O'zb  
 
28.05.2019

PARLAMENTGA PUL NEGA AJRATILMADI?

Yoki pulning o‘zi yoqmi?..

Otgan hafta parlamentdagi muhokamalar vaqtida deputatlar Davlat dasturiga kiritilgan loyihalarni oz vaqtida va toliq moliyalashtirish masalasida uchrayotgan tizimli muammolarni korsatib otgan.

Xususan, moliyaviy muammolarning yechimida byurokratiya mavjudligi «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturining 8-bandi misolida korsatilgan. Ushbu bandga kora, Elektron parlament tizimini rivojlantirish vazifasi belgilangan. Bunga mas’ullar qatorida Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi korsatilgan. AKTni rivojlantirish jamgarmasi bu boradagi ishlarni moliyalash manbasi sifatida kozda tutilgan.

Oliy Majlis tomonidan Prezident Administratsiyasi bilan hamkorlikda loyihalarning pasportlari ishlab chiqilgan, ularning texnik-iqtisodiy parametrlari tavsiflari tayyorlangan. Biroq AKTni rivojlantirish jamgarmasi bu loyihani amalga oshirish uchun mablag mavjud emasligini bildirgan. Bu haqda Moliya vazirligiga qoshimcha murojaat yuborilgan. Ammo vazirlik natijasiz rasmiy javob bilan cheklangan.

Deputatlar shu masala boyicha Bosh vazir orinbosari Aziz Abduhakimovning fikri bilan qiziqqan va u elektron parlament davlat boshqaruvi tizimini demokratlashtirish yolidagi muhim loyiha ekanini takidlagan. U bergan malumotga kora, parlament axborot tizimi va axborot resurslarini shakllantirish maqsadida shu vaqtga qadar umumiy qiymati 37 milliard somlik ishlar bajarilgan. Bosh vazir orinbosari vakillik hokimiyati organlari AKT infratuzilmasini kelajakda rivojlantirishning barcha tashkiliy-moliyaviy masalalari hal etilishini bildirgan, bu haqdagi fikrlarni qollab-quvvatlagan.

Qonunchilik palatasi

Axborot xizmati malumotlari asosida tayyorlandi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: