O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
07.12.2017

AFGONISTON PREZIDENTINING BUXOROGA TASHRIFI

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gani mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida 6 dekabr kuni Buxoroda boldi.

Oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov, Buxoro viloyati hokimi O.Barnoyev kutib oldi.

Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gani Buxoro davlat universiteti professor-oqituvchilari va talabalari bilan uchrashdi.

Mazkur universitet Ozbekistondagi yirik bilim maskanlaridan biridir. Oliy oquv yurtining 8 fakultetida 7 mingdan ziyod talaba va magistr ta’lim olmoqda. Mamlakatimiz talim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida ushbu oliy oquv yurti moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, tegishli sharoitlar yaratildi, zamonaviy mutaxassis kadrlar tayyorlash sifati oshdi.

Afgoniston Prezidenti universitet professor-oqituvchilari va talabalari huzurida maruza qildi.

Muhammad Ashraf Ganiga Buxoro davlat universiteti faxriy doktori unvoni berilgani togrisida diplom topshirildi.

Dunyo ilm-fani va islom olamida katta orin tutgan Buxoroi sharifni ziyorat qilish orzuim edi. Bu imkoniyatni yaratib bergani uchun muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildiraman. Ozbekiston zaminidan Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi buyuk allomalar yetishib chiqqan. Bu yerda talim olayotgan yoshlar mana shunday bobolariga munosib bolib voyaga yetishmoqda, dedi Prezident Muhammad Ashraf Gani.

Afgoniston rahbari universitetning Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qoldirdi.

Kunning ikkinchi yarmida Prezident Muhammad Ashraf Gani boshchiligidagi delegatsiya azolari Buxoro shahrining tarixiy markaziga tashrif buyurdi. Malumki, ushbu hudud 1993 yilda YuNESKO tashkiloti tomonidan Jahon madaniy merosi obyekti sifatida royxatga olingan.

Mehmonlar Ark qalasi, Poyi Kalon majmuasi tarkibiga kiruvchi Minorai Kalon, Masjidi Kalon va Mir Arab madrasasi hamda shaharning boshqa diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi. 10 ming kishiga moljallangan Masjidi Kalon tarixi, binoning memoriy ulugvorligi, ibodatchilar uchun yaratilgan qulayliklar ham ularda katta taassurot qoldirdi.

Afgonistonlik mehmonlar pillani chuqur qayta ishlaydigan «Buxoro Brilliant Silk» Ozbekiston — Xitoy qoshma korxonasida ipakdan tayyorlangan kamalakrang matolar bilan tanishdi.

Afgoniston delegatsiyasi azolari Kogon tumani hududida joylashgan buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasida ham bolib, Naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi qabrini ziyorat qildi. Quron tilovat qilindi.

Shuning bilan Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Ganining Ozbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi nihoyasiga yetdi.

Z.JONIBEKOV,

E.YODGOROV,

OzA maxsus muxbirlari.



DB query error.
Please try later.