O'zb  
 
14.03.2017

OZBEKISTON PREZIDENTI VA GERMANIYA KANSLERI BIR-BIRLARINI QUTLADILAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri Angela Merkel Ozbekiston Respublikasi va GFR ortasida diplomatik munosabatlar ornatilganining 25 yilligi munosabati bilan tabrik yollagan.

GFR kanslerining qutlovida bunday deyiladi: «Mamlakatlarimiz ortasida diplomatik munosabatlar ornatilganiga 25 yil toldi. Otgan vaqt davomida ozaro hamkorligimiz turli sohalarda izchil rivojlanib bormoqda. Germaniya bilan Ozbekiston iqtisodiyot, xavfsizlik va madaniyat sohalarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasida ishonchli hamkorlik qilib kelmoqda.

Germaniya Federal hukumati Ozbekiston Respublikasini parlament vakolatlarini kengaytirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va huquqiy tizimni isloh qilishga qaratilgan 2017-2021 yillarda mamlakatni rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda hamkor sifatida qollab-quvvatlaydi. Shuningdek, mintaqa davlatlari bilan tashqi siyosatning ustuvor yonalishlari sifatida Siz belgilab bergan dostona va yaqin qoshnichilik munosabatlarini yanada rivojlantirishni Germaniya qollab-quvvatlashini ta’kidlamoqchiman.

Davlatlarimiz ortasida diplomatik munosabatlar ornatilganining 25 yilligi munosabati bilan Ozbekiston va uning xalqiga tinchlik, erkin va farovon hayot, mamlakatlarimizning ozaro hamkorligi yanada kengayishini tilayman».

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qutlovida bunday deyiladi: Mamlakatlarimiz ortasidagi mustahkam asosga ega bolgan, izchillik va ozaro ishonch ruhidagi yaqin hamkorlik eng yuksak etirofga loyiqdir. Biz Ozbekiston mustaqillikka erishgandan boshlab mustaqil taraqqiyotimiz va suverenitetimizni Germaniya qatiy qollab-quvvatlab, keng kolamli demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hayotga tatbiq etishda amaliy yordam korsatib kelayotganini yuksak qadrlaymiz.

Davlatimiz rahbari quyidagilarni alohida takidlagan: Bugungi kunda Tashqi ishlar vazirliklari ortasida siyosiy maslahatlashuvlar, Savdo va investitsiyalar boyicha hukumatlararo ishchi guruh, Ozbekiston — Germaniya ishbilarmonlar kengashi, Ozbekistondagi nemislar masalalari boyicha hukumatlararo komissiya kabi institutsional mexanizmlar tashkil etilgan va samarali faoliyat korsatmoqda, 140 dan ortiq bitimdan iborat keng qamrovli shartnomaviy-huquqiy baza shakllantirilgan.

Qutlovda gumanitar aloqalar ham faol rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Bugun Ozbekistonda Gyote instituti, K.Adenauer va F.Ebert nomidagi jamgarmalar, Xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasi va boshqa tashkilotlar vakolatxonalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Ozbekiston va Germaniya ortasidagi ozaro hurmat, teng huquqlilik va tomonlarning manfaatlari inobatga olingan prinsiplarga asoslangan ikki va kop tomonlama hamkorlikni mustahkamlash borasidagi say-harakatlarimizni bundan keyin ham izchil davom ettirish zarur, deb ishonch bildirgan.

OzA



DB query error.
Please try later.