O'zb  
 
04.03.2017

OZBEKISTON PREZIDENTI OSIYO TARAQQIYOT BANKI PREZIDENTINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakaoni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va infratuzilmasini modernizatsiya qilish boyicha ustuvor dastur va loyihalarni amalga oshirish borasida Ozbekiston va Osiyo taraqqiyot banki ortasidagi ozaro manfaatli sheriklik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Bugungi kunda hamkorlik portfeli umumiy qiymati 14 milliard dollardan ziyodni tashkil etuvchi 59 loyihani oz ichiga olgan bolib, ularni moliyalashtirish uchun bankning 6 milliard dollardan koproq mablagi jalb qilingan.

Tollimarjon va Taxiatosh issiqlik elektr stansiyalarida zamonaviy bug-gaz qurilmalarini barpo etish, yuqori voltli elektr uzatish liniyalarini modernizatsiya qilish, qishloq joylarda namunaviy uy-joy qurish, mamlakatimizning turli hududlarida suv taminoti tizimi va sanitariya obyektlarini rekonstruksiya qilish, Amu-Buxoro mashina kanali tizimini qayta tiklash, Maroqand-Qarshi temir yolini elektrlashtirish, kichik biznesni, tadbirkorlikni qollab-quvvatlash va boshqa loyihalar Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan yirik loyihalar sirasiga kiradi.

Uchrashuvda 2017-2019 yillarga moljallangan qoshma dastur doirasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Aholi, ayniqsa, qishloq aholisi turmush darajasini oshirish, tadbirkorlik subyektlarini qollab-quvvatlash, agrar tarmoqni modernizatsiya qilish, yol-transport infratuzilmasi, muqobil energetikani rivojlantirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va boshqa yonalishlarga qaratilgan ustuvor loyihalarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi takidlandi.

OTB prezidenti samimiy qabul va ozaro sheriklik munosabatlarini mustahkamlashni qollab-quvvatlayotgani uchun Prezidentimizga chuqur minnatdorlik bildirib, Osiyo taraqqiyot banki Ozbekiston bilan keng kolamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini takidladi.

OTB delegatsiyasining mamlakatimiz vazirliklari va idoralarida otkazgan uchrashuvlari yakuni boyicha bankning 573 million dollarlik mablagini jalb qilgan holda kichik biznes, meva-sabzavotchilik sohalari, suv taminoti tizimi va avtomobil yollari infratuzilmasini rivojlantirishga doir 4 loyihani amalga oshirish boyicha kelishuvlar imzolandi.

Ozbekistonga tashrifi davomida Takexiko Nakao Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlarida bolib, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilgan investitsiya loyihalarining natijalari bilan tanishdi.

OzA



DB query error.
Please try later.