O'zb  
 
10.05.2017

OZBEKISTON PREZIDENTINING XITOYGA DAVLAT TASHRIFI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 2017 yilning 11-13 may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoyda boladi.

XXR Raisi Si Szinpin, Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan, Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi Doimiy qomitasi Raisi Chjan Detszyan va boshqa rahbarlar bilan uchrashuvlarda ozaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, Ozbekiston va Xitoy ortasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va izchil rivojlantirishning ustuvor yonalishlari muhokama etiladi. Tomonlar mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.

Tashrif dasturida davlatimiz rahbarining Xitoyning yetakchi kompaniya va firmalari vakillari bilan uchrashuvi rejalashtirilgan bolib, unda Ozbekistonda zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda ozaro foydali qoshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari korib chiqiladi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Qoshma bayonot qabul qilinishi, Ozbekiston — Xitoy ortasida turli sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo bitimlar va boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Tashrif doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ortasida katta hajmdagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 14-15 may kunlari Pekin shahrida «Bir qutb, bir yol» xalqaro forumida ishtirok etadi.



DB query error.
Please try later.