O'zb  
 
14.03.2017

XALQ ISHONCHI YANADA YUKSAK MARRALARNI EGALLASHGA RUHLANTIRMOQDA

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, keng kolamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatida boldi.

Davlatimiz rahbari tashrifning birinchi kunida viloyatning iqtisodiy salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishdi. Qishloq xojaligi, yengil sanoat va energetika, transport-kommunikatsiya, tibbiyot va turizm sohalaridagi loyihalarga alohida etibor qaratildi.

Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yanada yuksaltirish masalalariga bagishlangan yigilish tanqidiy-tahliliy ruhda otdi.

Ushbu tadbirlarda 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturidagi maqsad-vazifalar oz ifodasini topdi.

Tashrifning ikkinchi kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialida bolib, bu yerda bajarilayotgan qurilish-tamirlash ishlarini kozdan kechirdi.

Prezidentimiz rahnamoligida sogliqni saqlash tizimi tubdan isloh etilmoqda. Kasalliklarni profilaktika qilish va samarali davolash maqsadida tibbiyotning barcha boginlari faoliyati takomillashtirilmoqda, joylarda yangi zamonaviy shifoxonalar tashkil etilmoqda.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1998 yil 10 noyabrdagi farmoni asosida Buxoro shahar kasalxonasi negizida tashkil etilgan bolib, 255 oringa ega.

Ushbu muassasa binosini jahon standartlariga mos tamirlash, bolimlarni zamonaviy tibbiy texnologiyalar, asbob-uskunalar bilan taminlash, yangi qabulxona, reanimatsiya, komputer-tomografiya, operatsiya xonalari qurish moljallanmoqda. Yangi tez tibbiy yordam mashinalari olib kelinadi.

Tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yuksaltirish xalqimizni rozi qilishda muhim ahamiyatga ega, dedi davlatimiz rahbari. Shoshilinch tibbiy yordam tizimini dunyo talablari darajasiga olib chiqish, uning samarali faoliyat yuritishini taminlash aholining ham, bugungi zamonning ham talabidir.

Mutaxassislar Prezidentimizga Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazining Buxoro filialida amalga oshirilayotgan tamirlash ishlari haqida sozlab berdi.

Mazkur muassasada endourologik operatsiyalar, masofaviy litotripsiya, ultratovush va rentgen tekshiruvi xonalari, urodinamik laboratoriya quriladi, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanadi.

Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi oquv binosi va klinikasi qurilishi kozda tutilgan. Yuqori malakali shifokor kadrlar tayyorlash zamonaviy moddiy-texnik baza va jahon andozalari darajasidagi binolarga ega bolgan oliy oquv yurti faoliyatiga bevosita bogliq. Buxoro davlat tibbiyot instituti uchun 900 oringa moljallangan yangi oquv binosi, 200 orinli tarkibiy-funksional bolimlardan iborat klinika qurilishi va ularning zamon talablariga mos jihozlanishi shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda.

Sohada yetuk mutaxassislarni tarbiyalashda dunyo tajribasidan foydalanish, xorijdagi yetakchi oliy talim muassasalari bilan yaqin hamkorlik ornatish, aholining tibbiy madaniyatini yanada oshirish boyicha zarur korsatmalar berildi.

Prezidentimiz Vobkent tumani tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan qurilish-tamirlash ishlari loyihasini kozdan kechirdi.

Keyingi yillarda tuman tibbiyot birlashmasida qator qurilish-tamirlash ishlari amalga oshirilgan. 2014 yilda 250 qatnovga moljallangan kop tarmoqli markaziy poliklinika qurilgan. 2015 yilda har biri 30 orinli bolgan shoshilinch tibbiy yordam va xirurgiya bolimlari binosi barpo etilgan. 2016 yilda tugruq kompleksi, bolalar va yuqumli kasalliklar bolimlari kapital tamirlangan.

Joriy yilda bu boradagi ishlarni davom ettirib, terapiya, qon quyish, laboratoriya bolimlarini kapital tamirlash, dorixona va boshqa binolarni qurish rejalashtirilgan. Bu bemorlarga tez va sifatli yordam korsatish, tibbiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari qishloq vrachlik punktlarini optimallashtirishda aholining talabini hisobga olish, tibbiy jihozlardan unumli foydalanish, malakali kadrlarni ishga jalb etish, kasalliklarni samarali davolash bilan birga ularni profilaktika qilish boyicha zarur topshiriqlar berdi.

Istiqlol yillarida Buxoro viloyatida keng kolamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Yangi uy-joylar, madaniy-maishiy obyektlar, yol va kopriklar, xizmat korsatish shoxobchalari, madaniyat va sport majmualari qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu boradagi ishlar bugun ham izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga Buxoro shahrida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari loyihalari haqida malumot berildi.

Buxoroning markaziy kochalaridan biriga Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomi berildi. Ushbu kocha qiyofasini ozgartirish, uning ikki tomonida zamonaviy binolar barpo etish boyicha loyiha ishlab chiqilgan. Unga kora, kochada Xotira maydoni, Sanat saroyi, turar joy binolari va boshqa obyektlar barpo etish rejalashtirilgan.

Islom Karimov va Ibn Sino kochalari kesishgan joyda Universal sport majmuasi bunyod etiladi. Prezidentimiz ushbu majmua loyihasini kozdan kechirdi.

2018 yilda foydalanishga topshiriladigan majmuada 15 sport turi boyicha mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi musobaqalarni otkazish uchun barcha imkoniyatlar yaratiladi. Undan 4 ming tomoshabinga moljallangan zal, uchta mashgulotlar zali, tortta tennis korti, basseyn orin oladi. Majmua sportchilarni tayyorlash, murabbiylar malakasini oshirish, sport metodikasi boyicha namunaviy markaz boladi. Bundan tashqari, majmuada bayram tadbirlari, konsert va forumlar tashkil etish uchun qulayliklar yaratish rejalashtirilgan.

Buxoroda sportning boks, kurash kabi turlari rivojlangan. Kelajakda ushbu sport majmuasi viloyatda boshqa yonalishlar boyicha ham Vatanimizning xalqaro maydondagi obrosini yuksaltirishga qodir yetuk sportchilarni tayyorlashga xizmat qilsin, deb takidladi Shavkat Mirziyoyev. Majmuada ochiq va yopiq sport maydonlari qurish lozim. Viloyatdagi sport inshootlarini inventarizatsiya qilish, ularni muayyan sport turiga ixtisoslashtirish va ommaviyligini oshirish, viloyatda sport murabbiylari tayyorlashni yanada kengaytirish kerak.

Buxoro shahrining Gijduvon, Bahouddin Naqshband, Ibn Sino, Navoiy kochalarida kop qavatli 50 uy quriladi. 2017-2018 yillarda barpo etiladigan bu turar joylar aholini arzon va zamonaviy uylar bilan taminlash, turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Yetti qavatli oltita zamonaviy arzon uy mustaqilligimizning 26 yilligi arafasida foydalanishga topshiriladi.

Davlatimiz rahbari yangi uylarda barcha ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish, ularni qurishda milliy va zamonaviy arxitektura talablarini, mahalliy iqlimni hisobga olgan holda ish tutish zarurligini takidladi.

Buxoro shahrida transport vositalari va piyodalar harakati xavfsizligini taminlash boyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi ham muhokama etildi. Ushbu loyihaga muvofiq shahardagi xalqa yollarini takomillashtirish, tumanlardan viloyat markaziga keluvchi yollarni, jumladan, aylanma chorrahalarni tartibga solish moljallanmoqda.

Yollarni sifatli qurish, transport vositalarining erkin harakatlanishini hisobga olish boyicha tavsiyalar berildi. Yollar atrofini kokalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlariga alohida etibor qaratish kerakligi takidlandi.

Maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlash tizimini takomillashtirishga oid loyiha taqdimoti ham otkazildi. Mazkur loyiha atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish, hududdagi sanitariya holatini yanada yaxshilash va yangi ish orinlari yaratishga xizmat qiladi. Umumiy qiymati 4 million 700 ming AQSh dollari bolgan ushbu loyiha Aholitrans masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotir. Bugungi kunda Milliy bankning 970 ming dollarlik krediti evaziga Xitoydan zamonaviy texnika va chiqindi saralash liniyasi olib kelindi. Yana oltita liniyani sotib olish boyicha shartnomalar tuzish moljallanmoqda.

Prezidentimiz maishiy chiqindilarni qayta ishlash ekologik muammolarning oldini olish va hududlarning iqtisodiy samaradorlikka erishishida muhim ahamiyat kasb etishini takidladi.

Buxoroda tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar kop. Ular zamon talablari asosida tamirlanib, sayyohlar uchun zarur sharoitlar yaratilayotgani natijasida viloyatda turizm izchil rivojlanib borayotir. Davlatimiz rahbarining 2016 yil 2 dekabrdagi Ozbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taminlash chora-tadbirlari togrisidagi farmoni bu borada yanada keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Shavkat Mirziyoyev shaharning tarixiy qismida ananaviy hunarmandlik ustaxonalarini jamlagan ikki qavatli uylardan iborat hunarmandlar mavzesi qurish loyihasi bilan tanishdi.

Buxoro — hayrat va mojizalar makoni. Yodgorliklar xalqimiz bilan taqdirdosh. Mustaqillik yillarida ushbu obidalar tamirlandi, yana asl qiyofasida jamol ochdi.

Ikki tomonda hunarmandlik dokonlari joylashgan yolak boylab borar ekan, Prezidentimiz mazkur yolaklarni kengaytirishni, dokonlarni ikki qavatli qilib qayta qurish lozimligini takidladi. Hunarmandlar bilan suhbatlashdi.

Ikkinchi qavatda hunarmand ustalar yashasa, birinchi qavatda ularning dokon va ustaxonalari joylashtirilsa, maqsadga muvofiq boladi, dedi davlatimiz rahbari. Bu yerda mahsulotlarni tayyorlash va sotish jarayoni uygunlashtirilishi kerak. Rubob yasayotgan ustani, gilam yoki gazlama toqiyotgan hunarmandni ish ustida korgan har qanday odam zavqlanadi.

Istiqlol yillarida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy va manaviy qadriyatlarimizni, tarixiy obidalarni tiklash, ularni asrab-avaylash borasida keng kolamli ishlar amalga oshirildi. 1997 yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Poyi Kalon majmuasi ham tubdan tamirlandi. Masjidi Kalon, Minorai Kalon va Mir Arab madrasasidan iborat mazkur memoriy ansambl viloyat aholisi va mehmonlarining sevimli maskanlaridan biridir.

Davlatimiz rahbari yurtdoshlarimiz va xorijlik sayyohlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida hunarmandlik rastalari, dokonlar orniga milliy ananalarimiz aks etgan, zamonaviy rastalar qurish, tashrif buyurganlarga kechki sayr imkoniyatini yaratish, milliy hunarmandlik ananalari va kongilochar dasturlar namoyish qilish boyicha tavsiyalarini bildirdi. Masjidi Kalon va Mir Arab madrasalarini qayta tamirlash boyicha mutasaddilarga tegishli korsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasida ham boldi.

Bugun Buxoro viloyati ilgari misli korilmagan katta ozgarishlar, yuksalishlar jarayoni bilan yashamoqda. Bularning barchasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning xalqimizga hech kimdan kam bolmagan farovon hayot barpo etish yolidagi ezgu say-harakatlarining amaliy ifodasidir.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: