O'zb  
 
01.06.2017

OZBEKISTON PREZIDENTIGA BMT INSON HUQUQLARI BOYICHA OLIY KOMISSARINING MAKTUBI

Avval xabar qilinganidek, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn 2017 yil 10-12 may kunlari rasmiy tashrif bilan Ozbekistonda boldi. Oliy komissarni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qildi. Zayd Raad al-Husayn davlat organlari rahbarlari va fuqarolik jamiyati vakillari bilan qator uchrashuv va muzokaralar otkazdi.

Tashrif yakunlari boyicha mamlakatimiz va chet el jurnalistlari ishtirokida otgan matbuot anjumanida Zayd Raad al-Husayn Ozbekistonda inson huquqlari boyicha milliy tizimni xalqaro standartlar bilan uygunlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho berdi.

31 may kuni BMT Inson huquqlari boyicha Oliy komissaridan davlatimiz rahbari nomiga maktub keldi. Unda shunday deyilgan:

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Toshkentda 2017 yil 10 may kuni bolib otgan uchrashuvimiz davomida bildirgan ochiq va samimiy fikr-mulohazalaringiz uchun minnatdorlik izhor etaman. Shaxsan Siz bilan uchrashish sharafiga muyassar bolganimdan goyat baxtiyorman. Tashrifim doirasidagi tadbirlar yuksak darajada tashkil etilgani uchun mamlakatingiz hukumatiga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Ozbekistonda inson huquqlarini himoya qilish masalalariga shaxsan e’tibor qaratayotganingiz, jumladan, 2017-2021 yillarga moljallangan Harakatlar strategiyasi qabul qilingani, sud-huquq tizimida islohotlar amalga oshirilayotgani, xorijga viza asosida chiqish tartibini bekor qilish borasidagi say-harakatlar uchun Sizga minnatdorlik bildirmoqchiman.

Mamlakatingizga tashrifim Ozbekistonda inson huquqlarini har tomonlama taminlashdagi muayyan murakkabliklarni anglash, mamlakatingiz hokimiyati, fuqarolik jamiyati, inson huquqlarini himoya qilish milliy muassasasi va xalqaro hamjamiyatga Boshqarmamiz komak korsatishi mumkin bolgan sohalarni belgilab olish imkonini berdi.

Ozbekiston men rahbarlik qilayotgan Boshqarma bilan samarali hamkorlik qilayotgani uchun minnatdorman. Jenevadagi qarorgohimiz hamkorligimizni davom ettirishga tayyorligidan, mening Markaziy Osiyo boyicha mintaqaviy bolinmam Ozbekistonni bevosita qollab-quvvatlashidan mamnunman.

Janobi Oliylari, Sizga bolgan yuksak hurmat va ehtiromimni qabul qilgaysiz.

Zayd Raad al-HUSAYN,

BMT Inson huquqlari boyicha Oliy komissari



DB query error.
Please try later.