O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
26.03.2019

DEPUTATLAR RAD ETISH HUQUQIGA EGAMI?..

Joriy yil 6 martda matbuotda «Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida»gi Qonun rasman elon qilindi. Shunga binoan Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, 2 ta konstitutsiyaviy qonunga va 4 ta qonunga ozgartish va qoshimchalar kiritildi. Qonun joriy yil 1 apreldan kuchga kiradi.

Qonunda ikkita demokratik tartib-tamoyil belgilangan. Vazirlar Mahkamasi azolari endilikda Bosh vazir taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi maqullaganidan keyin Prezident tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Bosh vazir hukumat azolari bilan birga har chorak yakunida Oliy Majlis palatalariga Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi togrisida hisobot taqdim etadi.

Hozirgacha Konstitutsiyaga muvofiq, parlament Bosh vazirni tasdiqlaydi. Lekin vazirlarni lavozimga qoyishda qatnashmaydi. Bundan buyon esa Vazirlar Mahkamasi azolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyoti joriy etiladi. Bolajak vazir parlament azolari oldida sohani rivojlantirish boyicha oz dasturini bayon etadi va unga erishish yollarini asoslaydi. Shundan keyin muayyan xulosaga kelinadi.

Hukumat azolarining Qonunchilik palatasi tomonidan korib chiqilishi va maqullanishi xalq hokimiyatchiligining yaqqol ifodasi bolib, fuqarolar ijro hokimiyati masul lavozimlariga nomzodlarning nechogliq loyiqligi, malakasi, shaxsiy va kasbiy fazilatlari, istiqbolga moljallangan harakatlar rejasiga baho berish imkoniyatiga ega boladi.

Hukumat azosini maqullashi timsolida deputatlar uning kelgusidagi faoliyati samarali kechishi uchun masuliyatni teng bolishishlariga togri keladi. Shuning uchun ham deputatlar faqatgina maqullashgina emas, nomzodni rad qilish huquqiga ham ega.

Qonunning yana bir muhim jihati shundaki, agar avval parlament Bosh vazir lavozimiga nomzodni tasdiqlash vakolatini amalga oshirib, Hukumat faoliyatiga umumiy, yaxlit baho bergan bolsa, endilikda Hukumat azoligiga nomzodni korib chiqish va maqullash jarayonida ijro hokimiyatining har bir tarmogi, sohasiga alohida-alohida toxtalib, kamchiliklarni aniqlash, tanqidiy tahlil qilish imkoniyatiga ega boladi.

Yangi demokratik tartib-taomil siyosiy partiyalar fraksiyalarining roli va ahamiyati oshishiga ham xizmat qiladi. Har bir partiya oz saylovoldi dasturi va platformasidan kelib chiqib, nomzodni qomitalarda, fraksiya majlislarida, palata yalpi majlisida muhokama qilib, Hukumatning asosiy yonalishlariga tasir qilish imkoniyatiga ega boladi. Bu konstitutsiyaviy huquq nazariyasida dastlabki nazorat, deb nomlanadi. Yani, shaxs hali lavozimga kirishidan avval, hali u yoki bu harakatni amalga oshirmasdan oldin, uning korsatilayotgan lavozimga loyiqligi, malakasi, tajribasi, ishonchliligi, shaxsiy va kasbiy fazilatlari baholanadi

Bu jarayonda parlament qomitasining orni ham beqiyos. Chunki parlament qomitalari tizimi barcha vazirliklarni qamrab oladi. Sodda qilib tushuntiradigan bolsak, vazirlik bor ekan, uning faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshiradigan parlamentning tarmoq qomitasi ham mavjud boladi. Yalpi majlisdan avval asosiy muhokamalar, qattiq tanqidlar, bahs-munozaralar odatda qomitalarda kechadi.

Eslatib otish joizki, bunday tartib otgan asrning 90-yillar boshlarida ham mamlakatimizda bolgan, osha vaqtda ayrim vazirlar hukumat azoligiga tasdiqlanolmagani, ozining kelgusidagi rejalari bilan deputatlarni ishontira olmaganligini mutaxassislar yaxshi bilishadi.

Bunday tartib dunyoning kopgina demokratik davlatlarida qollaniladi. Masalan, AQShda Prezident vazirlarni Senat maqullaganidan song tayinlasa, Fransiyada esa palatalarning vakolatli qomitalarining xulosalaridan songgina Prezident lavozimga tayinlaydi. Barcha demokratik davlatlarda davlat boshligining parlamentga murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish Hukumat zimmasiga yuklanadi. Bosh vazir hukumat azolari bilan birgalikda har chorakda parlamentga tegishli yilga moljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi togrisida hisobot taqdim etishi ham muhim demokratik taomil hisoblanadi.

Bosh vazir tomonidan hukumat azolari bilan birgalikda parlamentga hisobot taqdim etilishi belgilab olingan rejalar bajarilishini xalq vakillari ishtirokida tanqidiy tahlil qilishga, qatiy tartib-intizomni ornatishga, Hukumat azolarida shaxsiy javobgarlikni yanada oshishiga xizmat qiladi. Albatta bu jarayon ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilib, shu tariqa fuqarolar Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalarni bajarish boyicha hukumat qanday ish olib borayotganidan xabardor boladi.

Miravzal MIRAKULOV,

Ozbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti boshliq orinbosari, yuridik fanlar doktori.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: