O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
31 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.04.2017

OZBEKISTON PREZIDENTI AQSH QUROLLI KUCHLARI MARKAZIY QOMONDONLIGI QOMONDONINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 aprel kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qomondonligi qomondoni, general Jozef Leonard Votelni qabul qildi.

Suhbat chogida ikki tomonlama ozaro manfaatli va serqirra hamkorlik, jumladan, harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Afgonistonda yuzaga kelayotgan vaziyat va ushbu mamlakatda tinchlikka erishish istiqbollariga alohida etibor qaratildi.

Jozef Votel Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirdi, Amerika Qoshma Shtatlari Ozbekiston — Amerika munosabatlarini izchil rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirishga tayyor ekanini qayd etdi.

OzA



DB query error.
Please try later.