O'zb  
 
05.12.2017

AFGONISTON PREZIDENTI OZBEKISTONGA KELDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gani 4 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Qisqa suhbatdan song Afgoniston delegatsiyasi ozi uchun ajratilgan qarorgohga yol oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 5 dekabr kuni bolib otadi.

Oliy darajadagi uchrashuvlarda Ozbekiston va Afgoniston munosabatlarining bugungi holati va uzoq istiqbolga moljallangan hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yonalishlarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoshma bayonoti qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan, ta’lim va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, shuningdek, tijorat shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Afgoniston Prezidenti Ozbekistonga tashrifi doirasida Buxoro shahrini ham ziyorat qiladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: