O'zb  
 
30.11.2017

KOBUL TOSHKENT YONALISHIDA ILK PARVOZ

2017 yil 29 noyabr kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridan Toshkentga ilk bor togridan-togri aviaqatnov amalga oshirildi.

Ushbu voqea Ozbekiston — Afgoniston hamkorlik munosabatlarini kengaytirish yolidagi sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi boldi. Mamlakatlarimiz ortasidagi dostlik va yaxshi qoshnichilik tamoyillariga asoslangan rishtalar turli yonalishlarda rivoj topmoqda. Xususan, Ozbekiston Afgonistonda qurilish, energetika, tog-kon sanoati va talim sohalaridagi loyihalarni hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etmoqda.

Otgan yillar davomida «Ozbekiston temir yollari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Hayraton Mozori Sharif temir yol liniyasi qurib, foydalanishga topshirilgan edi. Kobul Toshkent yonalishida aviaqatnovning yolga qoyilishi mamlakatlarimiz logistika salohiyatini oshirish, fuqaro aviatsiyasi boyicha hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ilgari yolovchilar Afgoniston poytaxtidan Toshkentga Istanbul yoki Dubay shaharlari orqali 17-32 soatda yetib kelgan bolsa, yangi yonalishda bu vaqt 1,5 soatni tashkil etmoqda, deydi Ozbekiston havo yollari Milliy aviakompaniyasi bolim boshligi Nodir Ayupov. Ushbu yonalishda uchish yolovchilar uchun har tomonlama qulay bolib, ham vaqt, ham sarmoya tejaladi.

Kobul Toshkent yonalishi boyicha ilk parvozni Afgonistonning Kam air aviakompaniyasi amalga oshirdi. Yangi qatnov ikki mamlakat aviakompaniyalari uchun hamkorlikning yangi ufqlarini ochdi. Kelishuvga kora, Ozbekiston havo yollari Milliy aviakompaniyasi Uchuvchilar maktabida afgonistonlik uchuvchilarning havo kemalarini boshqarish boyicha oquvi tashkil etiladi. Uzbekistan airways technics aviakorxonasida Kam air samolyotlariga texnik xizmat korsatish yolga qoyiladi.

Afgonistondan Toshkentga aviaqatnovlar haftasiga ikki kun, zamonaviy laynerlarda amalga oshiriladi. Aviareyslar vaqtini belgilashda Ozbekiston havo yollari Milliy aviakompaniyasi samolyotlarining Germaniya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarga qatnovlar jadvali inobatga olingan. Bu Afgonistondan parvozni amalga oshirgan yolovchilarning Ozbekiston orqali Yevropa shaharlariga uchishi uchun qulaylik yaratadi. Ozbekistonning tarixiy shaharlari Samarqand, Buxoro va Urganch yonalishidagi parvozlar oraligida mutanosiblik mavjudligi afgonistonlik yolovchilarning Ozbekiston boylab sayohat qilishlariga ham imkon beradi.

Fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorligimiz Ozbekiston havo yollari singari ishonchli va mintaqada ulkan salohiyatga ega kompaniya hisobiga kengayganidan benihoya mamnunmiz, deydi Kamgar Group kompaniyasi rahbari Zemaray Kamgar. Ushbu havo qatnovi xalqlarimiz ortasidagi ozaro dostlik va manfaatli sheriklik istiqbolidan dalolatdir. Shunday katta imkoniyatni yaratib bergani uchun Ozbekiston Respublikasi rahbariyatiga minnatdorlik bildiramiz.

Ulugbek SHONAZAROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: