O'zb  
 
18.03.2017

OZBEKISTON PREZIDENTINING QOZOGISTONGA DAVLAT TASHRIFIGA DOIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 2017 yil 22-23 mart kunlari davlat tashrifi bilan Qozogistonda boladi.

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda Ozbekiston va Qozogiston ortasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Davlatimiz rahbarining tashrifi doirasida Ostona shahrida Ozbekiston Milliy sanoat korgazmasi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining nufuzli delegatsiyalari ishtirokida qoshma biznes-forum otkazilishi kozda tutilgan.

Tashrif yakunlari boyicha davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bir qator muhim hujjatlar, shuningdek, Ozbekiston — Qozogiston hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga kotarishga qaratilgan salmoqli tijoriy shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.



DB query error.
Please try later.