O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5
10.01.2017

QONUN USTUVORLIGI INSON MANFAATLARINI TAMINLASHNING MUHIM OMILIDIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 7 yanvarda Prokuratura organlari xodimlari kuni oldidan bir guruh soha xodimlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, hukumat a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, prokuratura organlari masul xodimlari va faxriylari ishtirok etdi.

Ozbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.

Ozbekiston Respublikasining 2016 yil 19 dekabrdagi qonuniga muvofiq, 8 yanvar Ozbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni etib belgilandi. Bu prokuratura organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, soha xodimlari mehnatini ragbatlantirishga xizmat qiladi.

— Sizlarni 8 yanvar Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, masuliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman, dedi Prezidentimiz. Malumki, 1992 yil 8 yanvar kuni Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan Ozbekiston SSR prokuraturasi mustaqil Ozbekiston Respublikasi prokuraturasiga aylantirilgan.

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, qonunchilik tashabbusi huquqiga ega subyektlardan biri prokuratura organlaridir. Prokuratura organlari tomonidan mamlakatimizda qonun ustuvorligini taminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda qonun ustuvorligini taminlashga, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng kolamli islohotlar amalga oshirildi. Sud-huquq tizimi tubdan isloh qilindi.

Erishilgan yutuqlar ozimizniki, unga mahliyo bolib otirish bizga yarashmaydi. Bugun sizlar bilan oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida gaplashib olmogimiz lozim, dedi davlatimiz rahbari. Odamlar hamma narsaga chidashi mumkin, adolatsizlikka chiday olmaydi. Jamiyatda adolat barqaror bolishida prokuratura organlarining orni katta bolmogi kerak.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida keng kolamli islohotlarni hayotga izchil tatbiq etish, ularning samaradorligini yuksaltirishda qonuniy asoslarni mustahkamlash boyicha amalga oshirilgan ishlar mamlakatimizning har tomonlama taraqqiy etishiga xizmat qilayotir. Davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boyicha qilingan ishlar dunyo hamjamiyatining yuksak etirofiga sazovor bolmoqda.

Prokuratura organlari xodimlarining ishi katta masuliyat, fidoyilik, halollikni talab qiladi, dedi Prezidentimiz. Qabul qilinayotgan har bir qaror zamirida inson taqdiri turadi. Shunday ekan, yetti olchab bir kesish bu borada asosiy mezon bolmogi shart.

Qonunchilik bazasini har tomonlama mustahkamlash va qonunlarni sozsiz ijro etish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, demokratik huquqiy davlatni rivojlantirish, xususiy mulk va tadbirkorlik taraqqiyotini qollab-quvvatlash hamda uning ishonchli himoya qilinishini taminlashda prokuratura organlarining roli katta.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida»gi farmonida tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va tosqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz toxtatib qoyganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi oshirilgan.

Bu soha xodimlarining zimmasiga huquqiy hujjatlarning aniq va tola ijro etilishini nazorat qilish, huquqbuzarliklarning oldini olishdek vazifalar masuliyatini yanada oshirdi.

Prezidentimiz tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishida prokuratura organlarining roli haqida gapirar ekan, quyidagilarni alohida takidladi. Tadbirkor boy bolsa, davlat boy boladi. Buning uchun ishbilarmonlarga keng sharoit yaratib berishimiz lozim. Prokuror tadbirkorga komakchi bolishi, u bilan hamkorlikda ishlashi darkor.

Mustabid tuzum davrida odamlar prokuratura organlari xodimlarini faqat qoralovchi, jazolovchi tizim vakillari sifatida bilardi. Biz ushbu soha faoliyatini xalqaro talablar darajasida qayta tashkil qilishda ijobiy natijalarga erishmoqdamiz, dedi Prezidentimiz. Prokuratura organlari kundalik hayotimizda qonun ustuvorligini taminlash, yuridik va jismoniy shaxslarning qonuniy huquqlarini himoya qilish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi zarur.

Prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, mamlakatda qonun ustuvorligi va qonuniylikni taminlash boyicha prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasini tuzish togrisida Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoshma qarori qabul qilingan. Ushbu qarorga muvofiq Komissiyaning zimmasiga qonun ustuvorligi va qonuniylikni taminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, prokuratura organlarining huquqni qollash amaliyotini har tomonlama organish va umumlashtirish, prokuratura organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini, shuningdek, huquqni qollash amaliyotini va ularning ishlash usullarini yanada takomillashtirish yuzasidan ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalar samarali bajarilayotgani ustidan muntazam parlament nazoratini amalga oshirish vazifalari qoyildi.

Hozirgi kunda Oliy Majlis Senati tomonidan har yili Bosh prokurorning hisoboti eshitiladi. Bu albatta muhim, lekin joylardagi prokurorlarning hisobotini kim eshitadi, dedi Shavkat Mirziyoyev. 2017 yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimi joriy etiladi. Bundan tashqari, viloyatlarda prokurorlarning ishiga qarab oylik reytingi tuzib boriladi. Ularning faoliyatiga reyting natijalari asosida baho beriladi.

Otgan yili tashkil qilingan Bosh vazirning virtual qabulxonasiga fuqarolardan 311 ming murojaat kelib tushdi. Murojaatlar orasida prokuratura sohasiga tegishlilari ham talaygina. Bu juda achinarli holdir, dedi Prezidentimiz. Barchamiz ozimizga bir savol beraylik: odamlarda nima uchun muammolar bunchalik kopayib ketdi, ularning dardini kim eshitadi? Murojaatlarning aksariyati adolatsizlikdan, ularni hech kim eshitmaganidan bolmoqda. Agar prokuratura organlarining eshigi aholi uchun ochiq bolganida, Bosh vazirning virtual qabulxonasiga bu qadar kop murojaat tushmas edi.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida mazkur soha xodimlari ham goyat masuliyatli vazifalarni bajarmogi lozim boladi. Bironta ham murojaat etibordan chetda qolmasligi kerak, dedi davlatimiz rahbari.

Uchrashuvda Respublika Bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev, Xorazm viloyati prokurori Sadriddin Turdiyev, Xonqa tumani prokurori Gayrat Abdullayev, Guzor tumani prokuraturasi katta noziri Zamira Ashirova, Toshkent shahar prokurori Botir Qudratxojayev, Bosh prokuratura tizimidagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi boshligi Jahongir Egamov va boshqalar 8 yanvar Prokuratura organlari xodimlari kunini nishonlash haqidagi Ozbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingani uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi. Davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan tanqidiy fikrlardan tegishli xulosa chiqarib, inson manfaatlarini tola taminlash uchun barcha chora-tadbirlar korilishini takidladi.

A.OROZOV,

OzA muxbiri


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: