O'zb  
 
28.11.2017

OZBEKISTON VA QOZOGISTON PREZIDENTLARINING TELEFON ORQALI MULOQOTI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 27 noyabr kuni Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbatda tomonlar Ozbekiston — Qozogiston munosabatlarining muhim masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi ozaro hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Davlat rahbarlari diplomatik munosabatlar ornatilganiga 25 yil tolgan joriy yil aniq amaliy mazmunga boy bolgani hamda ikki tomonlama munosabatlarni sezilarli darajada mustahkamlash, yangi, sifat jihatidan yanada yuqori bosqichga kotarish imkonini berganini alohida ta’kidladilar.

Ozbekiston va Qozogistonning ozaro manfaatli va samarali hamkorligi jadal kengayib bormoqda, barcha darajada, jumladan, chegaraoldi hududlar va ishbilarmon doiralar ortasidagi muloqot faollashmoqda. Joriy yil boshidan buyon ozaro tovar ayirboshlash hajmi sezilarli ortdi, qoshma savdo uylari va zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi.

Davlat rahbarlari hamkorlik boyicha rejalashtirilgan, avvalo, iqtisodiyot sohasidagi dastur va loyihalarni oz vaqtida amalga oshirish maqsadida birgalikda yanada faol harakat qilish muhimligini takidladilar.

Tomonlar tashqi siyosat va yetakchi xalqaro tashkilotlar doirasida ham samarali hamkorlik amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Suhbat amaliy fikr almashish, davlatlarimiz ortasidagi dostlik va yaxshi qoshnichilik munosabatlari ruhida otdi.

OzA



DB query error.
Please try later.