O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
07.03.2017

OZBEKISTON VA TURKMANISTON STRATEGIK SHERIK DAVLATLAR

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 6 mart kuni davlat tashrifi bilan Ashxobodga keldi.

Ta’kidlash joizki, bu Shavkat Mirziyoyevning Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida xorijiy davlatga ilk tashrifidir. Shavkat Mirziyoyev ozining saylovoldi dasturida, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimidagi nutqida Ozbekiston barcha davlatlar, birinchi navbatda, qoshni mamlakatlar bilan ozaro manfaatli hamkorlik qilishini bayon etgan. Prezidentimizning mazkur davlat tashrifi Ozbekiston tashqi siyosatda yaxshi qoshnichilik munosabatlariga alohida ahamiyat qaratayotganini yaqqol tasdiqladi.

Xalqimiz turkman xalqi bilan ham azaldan yonma-yon, ahil-inoq yashab kelgan, bir daryodan suv ichgan. Savdo-sotiq qilgan, bir-birining madaniyatini boyitgan.

Bu yaqinlik mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlik rivojiga asos bolmoqda. Ozbekiston — Turkmaniston aloqalari 2007 yilda imzolangan Dostona munosabatlar va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash togrisidagi davlatlararo shartnoma asosida izchil taraqqiy etmoqda.

Oliy darajadagi tashriflar muntazamlik kasb etgani davlatlararo munosabatlar yuksak darajada ekanidan dalolatdir. Ozbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining bu galgi uchrashuvi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov asos solgan ozaro manfaatli va faol muloqotlarning mantiqiy davomi boldi.

Ashxobodning Mustaqillik maydonida rasmiy kutib olish marosimi boldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov faxriy qorovul safi oldidan otdilar. Ikki davlat madhiyalari yangradi.

Oguzxon saroyida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning yakkama-yakka muzokarasi boldi. Unda mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston Prezidenti etib qayta saylangani munosabati bilan samimiy tabrikladi. Ozbekiston bilan Turkmaniston ortasida mustahkam hamkorlik qaror topganini, bu tashrif izchil rivojlanib kelayotgan ozaro manfaatli va faol muloqotlarning mantiqiy davomi ekanini alohida takidladi.

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Prezidenti etib saylanganidan keyin davlat tashrifi bilan birinchi bolib Turkmanistonga kelgani uchun minnatdorlik bildirib, bu tarixiy voqea mamlakatlarimiz hamkorligida foydalanilmagan imkoniyatlarni ishga solish va aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdi.

Mamlakatlarimizning siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligini rivojlantirish borasidagi maqsad va yondashuvlari mushtarakligi, tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalarda bir-birini qollab-quvvatlab kelayotgani takidlandi.

Ozbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yol bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va xalqaro huquqning umumetirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Turkmanistonning tashqi siyosati betaraflik, tinchliksevarlik, yaxshi qoshnichilik tamoyillariga qurilgan.

Ozbekiston va Turkmaniston xalqaro maydonda bir-birini qollab-quvvatlab kelmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasi va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida ham izchil hamkorlik qilinmoqda.

Mamlakatlarimizning qoshni Afgonistonda faqat siyosiy yol bilan barqarorlik ornatilishi borasidagi fikri ham mushtarak ekanligi tasdiqlandi. Terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Prezidentlar muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida davom ettirdilar. Unda savdo-iqtisodiyot, neft-kimyo, transport kommunikatsiyalari, qishloq xojaligi, madaniyat, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga etibor qaratildi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilish, eksport-import nomenklaturasini kengaytirish, tovar ayirboshlash hajmini kopaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ozbekistondan Turkmanistonga transport vositalari, mineral ogitlar, qishloq xojaligi mahsulotlari, qurilish materiallari, elektr va mexanika uskunalari, metall buyumlar va turli sohadagi xizmatlar eksport qilinadi. Turkmanistondan yurtimizga neft mahsulotlari, propilen polimerlari va boshqa kimyoviy tovarlar keltiriladi.

Mamlakatlarimiz ortasidagi tovar ayirboshlash hajmi mavjud salohiyatga mos emasligi, uni kengaytirish uchun iqtisodiyot tarmoqlaridagi imkoniyatlarni yana bir bor tahlil etish zarurligi takidlandi.

Hukumatlararo tadbirlar, ishbilarmon doiralar ortasidagi uchrashuvlar aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 2016 yilning sentabr va shu yil yanvar oylarida Toshkentda Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boyicha Ozbekiston Turkmaniston hukumatlararo komissiyasining yigilishlari bolib otdi.

Transport sohasi hamkorlikning ustuvor yonalishlaridan hisoblanadi. Ozbekiston hududi orqali Turkmanistonga, Turkmaniston hududi orqali Ozbekistonga yuk tashiladi. Mamlakatlarimizning ozaro integratsiyalashgan avtomobil va temir yollari uchinchi davlatlar uchun ham tranzit vazifasini otamoqda. Shu jihatdan Ozbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusining amaliy ifodasi bolgan Ozbekiston Turkmaniston Eron Omon xalqaro transport-kommunikatsiya koridorini barpo etish boyicha 2011 yili imzolangan bitim geostrategik ahamiyatga egadir. Davlatimiz rahbarining ushbu tashrifi doirasida ochiladigan Amudaryo ustida qurilgan avtomobil va temir yol kopriklari mazkur transport yolagining muhim qismi hisoblanadi.

Ozbekiston ham, Turkmaniston ham uglevodorod resurslariga boy. Ularni eksport qilish ozaro muvofiq harakat qilishni talab etadi. Ana shunday yaqin hamkorlik mamlakatlarimiz uchun energetika yonalishlarini diversifikatsiya qilish va jahon bozorlariga chiqish borasida keng imkoniyatlar yaratmoqda. 2009 yilda ishga tushgan Turkmaniston Ozbekiston Qozogiston Xitoy gaz quvuri buning yorqin misolidir.

Muzokarada hamkorlikning yangi yonalishlarini ishga solish, savdo-iqtisodiy aloqalar qamrovini kengaytirish, hududlarning togridan-togri hamkorligini rivojlantirishga kelishib olindi.

Transchegaraviy daryolardan oqilona foydalanish, chollanishga qarshi kurashish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga alohida etibor qaratildi.

Ozbek va turkman xalqlarining tarixi va madaniyati mushtarak, urf-odat va ananalari oxshash. Ajdodlarimizning ilmiy-ijodiy merosi xalqlarimizning umumiy mulkiga aylangan. Bu yaqinlik madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik rivojiga mustahkam asos bolmoqda. Ikki mamlakat madaniyat va sanat namoyandalari, sportchilari Ozbekiston va Turkmanistonda otkaziladigan turli konsertlar, festival va korgazmalar, sport musobaqalarida faol ishtirok etmoqda. 2016 yil sentabrda Turkmanistonda ozbek kinosi kunlari, noyabrda mamlakatimizda Turkmaniston madaniyati kunlari otkazildi.

Mamlakatlarimiz sayyohlik sohasida ham ulkan imkoniyatlarga ega. «Buyuk ipak yoli» loyihasi doirasida ozaro boglangan sayohatlar tashkil etilmoqda.

Ilm-fan sohasidagi hamkorlik ham yuksalmoqda. Ikki mamlakat olimlari qishloq xojaligi, neft kimyosi va boshqa sohalarda birgalikda izlanishlar olib bormoqda.

Muzokaralar yakunida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Qoshma bayonotni, Ozbekiston Respublikasi va Turkmaniston ortasida strategik sheriklik togrisidagi shartnomani imzoladilar. Tegishli vazirlik va idoralar ortasida 2018-2020 yillarda iqtisodiy hamkorlik togrisidagi shartnoma, temir yol transporti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid memorandum, 2017-2019 yillarga moljallangan madaniy-gumanitar hamkorlik dasturi, 2017-2018 yillarda tashqi ishlar vazirliklari ortasidagi hamkorlik dasturi, Ozbekistondan Turkmanistonga qishloq xojaligi texnikalari va kimyo mahsulotlari yetkazib berish togrisidagi shartnomalar imzolandi. Xorazm viloyati bilan Dashovuz viloyati, Buxoro viloyati bilan Lebap viloyati hokimliklari ortasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik togrisida bitimlar imzolandi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezidentlar ushbu tashrif ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama etish, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat yaratganini takidladilar. Muzokaralar ochiqlik, ozaro anglashuv va dostona ruhda otgani, imzolangan hujjatlar Ozbekiston va Turkmaniston xalqlari manfaatlariga xizmat qilishi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga mamlakatimizda yaqinda chop etilgan Maxtumqulining Elingga baxsh ayla deb nomlangan kitobini sovga qildi. Turkmaniston Prezidenti kitob eng yaxshi tuhfa ekanini takidlab, Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

Kunning ikkinchi yarmida Prezidentlar Xalqaro Axalteki otlari majmuasi bilan tanishdilar. Turkmaniston Prezidenti davlatimiz rahbariga zotdor ot sovga qildi.

Prezidentimiz Turkmaniston Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoydi. Faxriy mehmonlar xiyoboniga kochat otqazdi. Bu xiyobonga Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2007 yilda kochat otqazgan edi.

Davlatimiz rahbari Saparmurat Niyozov maqbarasiga gul qoydi. Otganlarning ruhi poklariga Quron tilovat qilindi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga davlat tashrifi davom etmoqda.

Anvar SAMADOV,

OzA maxsus muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: