O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
20.08.2019

OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI KENGASHINING MAJLISI TOGRISIDA AXBOROT

2019 yil 19 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bolib otdi.

Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.

Kengash Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisini joriy yil 23 avgust kuni Toshkent shahrida chaqirish togrisida qaror qabul qildi.

Yalpi majlis kun tartibiga mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida belgilangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish, barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning huquqiy asoslarini mustahkamlash hamda 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratilgan Ozbekiston Respublikasining bir qator qonunlari kiritilgan.

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari togrisidagi, Xotin-qizlarni tazyiqlar va zoravonlikdan himoya qilish togrisidagi, Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish togrisidagi, Ona suti bilan oziqlantirishni qollab-quvvatlash hamda godaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir.

Senat a’zolari Oliy Majlis byudjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlari joriy etilishi, saylov, xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi masalalarni ham korib chiqadilar.

Shuningdek, senatorlar Xalqaro mehnat tashkilotining sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi togrisidagi 81-sonli, qishloq xojaligida mehnat inspeksiyasi togrisidagi 129-sonli konvensiyalarini va boshqa xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish bilan bogliq Ozbekiston Respublikasi qonunlarini ham muhokama qiladilar.

Yalpi majlisda Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili Davlat dasturining 2019 yil ikkinchi choragidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti, ichki ishlar va tashqi ishlar vazirlari, Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi raisining axborotlari, shuningdek, Xorazm viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti eshitiladi.

Senat azolari bosh turgan, qurilishi tugallanmagan obektlardan va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishga doir qonun hujjatlari ijrosi holatini organish natijalari, shuningdek, bogdorchilik-uzumchilik shirkatlari holati va ularning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament sorovlari yuborish togrisidagi masalalarni ham muhokama etadi.

Oliy Majlis Senati qomitalari va devonining yigirma birinchi yalpi majlisga tayyorgarlik korish va uni otkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun ishchi guruh tuzildi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining

Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: