O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
07.05.2019

ZERIKAYOTGAN SENATORLAR, MUDRAYOTGAN QATNASHCHILAR

Oliy Majlis Senati yalpi majlisidan reportaj

3 may, soat 9:20. Oliy Majlis Senatining katta majlis zali. Senatorlar, hukumat vakillari zalga birin-ketin kirib kelyapti.

Hukumat a’zolari bir-birlari bilan quyuq so‘rashyapti. Ayniqsa, nisbatan yoshroq hisoblanadigan vazirlar ozaro ancha iliq va samimiy munosabatda ekani seziladi. Ularning orasida Adliya vaziri Ruslanbek Davlatov hamda Xalq talimi vaziri Sherzod Shermatov faolroq muloqotda bolyapti. Bu ikki vazir yonma-yon otirgani uchun shunday koringandir, ehtimol.

Bosh vazir orinbosari Aziz Abduhakimov nim tabassum, ochiq chehrada yurishi bilan hukumat azolari orasida ajralib turibdi. Bir qancha senatorlar Bosh prokuror Otabek Murodov bilan quyuqroq sorashib, koproq muloqot qilishga, nimalarnidir aytib qolishga intilganday tuyuladi.

Eng yosh vazirlardan biri, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev qol telefonining ekraniga qarab, xotirjam, ayni paytda oychan otiribdi.

Soat 9:46. Deyarli barcha orindiqlar tolib boldi.

Umuman, vazirlar va turli davlat idoralari rahbarlari bir-biri bilan muloyim gaplashishga, hurmatini ifoda etishga harakat qilyapti. Katta rahbarlik vazifalariga ega bolmagan senatorlar esa ancha kamtar bolib otiribdi, balki bu xayolga shunchaki kelib qolgan fikrdir...

Ayrim senatorlarning oldida gazetalar, jurnallar, krossvord-boshqotirmalar ham kozga tashlanadi.

Soat 9:58...

Zalga Senat rahbariyati kirib keldi, senatorlar royxatdan otdi, davlat madhiyasi yangray boshladi, hamma ornidan turib, ong qolini chap koksiga qoydi...

Ayrim tashkiliy masalalardan song Senat raisi Nigmatilla Yoldoshev Ozbekistondagi islohotlar natijalari togrisida maruza qila boshladi, kishining konglini kotaradigan misollar keltirildi...

Senat raisi «Har bir oila — tadbirkor» dasturi ijrosi boyicha bir kun avval otkazilgan videoselektor yigilishida katta mablaglar samarali yonaltirilmagani tanqid qilinganini takidladi. Ayrim davlatlar pul topolmayotgan bir paytda bunday sovuqqonlik va masuliyatsizlikka orin yoqligini aytdi.

Sugurta sohasidagi jiddiy muammoga etibor qaratildi. Malumotlarga kora, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan sugurta tashkilotlari chet eldagi sugurta kompaniyalariga 2017 va 2018 yillarda qariyb 300 mlrd. somlik sugurta tolovlarini otkazib bergan. Sugurta tashkilotlariga tashqaridan kelib tushgan sugurta tolovlari miqdori bu davrda 30 barobar kam bolgan.

Sugurta faoliyati togrisidagi qonunda aks etgan bitta meyor tufayli milliardlab pullar xorijga chiqib ketayotgan ekan. Shuning uchun bu qonunni qayta korib chiqish zarurati yuzaga kelganiga urgu berildi...

Suvoqava davlat unitar korxonasiga qarashli suv tozalash inshootlarining 88 foizi faoliyat yuritmayotgani, respublikadagi 60 ga yaqin suv tozalash inshootidan chiqayotgan oqava suvlarda ham zararli moddalar meyordan bir necha marta yuqori ekani tanqid qilindi...

Mamlakatimizda 600 ming nafardan ortiq nogironligi bor kishi meyoriy-huquqiy hujjatlardagi nomuvofiqliklar, xizmat korsatuvchi tashkilotlardagi turli suniy tosiqlar, keraksiz tekshirishlar va ahamiyatsiz malumotnomalar sorashdan aziyat chekayapti. Nogironligi bor insonlar qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan foydalanish uchun davlat mulozimlaridan muruvvat kutishga majbur bolyapti...

Toshkent viloyatida minglab ish orinlari bosh turibdi. Yillar davomida ish qidirayotgan yurtdoshlarimizning ovozini eshitmayapmizmi?..

N.Yoldoshev maruzasida ana shunday malumotlar keltirildi, bir tomondan achchiq, boshqa tomondan alamli savollar ham berildi.

Soat 10:41. Kirish soz, maruza tugadi. Kun tartibi tasdiqlanib, muhokamalar boshlandi.

Davlat-xususiy sheriklik togrisidagi qonun boyicha sozga chiqqan senator past va yumshoq ovozda 10 daqiqacha maruza oqidi. Bu vaqt ichida zalda otirgan ayrim qatnashchilar zerikayotganday tuyuladi.

Xorazmdan saylangan senator Bahodir Tojiyev qishloq xojaligiga moljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish togrisidagi qonun va uning ahamiyati haqida baland ovozda maruza oqidi. Zalda faollashish sezilganday boldi.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qomitasi raisi Abdushukur Abdullayev savol bergan senatorga javoban yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun sotish jarayoni internet-onlayn tartibda, ochiq va shaffof amalga oshirilishiga vada berdi.

Senat raisi qonunni ovozga qoyishga choglanayotgan pallada Bosh vazir orinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qochqorov soz sorab, muhokamadagi qonun boyicha hukumat qarashini bildirdi. Qonun muhokamasi paytida hukumat vakillari oz tashabbusi bilan kamdan-kam hollarda soz soraydi.

Qanday masalalar korib chiqilishi, kimlar sozga chiqishi, kimlar kimlarga qanday savollar berishi oldindan belgilab qoyiladiganday tuyuladigan, buning ustiga, shu taxlit kun boyi davom etadigan yigilishda otirish ancha murakkab.

Umuman, Senat majlisida qonunlar oziga xos uch bosqichda korib chiqiladi. Dastlab qonun haqida umumiy maruza oqiladi, hukumat vakillariga savollar beriladi, shundan song munosabat bildirish uchun senatorlarga soz beriladi. Keyin qonun ovozga qoyiladi.

Jarayon har doim bir xil, ota rasmiy kayfiyatda davom etishi odamni toliqtirib qoyishi mumkin.

Jamiyat va davlat uchun qonun qabul qilish katta hodisa. Bu hujjatlar ertaga yurtni taraqqiy ettirishi yo tosiq yaratishi mumkin, shunday qonunlar borki, 10, 100 minglab fuqarolar ishlaydigan sohalardagi muhitni, tartib-qoidalarni ozgartirib yuborishi, yani insonlar hayoti va taqdiriga tasir etishi yoki hech narsani ozgartira olmasligi mumkin. Shunday ekan, qonun qabul qilish yoki uni maqullash ota masuliyatli jarayon, jiddiy voqea hisoblanadi...

Navbatdagi qonun ovozga qoyildi. Ayrim senatorlar oqib turgan gazeta yoki jurnal sahifasidan koz uzmasdan tortta tugma ichidan maqullash tugmasini topa olishi va qaramasdan juda aniqlikda bosishi kishini hayron qoldiradi.

Bu munosabat bildiruvchi harakatmi yoxud refleksga oxshagan, oz-ozidan roy beradigan harakatmi, aniq bir fikr bildirish qiyin.

Kun tartibidagi masalalar boyicha sozga chiqqan barcha senatorlar oldindan tayyorlangan matnlarni ogishmay oqib bergani, savollar kichkina qogozchalardan oqilgani muayyan xulosalar uchun muhim belgi bolishi mumkin.

Navbatdagi qonunning ahamiyati haqida soz yuritilayotgan paytda senatorlar, davlat idoralari vakillarini kuzatamiz. Bir senator boshqa bir senatordan boshqotirmadagi qandaydir sozni topishda yordam soradi...

Balkonda bir qator vazirlik va idoralardan taklif etilgan xodimlar zerikib otirgani ularning yuz-kozi, harakatlaridan korinib turibdi, ayrimlari mudrab ketishdan zorga ozini tiyib turgandek tuyuladi. Ularni tushunish mumkindir, ikki-uch soat vaqtning asosiy qismida maruzalar sokin va rasmiy ohangda oqib berilayotgan paytda diqqatni jamlab otirish oson emas...

Yalpi majlisda muhim qonunlar 80 ga yaqin va undan ortiq ovoz bilan maqullandi. Bazi qonunlar maqullanishiga ayrim senatorlar betaraf qoldi...

Tarixiy ozgarishlar sari dadil qadamlar tashlayapmiz, soz va fikr erkinligi xalqu millat istiqboli uchun naqadar aziz ekani bilinyapti, bu yilgi parlament saylovlaridan katta ozgarishlar kutilyapti, juda yaqin yillarda parlamentdagi bahs-munozaralar chinakamiga qiziydi, shunda hech kim zerikmaydigan boladi...

Balkonda shular haqida oylab, yaxshi niyatlar bilan otirganimizda yalpi majlisda tushlik uchun tanaffus elon qilindi...

Qarashlarimiz, fikrlarimiz kimnidir ranjitgan bolsa, uzr soraymiz.

Tolqin TORAXONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: