O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
01.01.2019

2018-YILNI SHUKRONALIK BILAN ESLAYMIZ

Maqsuda VORISOVA, Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari:

Bugungi bayramona, shukuhli damlarda aziz yurtdoshlarimizni qutlug qadamlar bilan yurtimizga kirib kelgan Yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklab, samimiy tilaklarimni izhor etishni ozim uchun katta baxt, deb hisoblayman.

2018 yil Vatanimiz taraqqiyotiga, iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishiga, el-yurtimiz hayot darajasining yuksalishiga salmoqli hissa qoshgani, xosiyatli va barakali bolganini shukronalik bilan eslaymiz. Bir soz bilan aytganda, otgan yildan rozi bolib, har qancha shukrona aytsak arziydi. Yurtni obod qilish, xalqimiz uchun munosib hayot sharoiti yaratish, inson manfaatlari barcha narsadan ustun, degan goyani amalda royobga chiqarish yolida ezgu say-harakatlar amalga oshirilganiga guvohmiz, bu barchamizga chuqur mamnuniyat bagishlaydi.

Har bir ota-onaning eng ezgu tilagi farzandlari baxti-iqbolini korishdir. Men ham bir ona sifatida diyorimizdagi barcha bolalarimiz, navqiron yoshlarimiz doimo tinch, farovon mamlakatda yashashlarini, jahonga yuz tutgan Ozbekiston sharafini dunyoga namoyon qilishlarini istayman. Buning uchun biz, kattalar ularga zarur imkoniyatlarni yaratib bermogimiz zarur boladi. Albatta, bu chidam, mehnat, intizom va fidokorlikni talab qiladi.

Ozbekiston taraqqiyotning yangi davri, yangi bosqichiga qadam qoymoqda. Xalq manfaatlarini himoya qilish, uning ogirini yengillatish uchun har bir inson oz yelkasiga olgan vazifalarni bajarishga bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etmogi kerak.

Eng muhimi, davlatning xalqqa munosabati ozgarmoqda. Xalq, degan tushunchaning qadri yuksalmoqda. El-yurtga xizmat qilish hayotimiz mazmuniga aylanmoqda.

Kuni kecha Ozbekiston Prezidentining Parlamentga yollagan Murojaatnomasida har bir sohada qilinishi zarur bolgan vazifalar aniq belgilab berildi. Ayniqsa, milliy parlamentning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va ahamiyatini yanada oshirish yolidagi yangicha takliflar bizga katta masuliyat yuklaydi.

Murojaatnomada 2019 yil parlament va mahalliy Kengashlarga saylovlar yili ekaniga alohida etibor qaratildi. Darhaqiqat, bu yil barcha siyosiy partiyalar, xususan, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi uchun ham katta sinov, katta imtihon yili boladi. Buning sabablari kop. Avvalo, Prezident taklifi bilan xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga raislik qilish vakolati hokimlardan olinishi boyicha huquqiy asoslar yaratilishi belgilandi. Shu masalada qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan parlamentga tavsiya berildi. Bu kelayotgan saylovda raqobat avvalgilariga nisbatan juda kuchli bolishini ham anglatadi. Chunki mahalliy vakillik hokimiyatida qaysi partiya qanday obroga ega bolishi bevosita saylov natijalaridan kelib chiqadi. Partiyamiz bu sinovdan muvaffaqiyatli otishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Qaysi sohada ishlashimizdan qati nazar, birlashib, ezgu maqsad yolida halol mehnat qilsak, albatta, oliy maqsadlarimizga erishamiz.

Yangi yil butun xalqimizga, har bir oilaga tinchlik-totuvlik, farovonlik, baxt, omad va baraka olib kelsin. Ezgu niyatlarimiz royobga chiqishida Ozi madadkor bolsin.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: