O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
21.03.2017

Ozbekiston va Hindiston Prezidentlari bir-birlarini qutladilar

O‘zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi ortasida diplomatik munosabatlar ornatilganining 25-yilligi munosabati bilan Hindiston Prezidenti Pranab Mukerji Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik yollagan.

Hindiston Prezidenti qutlovida bunday deyiladi: "Siz Janobi Oliylariga, Ozbekiston Respublikasi hukumati va xalqiga mamlakatlarimiz ortasida diplomatik munosabatlar ornatilganining 25-yilligi munosabati bilan ozimning samimiy tabriklarimni yollashdan goyat mamnunman.

Hindiston bilan Ozbekiston ortasida kop asrlik dostlik va hamkorlik rishtalari mavjud. Hamkorligimiz ikki tomonlama asosda, shuningdek, butun dunyoda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, xalqlarimiz taraqqiyoti va farovonligi yolida xalqaro forumlar doirasida izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlayman. Otgan 25-yil davomida biz yanada yaqinlashdik va strategik sheriklik munosabatlarimiz ozaro manfaatli barcha sohalarda mustahkamlandi".

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oz qutlovida dunyodagi dolzarb masalalar yuzasidan ikki mamlakatning siyosati va pozitsiyasi yaqinligini, BMT va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, bir-birini ozaro qollab-quvvatlash amaliyotini davom ettirish Ozbekiston bilan Hindiston manfaatlariga mos kelishini takidlagan.

Davlatimiz rahbari "Ozbekiston barcha yonalishlar, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni yanada kengaytirish, buning uchun mavjud ulkan salohiyatdan toliq foydalanishga tayyor" ekanini qayd etgan.

Prezidentimiz mamlakatlarimiz birgalikdagi say-harakatlari bilan teng huquqli va uzoq muddatli hamkorlikni Ozbekiston va Hindiston xalqlari manfaatlari yolida sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirgan.

OzA


DB query error.
Please try later.