O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
05.12.2017

BIR KISHI BITTA OVOZGA EGA

tamoyiliga amal qilinadi

Joriy yilning 24 dekabr kuni Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga bo‘lib otadigan saylovga tayyorgarlik tobora qizgin tus olyapti. Uchastka saylov komissiyalari joylashgan bino va ovoz berish xonalari zaruriy jihozlar bilan toliq ta’minlandi. Xususan, axborot stendlari, ish yuritish jildlari, ona va bola xonalari hozirlangan, ovoz beruvchilar uchun qulayliklar yaratilgan.

1 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining «Saylovchilarning hamda Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov otkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari azolarining huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishning dolzarb vazifalari, saylov komissiyalari ishini samarali tashkil etishga yonaltirilgan tadbirlar togrisida»gi qarori qabul qilingan edi. Unga kora, joylarda targibot tadbirlari, davra suhbatlari, seminar-treninglar tizimli ravishda otkazilishi rejalashtirilgan.

Poytaxtimizdagi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filialida qaror asosidagi birinchi seminar otkazildi. Unda universitet rahbariyati, saylov okruglari hamda uchastkalari raislari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Toshkent shahar adliya boshqarmasi masullari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulugbek Abdusalomov ochdi va Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlari sayloviga tayyorgarlik korish hamda uni otkazish bilan bogliq dolzarb vazifalarga toxtalib otdi. Qayd etilganidek, saylov kampaniyasining barcha tadbirlari belgilangan tartib-qoidalarga qatiy amal qilgan holda otkazilmoqda. Saylov komissiyalari oz faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, adolatlilik kabi demokratik tamoyillar asosida amalga oshirmoqda.

— Bu yil otkaziladigan saylovning oziga xos xususiyatlari nimalardan iborat, degan savol tugilishi tabiiy. Avvalo, bu saylov poytaxtimiz tumanlarida yangi boshqaruv tizimini joriy qiladi, dedi Mirzo-Ulugbek Abdusalomov. Saylovni otkazish har bir davlat uchun eng muhim siyosiy voqelik sanaladi. Chunki bu jarayonda fuqarolar davlat boshqaruvida ishtirok etish huquqidan foydalanadi. Shuning uchun zamon talablariga mos ravishda sharoitlar yaratish zarur.

Bu yilgi saylovning yana bir oziga xosligi shundaki, ovoz berish jarayonlarida ilgor elektron vositalardan foydalanish rejalashtirilmoqda. Markaziy saylov komissiyasining tashabbusi bilan Janubiy Koreya Respublikasi mutaxassislarini jalb qilgan holda, Xalqaro saylov tashkilotlari assotsiatsiyasining Koreya milliy qomitasi bilan birgalikda elektron vositalari yordamida ovoz berish tashkil etiladi. Mazkur tizim uch bosqichdan iborat bolib, dastlabkisi saylov kunigacha boladigan tayyorgarlik ishlari, yani saylov uchastkalarini tashkil qilish hamda saylovchilar royxati bilan ishlash tizimi toliq elektron shaklga otkazilyapti. Bu ishlar 2018 yilning aprel oyida toliq yakunlanishi kozda tutilgan bolib, Toshkent shahrida bolib otadigan saylovda sinov tariqasida qollab kormoqchimiz.

Elektron vositalarining afzalligi shundaki, unda bir kishi bitta ovozga ega tamoyiliga tola amal qilinadi. Oilaviy ovoz berishlarga chek qoyiladi. (Yurtimizda otkaziladigan saylov jarayonlarini kuzatuvchi ayrim xalqaro ekspertlar shu masalada etiroz bildirib kelishadi.) Bu tizim saylovlarning ochiq-oshkoraligi, shaffofligini taminlaydi. Sababi, komputer xotirasiga ovoz beruvchining tashqi korinishi, belgilari, hatto barmoq izlari ham kiritiladi. Ana shunda saylovda ishtirok etganlarning real hisobini yuritish imkoni ortadi.

Seminarda, shuningdek, saylov otkazuvchi barcha turdagi saylov komissiyalarining faoliyatini tashkil etish, saylov jarayonida qonuniylikni taminlash, ochiqlik va oshkoralikka erishishda ommaviy axborot vositalarining roli haqida mutaxassislarning maruzalari tinglandi.

Tadbirning ikkinchi qismi ochiq munozara va savol-javoblar tarzida otdi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.