O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
07.01.2017

XALQ ROZILIGI FAOLIYATIMIZNING BOSH MAQSADI

Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqbo‘tayevning joylarda aholi bilan muloqot qilishga bagishlangan uchrashuvlarida bu fikr asosiy xulosa sifatida bildirilmoqda.

Paxtachi tumanida otkazilgan uchrashuvda tumandagi idoralar, korxona va tashkilotlar, ta’lim va tibbiyot muassasalari rahbarlari, fuqarolar yiginlari raislari, tadbirkorlar, fermerlar, nuroniylar, yoshlar ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2017 yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb elon qilindi. Har bir davlat idorasi fuqarolarimiz uchun xizmat qilishi shartligi aniq belgilab berildi.

Otgan yilning sentabr oyida tashkil etilgan Bosh vazirning virtual qabulxonasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 28 dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar togrisida»gi farmoni bilan Prezident Virtual qabulxonasiga aylantirildi. Har bir viloyat, tuman va shaharda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etiladigan boldi. Bu barcha davlat idoralarining, rahbarlarning masuliyatini yanada oshirishni, xalq bilan muloqot qilish va oz faoliyatidan ularni xabardor etishni taqozo etadi.

2016 yilda virtual qabulxonaga Paxtachi tumanidan 170 dan ortiq murojaat tushgan. Umuman, yil davomida tuman hokimligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning 1055 murojaati qabul qilingan. Ayrim hollarda ushbu murojaatlarni oz vaqtida korib chiqishda kamchiliklarga yol qoyilgan.

Muloqot chogida murojaatlarni qabul qilish va ularni korib chiqish yuzasidan qonunchilikda belgilangan qoidalar eslatib otildi.

— Yangi yildan boshlab hokimlik va davlat boshqaruvi organlari xodimlari joylarga chiqib, aholi bilan bevosita muloqot otkazishga kirishdi, deydi Nuroniy jagmarmasi Paxtachi tumani bolimi raisi M.Samandarov. Ayni paytda mahallalarda, korxona va tashkilotlarda shunday uchrashuvlar otkazilmoqda. Banklar xodimlari xonadonma-xonadon yurib, aholini tadbirkorlikka jalb etmoqda. Bu ishlarga tumanimiz nuroniylari ham oz hissasini qoshmoqda. Bugun viloyat hokimi bilan uchrashuvda ham paxtachiliklar kop savollariga javob oldi. Tumanimizni rivojlantirish boyicha oz takliflarini bildirdi.

Uchrashuvda tadbirkor va fermerlar, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar bir qator taklif, tashabbuslarini bildirib, koplab savollariga viloyat hokimi hamda viloyat tashkilotlari rahbarlaridan javob oldi. Ortaga tashlangan muammo va kamchiliklarning aksariyatiga shu yerning ozida yechim topildi.

G.HASANOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: