O'zb  
 
08.06.2017

BMT BOSH KOTIBINING OZBEKISTONGA TASHRIFIGA DOIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish 2017 yil 9 iyun kuni Ozbekistonga tashrif buyuradi.

Ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar chogida Ozbekiston bilan BMT va uning tuzilmalari ortasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan, Orol fojiasining ekologik oqibatlarini yumshatishga doir masalalar muhokama etilishi rejalashtirilgan.

Tashrif dasturida Samarqand, Nukus va Moynoq shaharlariga borish kozda tutilgan.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: