O'zb  
 
18.03.2017

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASIDA UCHRASHUV

2017 yil 17 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzoulugbek Abdusalomov bilan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi (DIIHB)ning direktori Mixael Georg Link boshchiligidagi delegatsiyaning uchrashuvi bolib otdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Komissiya tomonidan saylov qonunchiligini va huquqni qollash amaliyotini yanada takomillashtirish yolida amalga oshirilgan ishlar va uning faoliyati haqida sozladi.

YeXHT DIIHB direktori Ozbekistonda saylov tizimini yanada takomillashtirish masalalariga, xususan, fuqarolarning oz xohish-irodasini erkin bildirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga berilayotgan e’tiborni yuqori baholadi.

Uchrashuv chogida takidlanganidek, YeXHT vakillari Ozbekiston saylovlarida kuzatuvchilar sifatida 1999 yildan buyon faol ishtirok etib kelmoqda, saylov togrisidagi milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, saylovlarni demokratik tamoyillar va xalqaro standartlarga muvofiq ochiq va erkin otkazish maqsadida YeXHT DIIHBning takliflari har tomonlama organilib, inobatga olinmoqda.

Ozaro munosabatlarni davom ettirish, kelgusi hamkorlikni yanada mustahkamlash boyicha fikr almashildi.

Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Inson huquqlari boyicha Milliy markazida ham YeXHT DIIHB delegatsiyasining uchrashuvlari bolib otdi.

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati.



DB query error.
Please try later.