O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
02.05.2017

OZBEKISTON VA TURKMANISTON PREZIDENTLARINING TELEFON ORQALI MULOQOTI TOGRISIDA

O‘zaro kelishuvga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ortasida 1 may kuni telefon orqali muloqot bolib otdi.

Davlat rahbarlari Prezidentimizning shu yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifi chogida erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalar boyicha yuksak darajadagi aloqalar izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Bugungi kunda agrosanoat kompleksidagi, temir yol tizimini ta’mirlash va modernizatsiya qilish va boshqa sohalardagi savdo shartnomalari va qoshma kooperatsiya loyihalari keng kolamda amalga oshirilmoqda.

Davlat rahbarlari belgilangan dasturlar va hamkorlik loyihalarini, avvalambor, iqtisodiy sohadagi loyihalarni oz vaqtida amalga oshirish maqsadida yanada faol hamkorlik qilish muhimligini takidladilar.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi, shuningdek, yaqin istiqboldagi qoshma tadbirlar jadvali kelishib olindi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qardosh Ozbekiston xalqiga ezgu istaklarini bildirdi.

Suhbat Ozbekiston — Turkmaniston munosabatlariga xos samimiy va dostona, ozaro anglashuv, hurmat va yaqin qoshnichilik ruhida otdi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: