O'zb  
 
10.06.2017

ShHTNING OSTONA SAMMITI

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-9 iyun kunlari Ostona shahrida otgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining sammitida ishtirok etdi.

Sammit 9 iyun kuni Ostona shahrining Mustaqillik saroyida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining tor doiradagi majlisi bilan boshlandi. Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev raisligida otgan majlisda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirgiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etdi.

Majlisda ShHT va uning tuzilmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, Tashkilotga azo davlatlar ortasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, terrorizm, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarog kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari ShHTning songgi sammitida kelishilgan masalalar — Tashkilotga azo davlatlar ortasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-madaniy, gumanitar hamda transport sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga doir keng kolamli masalalarni korib chiqdilar.

ShHTning 2025 yilgacha rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boyicha 2016-2020 yillarga moljallangan harakatlar rejasini tasdiqlash togrisidagi qaror, ShHTga azo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligini rivojlantirish dasturi va boshqa hujjatlar ijrosiga etibor qaratildi.

Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkent sammitida Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja va Nepalga ShHTning muloqot boyicha sheriklari maqomi berilgan edi.

Davlatlar rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gani, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Moguliston Respublikasi Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Navoz Sharif, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif ishtirok etdi. Majlisda ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qomitasi direktori Yevgeniy Sisoyev qatnashdi. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Mustaqil Davlatlar Hamdostligi Ijroiya qomitasi raisi Ijrochi kotibi Sergey Lebedev, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Bosh kotibi orinbosari Amanjol Janquliyev, ASEAN Bosh kotibi Le Liong Min ishtirok etdi.

Majlisda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq sozladi. Davlatimiz rahbari Afgonistondagi vaziyatni tezroq barqarorlashtirish butun mintaqamizda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. Ozbekiston Afgonistonda tinch va osoyishta hayotni tiklash boyicha afgon xalqi va xalqaro hamjamiyat say-harakatlarini qatiy qollab-quvvatlaydi.

Yoshlarni turli yot goyalardan asrash, ularning zamonaviy talim-tarbiya olishi, komil inson bolib voyaga yetishida davlatlararo hamkorlikning ahamiyati katta.

Samarqand shahrida Islom hamkorlik tashkiloti komagida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazining tashkil etilishi millatlararo, madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam boladi, dedi davlatimiz rahbari.

Ozbekiston ShHTga azo davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash tarafdoridir. Xitoyning «Bir makon, bir yol» tashabbusi doirasida keng kolamli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga biz alohida ahamiyat qaratamiz.

Xitoy-Qirgiziston-Ozbekiston temir yolining qurilishi mamlakatlarimizning jahon bozoriga qisqa yollar orqali chiqish imkoniyatlarini kengaytirishda alohida ahamiyatga ega. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ShHT davlatlari temir yol sohasi rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini tashkil qilish zarurligini takidladi.

ShHT markazlari xalq diplomatiyasining doimiy faoliyat yurituvchi institutlarini tasis etish imkoniyatlarini korib chiqishni taklif qildi.

Tashkilotning 2016 yilgi Toshkent sammitida Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasining ShHTga azo davlat maqomini olish yolidagi majburiyatlari togrisidagi memorandumlar imzolangan edi.

Ostona sammitida Hindiston va Pokiston tashkilot azoligiga qabul qilindi. Hindiston va Pokistonning ShHT azosi maqomiga ega bolishi Tashkilot imkoniyatlarini kengaytirib, xalqaro maydonda dolzarb muammolarni hal etish, mintaqa va dunyoda xavfsizlik, barqaror taraqqiyotni taminlashda kop tomonlama mexanizm sifatida Tashkilot rolini yanada oshirishga xizmat qiladi.

ShHTga azo davlatlar xalqaro terrorizm, separatizm va ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, narkotik va psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy aylanishiga, axborot xavfsizligiga tahdid solayotgan xavflarga qarshi faol, izchil kurashmoqda.

Sammit ishtirokchilari ShHT Ishbilarmonlar kengashi va Banklararo birlashmasi faoliyatiga oid axborotlarni tinglab, ularning faoliyatini ijobiy baholadi. Ushbu tuzilmalarga Tashkilot doirasida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni, xususan, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni taminlash, iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlarini jadal rivojlantirish, sanoat infratuzilmalarini modernizatsiya qilish, sarmoyaviy loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, ishbilarmon doiralar va moliyaviy tuzilmalar ortasida bevosita aloqalarni kengaytirish orqali ozaro hamkorlikni yanada faollashtirish tavsiya etildi.

Sammit yakuni boyicha Ostona deklaratsiyasi qabul qilindi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda sammit samarali otgani, imzolangan hujjatlar ShHT mamlakatlari ortasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi takidlandi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik Xitoy Xalq Respublikasiga otdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammiti doirasida qator davlatlar rahbarlari bilan uchrashdi.

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgiziston Prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashuvda bu galgi muloqot davlatlarimiz ortasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash va kengaytirishda muhim bosqich bolishi, Samarqanddagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni mazmunan boyitishini takidladi.

Almazbek Atamboyev ozbek va qirgiz xalqlarining azaliy qardoshlik munosabatlari, urf-odat va ananalari oxshashligi ozaro hamkorlikni izchil rivojlantirishda muhim omil bolayotganini qayd etdi.

Keyingi paytlarda ikki davlat ortasidagi aloqalar sezilarli darajada faollashdi. Davlat rahbarlarining telefon orqali muloqotlari, hukumatlar va hududlar darajasida delegatsiyalar almashinuvi amalga oshirilmoqda. Mamlakatlarimiz jamoatchiligi vakillarining Andijon va Osh shaharlariga ozaro tashrifi bolib otdi.

Prezidentlar siyosiy muloqotni yanada faollashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish masalalarini muhokama etib, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari Hindiston Bosh vazirini Hindistonning ShHT azoligiga qabul qilingani munosabati bilan tabrikladi.

Prezidentimiz mazkur uchrashuv Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining 2016 yil mamlakatimizga amalga oshirgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosini muhokama qilish va hamkorlikning istiqbollarini belgilab olish uchun yaxshi imkoniyat ekanini takidladi.

Narendra Modi Ozbekiston Hindistonni ShHTga azolikka qabul qilish togrisidagi taklifni qatiy qollab-quvvatlab kelgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Ushbu tarixiy voqea ozaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish, xavfsizlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida mintaqaviy munosabatlarni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishini qayd etdi. Mamlakatlarimiz ortasidagi aloqalar bundan keyin ham izchil rivojlanib borishiga ishonch bildirdi.

Ozaro savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari korib chiqilar ekan, 2016 yilda ikki mamlakat ortasidagi savdo aylanmasi 15 foiz osib, 366 million AQSh dollarini tashkil qilgani takidlandi. Biroq bu korsatkich ikki davlat salohiyati va imkoniyatlarini toliq aks ettirmaydi. Ozbekiston bilan Hindiston ozaro savdo hajmini oshirish va tarkibini diversifikatsiya qilish uchun ulkan salohiyatga ega.

Navoiy erkin iqtisodiy zonasida Minda kompaniyasi bilan avtomobillar butlovchi qismlarini ishlab chiqarish, Novafarm va Ultra Xels Kear kompaniyalari bilan Surxondaryo viloyatida dori-darmon va Toshkent viloyatida ineksiya preparatlari ishlab chiqaradigan zamonaviy korxonalar tashkil etilgani ikki davlat ortasidagi investitsiyaviy hamkorlikka yorqin misoldir.

Birgalikda dasturiy mahsulotlar yaratish va telekommunikatsiya uskunalari, meva-sabzavot, pilla va charmni chuqur qayta ishlash, eksport uchun tayyor mahsulotlar, avtomobil ehtiyot qismlari, elektrotexnika mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va osimliklarni himoya qilish vositalari ishlab chiqarish kabi sohalarda istiqbolli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish imkoniyatlari ham korib chiqildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ispaniya Qiroli Filipp VI bilan uchrashdi.

Ozbekiston rahbari mamlakatlarimiz ortasidagi ananaviy dostlik munosabatlari uzoq otmishga borib taqalishini takidladi.

Olti asr muqaddam Sohibqiron Amir Temur va Kastiliya qiroli Enrike III tashabbusi bilan Samarqandda va Kastiliya poytaxti Segoviyada elchixonalar ochilgan. Ozaro hamkorlikning bugungi yuksak darajasiga Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Ispaniya Qiroli Xuan Karlos I ortasida qaror topgan yaqin munosabatlar tufayli erishildi.

Shavkat Mirziyoyev va Filipp VI ozaro munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etib, xalqaro ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Tomonlar davlatlararo aloqalarni kengaytirishda oliy darajadagi muloqot muhim orin tutishini takidladilar. Tashqi siyosat mahkamalarining muntazam maslahatlashuvlari nafaqat dolzarb mintaqaviy va xalqaro siyosat masalalari boyicha fikr almashish, balki turli darajadagi kelgusi uchrashuvlar jadvali va kun tartibini ishlab chiqish hamda kelishish imkonini bermoqda.

Davlatlararo munosabatlarning muhim bugini bolgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy, transport sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalasi ham tomonlar diqqat markazida boldi.

Savdo sohasida ozaro koplab qulayliklar yaratilib, sezilarli darajada, yani joriy yilning dastlabki tort oyida tort barobar osishga erishilganiga qaramasdan, bu boradagi korsatkichlar imkoniyat darajasida emas. Ozaro savdo hajmini kopaytirish va tarkibini kengaytirish zarurligi qayd etildi. Ozbekiston bilan Ispaniya buning uchun barcha imkoniyat va salohiyatga ega ekani takidlandi.

Ozbekiston mamlakatimizda Ispaniya biznesining, xususan, neft-gaz, energetika, kimyo, farmatsevtika, toqimachilik, pardozlash materiallari va sopol mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida yuqori texnologiyali korxonalar tashkil etish boyicha qoshma loyihalarni amalga oshirish orqali kengayishidan manfaatdor.

Ispaniya turizm sohasida ulkan natijalarga erishgan va bu borada jahon miqyosida ilgor tajribaga ega. Shu munosabat bilan tomonlar ushbu sohada uzoq muddatli tizimli hamkorlik ornatish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Iqtisodiy hamkorlik boyicha hukumatlararo qoshma komissiya tashkil etish va uning dastlabki majlisini shu yil Toshkentda otkazish togrisidagi masala ham korib chiqildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev EKSPO 2017 xalqaro ixtisoslashtirilgan korgazmaning rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi.

Shu bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Qozogistonga tashrifi nihoyasiga yetdi.

Abu Bakir OROZOV,

OzA maxsus muxbiri

Ostona Toshkent.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: