalari hamda hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi va muhokama qilindi. Ayrim tarmoqlar va hududlar rahbarlarida masuliyat, talabchanlik va tashabbuskorlik yetishmayotgani, eksport dasturini bajarishda sustkashlikka yol qoyilayotgani tanqid qilindi.

Davlatimiz rahbari tegishli mutasaddilarga mamlakat eksport salohiyatini oshirish, eksport geografiyasi va nomenklaturasini kengaytirish, eksportchi korxonalarni har tomonlama qollab-quvvatlash, yangi tadbirkorlik subyektlarini eksport faoliyatiga jalb qilish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

OzA



DB query error.
Please try later.