O'zb  
 
21.03.2017

Ozbekiston va Rossiya Prezidentlari bir-birlarini qutladilar

O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi ortasida diplomatik munosabatlar ornatilganining 25-yilligi munosabati bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik yollagan.

Rossiya Prezidentining qutlovida bunday deyiladi: "Otgan yillarda Rossiya – Ozbekiston munosabatlari strategik sheriklik darajasiga kotarildi. Keng qamrovli siyosiy muloqotlar, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar va boshqa sohalardagi samarali hamkorlik faol rivojlanmoqda. Mamlakatlarimiz mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan izchil hamkorlik qilib kelmoqda.

Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan Rossiya va Ozbekiston xalqlari farovonligi, Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yolida ozaro munosabatlarning barcha jihatlarini yanada rivojlantirishimizga ishonchim komil".

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qutlovida "Otgan tarixiy davrda Ozbekiston bilan Rossiya ortasidagi serqirra va kop tomonlama munosabatlar rivojida salmoqli natijalarga erishilgan"i mamnuniyat bilan takidlangan.

Davlatimiz rahbarining qutlovida takidlanganidek, "Bugungi kunda Rossiya Ozbekistonning yirik savdo va investitsiyaviy hamkori hisoblanadi. Neft-gaz kompleksi, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, toqimachilik, farmatsevtika va oziq-ovqat tarmoqlari, qishloq xojaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash boyicha yirik loyihalar birgalikda amalga oshirilmoqda va yangi loyihalar tayyorlanmoqda. Ikki mamlakat hududlari ortasida bevosita aloqalar rivojlanmoqda".

Prezidentimiz "Moskvada bolib otadigan uchrashuvimiz Ozbekiston bilan Rossiya ortasidagi kop qirrali va uzoq muddatli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarimizni har tomonlama mustahkamlash va yanada rivojlantirishga xizmat qiladi", deb ishonch bildirgan.

OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: