O'zb  
 
07.12.2017

TRANSPORT-TRANZIT SALOHIYATIDAN SAMARALI FOYDALANISH ULKAN DAROMAD MANBAI

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 6 dekabr kuni «Navoiy» xalqaro intermodal logistika markazi faoliyatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yigilish bolib otdi.

Mamlakatimizda transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va tranzit yuk tashuvlarini kopaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro integratsiya jarayonlarini faollashtirish, xususan, mintaqada savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishda mamlakatning transport-tranzit salohiyati muhim orin tutadi.

Shu maqsadda 2008 yili Navoiy shahri aeroporti bazasida xalqaro intermodal logistika markazi tashkil qilinib, Ozbekiston transport-tranzit salohiyatini yanada yuksaltirish hamda Navoiy erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarga yetkazish yolga qoyilgan edi.

Ushbu logistika markaziga avvalboshdan barcha turdagi soliq imtiyozlari va bojxona preferensiyalari berildi. Yoldosh infratuzilma barpo etildi, boshqaruv Korean Air kompaniyasiga topshirildi.

Biroq markaz faoliyati tahlil qilinganda, shuncha qulaylik va imkoniyatlarga qaramay, terminal quvvatidan amalda toliq foydalanilmayotgani aniqlandi. Yiliga 100 ming tonna yuk otkazish quvvatining 20 foizidan ham kamrogi ishga solinmoqda, xolos. Otgan sakkiz yil davomida ushbu aeroport orqali 300 ming tonna yuk tashilgani buni yaqqol tasdiqlaydi.

2017 yil yakuniga kora, terminalda umumiy yuk aylanmasi 2016 yildagiga nisbatan 11 foiz yoki 33 ming tonnagacha kamayishi prognoz qilinmoqda.

Bunday holat yuzaga kelishiga bu sohaga bevosita masul bolgan ayrim mansabdor shaxslarning beparvoligi, masuliyatsizligi, ushbu markazni chuqur oylangan strategiya asosida rivojlantirmagani sabab boldi, dedi davlatimiz rahbari. Kop yillar mobaynida Navoiy aeroporti va logistika markazining noyobligi, jozibadorligi, boshqalardan ajralib turishi togrisida balandparvoz gaplardan nariga otilmadi.

Statistik malumotlarga kora, markazda kuniga ortacha ikkita parvoz amalga oshirilmoqda. Bu esa ushbu logistika markazi va aeroport salohiyatidan foydalanish darajasi maqtovdan ancha yiroq ekanini korsatadi.

Ishni tashkil qilishga munosabatning qanchalar ayanchli holda bolganini shundan ham bilsa boladiki, hozirgi kungacha Navoiy logistika markazi obyektlarini foydalanishga topshirish boyicha davlat qabuli amalga oshirilmagan, deb qayd etdi Prezidentimiz. Markazdagi yoqilgi-moylash materiallarini saqlash sigimlari ham oxirigacha qurib bitkazilmagan.

Vaholanki, xalqaro transport-tranzit sohasi, ayniqsa, havo transportida yuk tashish eng serdaromad sohalardan biridir. Misol uchun, Dubay xalqaro aeroporti yiliga 3 million tonnagacha yuk otkazib, 26 milliard dollarga yaqin daromad topadi. Qozogiston Respublikasi Ostona shahrida bir yilda 1,5 million tonna yuk otkazish quvvatiga ega bolgan logistika markazini tashkil qilishni rejalashtirayotgani ham shundan. Navoiy logistika markazini bunday xablar bilan solishtirib bolmaydi. Bu holatda raqobat qilish juda qiyin.

Xorijiy yuk tashuvchilarni kop miqdorda va davomli jalb qilish ishni qanchalik unumli tashkil etishga bevosita bogliq. Navoiy logistika markazi faoliyatida, aksincha, qator tizimli muammolar mavjud. Xususan, havo transportida yuk tashishni rivojlantirishga tosqinlik qilayotgan asosiy omillardan biri tariflarning yuqoriligidir.

Davlatimiz rahbari aviatashuvlarning tarif siyosatini qayta korib chiqish zarurligini takidladi.

Mazkur logistika markazi jozibadorligini oshirishda Navoiy erkin iqtisodiy zonasi katta ahamiyatga ega bolishi kerak edi. Biroq, bu ham kutilgan natijani bermadi. Unda na yuqori qoshimcha qiymatli eksportbop tovarlar, na ichki bozor uchun xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish yolga qoyilgan.

Xorijiy yuk tashuvchi subyektlar Navoiy logistika markazi imkoniyatlaridan foydalanishga qiziqish bildirmayapti. Buning asosiy sababi aviakerosin yetkazib berishda uzilishlar mavjudligidir. Bu turdagi yoqilgiga bugungi kunda haftalik ehtiyoj 950 tonna ekaniga qaramay, neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan atigi 600 tonna ajratilmoqda.

Transport kompaniyalari tomonidan muvofiqlashtirish ishlari taminlanmagani sababli multimodal tashish ham rivojlanmay qolgan. Bojxona tartib-taomillari uzoq davom etishi va transport vositalari chegarada bekor turib qolishi oqibatida yuklarni yetkazib berish muddati chozilib ketmoqda.

Mahalliy importchilarda ham oz yuklarini Navoiy xabi orqali qabul qilib olishga qiziqish yoq. Chunki infratuzilma talab darajasida rivojlantirilmagan. Import yuklarning aksariyati Toshkent aeroporti orqali kirib kelmoqda.

Shulardan kelib chiqqan holda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev neft-gaz tarmogi mutasaddilariga milliy aviakompaniya va boshqa xorijiy yuk tashuvchilarning aviakerosinga ehtiyojini oz vaqtida va 100 foiz taminlash, haftalik yoqilgi yetkazib berishni oshirish, bunda jahon bozoridagi narx-navoni inobatga olib ish tutish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Ozbekiston havo yollari milliy aviakompaniyasiga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda amaldagi tariflarni qayta korib chiqib, optimal tarzda pasaytirish, logistika markazlari tajribasini organish boyicha ishchi guruh tuzish vazifasi yuklandi. Milliy aviakompaniya Navoiy shahri aeroportiga dunyoning yetakchi yuk tashuvchi kompaniyalarini jalb qilish ishlarini yanada faollashtiradi, pochta yuklarini tashuvchi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik ornatib, Navoiy xabida mintaqaviy pochta-aloqa vositalari tuzilmasini tashkil etish kabi choralarni oz ichiga olgan yol xaritasini ishlab chiqadi.

Shuningdek, bojxona organlari va samolyotda yuk tashuvchi tashkilotlar ortasida elektron malumot almashuvi tizimini yolga qoyish, Navoiy logistika markazi faoliyatini tubdan takomillashtirish va boshqa masalalar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

OzA



DB query error.
Please try later.