O'zb  
 
02.03.2017

OZBEKISTON PREZIDENTI JENERAL ELEKTRIK KOMPANIYASI VITSE-PREZIDENTINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 mart kuni AQShning yetakchi kompaniyalaridan biri «Jeneral Elektrik» kompaniyasi vitse-prezidenti Ronald Jeyms Pollettni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, Ozbekiston va Amerika Qoshma Shtatlari ishbilarmon doiralarining uzoq muddatli va ozaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qiziqishi ortib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Yaqinda Toshkentda AQShning Jeneral Elektrik, SiEnEych Indastrial, Katerpillar, Xanivell, Prokter end Gembl va boshqa yetakchi kompaniyalari ishtirokida Amerika — Ozbekiston savdo palatasining biznes-forumi muvaffaqiyatli otdi.

Takidlash joizki, bugungi kunda Ozbekiston korxonalarining iqtisodiyotning turli sohalarida jahondagi yetakchi texnologik kompaniyalardan biri bolgan Jeneral Elektrik bilan hamkorligi energetika majmui, fuqaro aviatsiyasi va sogliqni saqlash sohalarini qamrab olgan.

Uchrashuv chogida ushbu kompaniya bilan uzoq muddatli, ayniqsa, yuqori texnologik tarmoqlardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va diversifikatsiya qilish istiqbollari muhokama qilindi. Bular elektr energetika, neft va gaz, elektrotexnika sanoati, zamonaviy tibbiy jihozlar ishlab chiqarish, ularga xizmat korsatish va boshqa yonalishlardagi yangi dastur va loyihalardan iboratdir.

Uchrashuvda mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida etibor qaratildi.

Ronald Jeyms Pollett samimiy qabul va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ortasidagi aloqalarni rivojlantirishni qollab-quvvatlayotgani uchun Prezidentimizga chuqur minnatdorlik bildirib, Jeneral Elektrik Ozbekiston bilan keng kolamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini takidladi.

AQSh kompaniyasi vitse-prezidentining mamlakatimiz vazirliklari va idoralarida otkazgan uchrashuvlari yakunida iqtisodiyotning turli sohalarida qoshma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish togrisida memorandum imzolandi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: