O'zb  
 
05.12.2017

PREZIDENT SOVGASI XIZMAT AVTOMASHINALARI TOPSHIRILDI

Termizda Fuqarolarning o‘zini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha Surxondaryo viloyati shahar va tumanlar kengashlariga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sovgasi — xizmat avtomashinalarini topshirishga bagishlangan marosim bolib otdi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahallalar faollari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari nufuzini yuksaltirish, tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan hamkorligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joylarda tinchlik-osoyishtalik va aholining farovon turmushini ta’minlashga xizmat qilayotgani alohida takidlandi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 3 fevraldagi «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bolmoqda.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yillik bayrami arafasida Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha Surxondaryo viloyati shahar va tumanlar kengashlariga Prezidentimiz nomidan xizmat avtomashinalari sovga qilingani sohaga qaratilayotgan yuksak etibor ifodasi boldi, deydi Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha Surxondaryo viloyati kengashi raisining birinchi orinbosari Abdulhakim Eshmurodov. Viloyatda 717 mahalla fuqarolar yigini mavjud. Ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va xalq bilan yaqinlashtirishda shahar, tuman kengashlarining alohida orni bor.

Tadbirda Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha Termiz shahar va 13 tuman kengashiga Prezident sovgasi xizmat avtomashinalarining kaliti topshirildi.

Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari R.Komilov, O.Murodov, Q.Quronboyev, Bosh vazir orinbosari, Respublika Xotin-qizlar qomitasi raisi T.Norboyeva va Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etdi.

X.MAMATRAYIMOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: