O'zb  
 
07.01.2017

FARZANDLARI SOGLOM YURTNING KELAJAGI BUYUKDIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 5 yanvar kuni sogliqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashdi.

Videokonferensiya shaklida otgan uchrashuvda hukumat a’zolari, senatorlar, viloyat hokimlari, vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tibbiyot oliy talim muassasalari rektorlari, sogliqni saqlash tizimi masul xodimlari ishtirok etdi.

— Sogliqni saqlash sohasini isloh qilish davlat siyosatining eng muhim yonalishlaridan biridir, dedi Shavkat Mirziyoyev. Mamlakatimizda sogliqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiyot xodimlari mehnatini ragbatlantirish, davolashning zamonaviy texnologiya va usullarini keng joriy etishga alohida etibor qaratilmoqda.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilgan xalqimizning munosib hayot sifatini taminlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, har tomonlama soglom avlodni tarbiyalash, tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mustaqillik yillarida hayotga tatbiq etilgan keng kolamli islohotlar samarasida sogliqni saqlash tizimi tubdan ozgardi. Aholining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi Ozbekiston Respublikasining «Fuqarolar sogligini saqlash togrisida»gi qonuni bilan mustahkamlandi.

Shifokorlik kasbini uluglash, ularning mashaqqatli mehnatini munosib ragbatlantirishga alohida etibor qaratilayotir. 1998 yil 10 noyabrda qabul qilingan Ozbekiston Respublikasi sogliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi togrisidagi Prezident farmoni zamonaviy talablarga javob beradigan va mamlakatimizning barcha hududlarida aholiga malakali xizmat korsatadigan, jumladan, onalik va bolalikni muhofaza qilish boyicha yaxlit tizimni shakllantirishda muhim omil boldi. Mazkur hujjatga muvofiq mamlakatimizda birlamchi tibbiy yordam korsatish boyicha zamonaviy tibbiy xizmat tizimi tashkil qilindi. Ushbu xizmat qishloq vrachlik punktlari va shahar oilaviy poliklinikalar tarmogini qamrab olgan.

Bugungi kunda kardiologiya, jarrohlik, koz mikroxirurgiyasi, urologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, endokrinologiya, pulmonologiya va ftiziatriya, akusherlik va ginekologiya, dermatologiya va venerologiya, pediatriya va boshqa yonalishlardagi maxsus ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida yuqori sifatli xizmat korsatilmoqda. Ushbu shifo muassasalarida har yili 50 mingga yaqin yuqori texnologiyali murakkab operatsiyalar bajariladi, 600 mingdan koproq bemorga ambulator xizmat korsatiladi. Olimlarning dolzarb mavzulardagi ilmiy izlanishlari natijasida tibbiyotning yigirmadan ziyod yonalishlari boyicha 1000 dan ortiq davolash-diagnostika standartlari ishlab chiqildi.

2016 yil Soglom ona va bola yilida mamlakatimiz tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun 80 million dollar qiymatidagi kredit va grant mablaglari yonaltirildi, farzand korish yoshidagi ayollar va bolalar tibbiy korikdan otkazilib, soglomlashtirildi. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida eshitish boyicha nuqsoni bolgan 350 dan ortiq bolada koxlear implantatsiya operatsiyalari amalga oshirildi. 700 ming bola pnevmokokk infeksiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi emlandi.

Ammo bugun zamon ozgarmoqda, odamlarning talabi oshib bormoqda. Xalqimizning tibbiy madaniyati yuksalib, eng songgi usul va rusumlarda tibbiy xizmat korsatilishini istaydi. Bizga shu ham bolaveradi, degan tushuncha endi oz umrini otab boldi. Bu barcha sohalar qatori tibbiyot sohasiga ham bevosita daxldor, dedi Prezidentimiz. Shu bois soha xodimlari tibbiyotning eng ilgor, zamonaviy yutuqlarini, davolash usullarini ozlashtirmogi zarur. Erishilgan yutuqlarga mahliyo bolib otirish taraqqiyot yolidagi eng katta govdir.

2017 yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb elon qilinganida ham katta mano mujassam. Zero, inson manfaatlari deganda, avvalo insonning salomatligi, zamonaviy tibbiy xizmatdan tolaqonli foydalanishi ham nazarda tutiladi.

Shavkat Mirziyoyev ozining saylovoldi uchrashuvlarida xalqning ichiga kirib, ularning dardi, muammolari, takliflarini eshitish lozimligini alohida qayd etdi. Bosh vazirning virtual qabulxonasiga kelgan murojaatlarning 7 mingdan ziyodi aynan tibbiyot sohasiga tegishli ekani ham mazkur sohada muayyan muammolar yigilib qolganligini korsatmoqda. Aholining murojaatlari, fikr-mulohazalari va takliflari sogliqni saqlash tizimini yangi bosqichga kotarishni taqozo etmoqda.

Prezidentimiz tibbiyot sohasida bajarilishi lozim bolgan ishlar, yechimini kutayotgan muammolar haqida atroflicha toxtaldi. Qishloq vrachlik punktlari faoliyatiga oid quyidagi masalalarga alohida etibor qaratildi. Bugungi kunda QVPlar birlamchi tibbiy korikni otkazish uchun laboratoriya tahlili vositalari, qator diagnostika apparatlari bilan jihozlangani aholi uchun qulaylik yaratmoqda. Lekin tibbiy uskunalarni ishlatadigan malakali mutaxassislar yetarli darajada emas. Bazi chekka hududlarda oddiy qon topshirish uchun tuman markaziga yoki shaharga borishga togri kelayotganini ham inkor eta olmaymiz.

Ayrim joylarda tibbiy koriklar nomigagina otkazilmoqda, deb fikrini davom ettirdi Prezidentimiz. Chekka hududlarda malakali mutaxassislar yetishmayotgani kadrlar masalasida qilinadigan ishlar kopligini anglatadi.

Qishloq vrachlik punktlari tunu kun ishlamogi zarur. Buning uchun punkt yonidan shu joyda ishlaydigan vrachga uy qurib berish lozim.

Aholiga tez tibbiy yordam korsatish sifatini yuksaltirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar korildi. Lekin bugun xalqimiz bu xizmat sifatidan rozi, deya olmaymiz. Tizimni mutlaqo ozgartirish davr talabi.

Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktabrdagi Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar togrisidagi qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar tanqidiy korib chiqildi.

Ayollarimiz iboli, hayoli. Bazi masalalarda shifokorga borib dardini bemalol aytavermaydi. Shu bois xotin-qizlar uchun alohida poliklinika tashkil qilishimiz kerak, dedi davlatimiz rahbari. Toki ular borib ozini qiynayotgan masalada bemalol fikrlashsin. Chunki ertangi kunimizning davomchilarini soglom dunyoga keltirish kop jihatdan ayollarimizning salomatligiga bogliq.

Sogliqni saqlash sohasi haqida gapirganda bir haqiqatni esimizdan chiqarmasligimiz lozim: tibbiyot xodimlari bizning salomatligimiz posbonlaridir. Ularga xalq ishonishi, ular esa xalqni ishontira olishi kerak, deb takidladi Shavkat Mirziyoyev.

Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatida ham yechimini kutayotgan masalalar kop. Mavjud markazlarning hammasi Toshkent shahrida joylashgan. Bu, ayniqsa, qishloq aholisiga muayyan noqulayliklar tugdirayotir. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari mutaxassislari joylarga chiqib aholiga tibbiy xizmat korsatmogi, jarrohlik amaliyotlarini otkazmogi lozim, dedi Prezidentimiz.

Tadbirda mamlakatimiz sogliqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish, korsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga kotarish, yosh mutaxassislarni tarbiyalash jarayoniga ilgor talim texnologiyalarini keng joriy etish, dunyoning yetakchi tibbiyot markazlari va oquv muassasalari, taniqli olimlar va mutaxassislar bilan hamkorlikni kengaytirish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari, sogliqni saqlash vaziri A.Ikromov, sogliqni saqlash vazirining birinchi orinbosari A.Hojiboyev, sogliqni saqlash vaziri orinbosarlari E.Bositxonova, S.Saidaliyev, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi direktori F.Oqilov, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori A.Alyavi, Respublika immunologiya ilmiy markazi direktori T.Aripova, senator Z.Nizomxojayev, Soglom avlod uchun xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi S.Inomova, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi raisi M.Erniyazov, Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov, Buxoro viloyati hokimi O.Barnoyev va boshqalar Prezidentimizning tibbiyot sohasiga qaratayotgan alohida etibori soha rivojida muhim omil bolayotganini qayd etdi. Bildirilgan tanqidiy fikrlardan zarur xulosalar chiqarib, korsatib otilgan kamchiliklarni bartaraf etish, soha oldida turgan dolzarb vazifalarni bajarish yuzasidan tizimli ishlar olib borilishini, barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinishini takidladi.

A.OROZOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: